Mavzu asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar reja
Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
Download 37.32 Kb.
|
асоссиз бойлик...
3. Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
Qo‘lga kirituvchining asossiz orttirilgan boyligini tashkil etuvchi mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim. Qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchining oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan boylikning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan keyin asossiz qo‘lga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy etishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar bo‘ladi. Bu paytgacha u qasd va qo‘pol ehtiyotsizlik uchungina javobgardir. Ushbu sharhlanayotgan moddada asossiz olingan boylikni asl xolida qaytarish va turli talofotlarni qoplash majburiyatining mazmuni belgilab qo‘yilgan. Qo‘lga kirituvchining asossiz orttirilgan boyligini tashkil etuvchi mol-mulk jabrlanuvchiga asl xolida, natura shaklida (pul, ashyo, mulkiy huquq va x.k.) qaytarilishi lozim. Boshqacha aytganda qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchiga u asossiz boyish yoki tejash oqibatida mahrum bo‘lgan ashyoni aynan qaytarishi lozim. Agarda ushbu ashyo nobud bo‘lgan yoki shikastlangan bo‘lsa, aynan o‘sha turdagi va o‘sha sifatdagi ashyoni taqdim etishi yoki shikastlangan ashyoni tuzatib, keyin qaytarishi shart. Majburiyat predmeti bo‘lgan ashyoni o‘ziga topshirilishini talab qilish bilan birga jabrlanuvchi zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega (FKning 331-moddasi 2-qismi). Asossiz olingan boylikni asl xolicha (natura tarzida) qaytarish sarf-xarajatlari (ya’ni, yuklash, tashish, o‘rnatish va sh.k.) qo‘lga kirituvchi zimmasiga yuklanadi (agar asossiz boyish uning harakatlari natijasida bo‘lsa). Qaytarilayotgan mol-mulkni kam chiqishi yoki sifatini yomonlashuvi uchun qo‘lga kirituvchi ushbu sharhlanayotgan moddaning 2-qismiga muvofiq aybi darajasiga mutanosib ravishda javobgardir. Qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchining oldida asossiz boyiganligini bilmagan yoki bilishi lozim bo‘lmagan paytgacha mol-mulkni sifatini yomonlashuvi yoki etishmovchiligi uchun bu uning qasddan yoki qo‘pol extiyotsizlikdan qilgan harakati natijasi bo‘lsa javobgardir. Qo‘lga kirituvchi asossiz boyiganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan boshlab asossiz qo‘lga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning xatto tasodifiy etishmovchiligi uchun xam jabrlanuvchining oldida javobgardir. Demak, mol-mulkni shikastlanishi va sifatining yomonlashuvi engib bo‘lmas kuch orqali sodir bo‘lgan taqdirda xam zararni qoplash majburiyati asossiz boyigan shaxszimmasida bo‘ladi, chunki u qonunga ko‘ra «asossiz qo‘lga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy yomonlashuvi va etishmovchiligi uchun javobgar» xisoblanadi.
Download 37.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling