Hom-ashyoni kalibrovkalash va saralash mashinalari
Download 263.46 Kb.
|
Hom-ashyoni kalibrovkalash va saralash mashinalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 219-guruh talabasi Jo`raboyeva Salbina
Hom-ashyoni kalibrovkalash va saralash mashinalari Saralash jarayonida mahsulotlar sifatiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Inspeksiya jarayonida chirigan, pishmagan, mexanik shikastlangan mevalar ajratiladi. Kolibrlash jarayonining maqsadi – meva-sabzavotlarni o‘lchamiga ko‘ra saralash. Saralash va inspeksion konveyyerlari transport vositalari sifatida ishlitilishi mumkin va ulardan ishchi joylar hamda chiqindilarni olib chiqish moslamalari mavjudligi bilan farq qiladi. Tasmali saralash konveyyeri. Transportyor 1-korpusida ikkita 3-tortuvchi va 4- uzatuvchi barabanlar o‘rnatilgan. Baraban orasida to‘siqlar bilan 5 ta qismga bo‘lingan 2-rezinali tasma o‘rnatilgan. Yonbosh hajmlarga kelib tushadigan xom ashyoni ishchilar saralab o‘rtadagi qismga standart bo‘lmagan mevalarni qo‘yishadi. Xom ashyo bunkerga yuklanadi va uchta lotok orqali chiqariladi. Transportyor elektrodvigatel yordamida ishlaydi. Barabanli, shnekli va universal kolibrlovchi mashinalar. Barabanli, shnekli va universal kolibrlovchi mashinalar. Xom ashyoni o‘lchamlarga ko‘ra saralash uchun barabanli, trosli, valikli-tasmali, rolikli, shnekli va boshqa kalibrlovchi uskunalar qo‘llaniladi Kalibrlovchi uskunalar ishchi organlarining tuzilishi sxemalari: a-turli xil deametrli burchak ostidagi kalibrlagich; b-kartoshka va boshqa qattiq mahsulotlarni kaliblagich, v,g-turli xil shaklli teshiklarga ega bo‘lgan barabanli kalibrlagich, bunda 1-yig‘uvchi latok, 2-kalibrlagichni qiya ko‘rinishdagi sirti, 3-barabanlar, d-diskli kalibrlash uskunasi, bunda 1-meva, 2-aylanuvchan disk, 3,4-cho‘zinchoq qovurg‘a, ye-valik-tasmali kalibrlagich, 1-aylanuvchan pog‘onali valik, 2-tasmali transportyor, j-trosli kalibrlagich, bunda 1-meva, i-shnekli kalibrlagich, k- konusli kalibrlagich. Barabanli kolibrlovchi mashinalar-Barabanli kalibrlovchi mashinalar ko‘k no‘xat, olcha, gilos, qulupnay, kartoshka kabi mahsulotlarni saralash uchun ishlatiladi. No‘xat uchun 5 seksiyali to‘rli baraban o‘rnatiladi, uskuna to‘rining o‘lchamlari 12x12 mm, ishlab chiqarish quvvati 0,417 kg/s. Kartoshka uchun baraban uchta seksiyaga bo‘linadi; ularning o‘lchamlari 40x40; 50x50; 60x60; ishlab chiqarish quvvati 0,555 kg/s. Shnekli kolibrlovchi mashinalar-Shnekli kolibrlovchi mashinalar ikkita qarama-qarshi aylanuvchi shneklardan iborat bo‘ladi. Shnek o‘ramalari orasidagi masofa bir xil bo‘ladi, val diametri esa kichrayib boradi. Shnekli kolibrlovchi mashinalarda qattiq mevalarni saralash mumkin. Mashinaning ichida shneklar ostida tasmali transportyor joylashadi. Transportyor 10 ta oqimga to‘siqlar bilan bo‘lingan. Saralanadigan mahsulot o‘lchamiga ko‘ra oqimlardan bittasiga tushadi va transportyor orqali olib ketiladi. Val diametri har bir qadamda 5 mm ga kichrayadi, shuning uchun har bir oqimdagi mevalarning o‘lchamlari 5 mm ga farq qiladi. 219-guruh talabasi Jo`raboyeva Salbina Download 263.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling