Mavzu: Saralash mashinalari. Saralash jarayonlari haqida umumiy maʼlumotlar Saralash mashinalar haqida Saralash jarayonlari Saralash vazifasi
Download 1.13 Mb.
|
SICHA TAQDIMOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- Dastlabki
- Oxirgi saralash
- Vibratsiyali saralash mashinasi
- Elakning teshiklari koʻrinishlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
Fargʻona politexnika instituti Mexanika mashinasozlik fakulteti Texnalogik mashinalar va jihozlar yoʻnalishi 19-21 guruh talabasining “Sanoat ishlab chiqish asoslari” fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi Bajardi Tursunova Muazzamxon Tekshirdi: Hoshimov Avazbek Mavzu: Saralash mashinalari.Saralash jarayonlari haqida umumiy maʼlumotlar Saralash mashinalar haqida Saralash jarayonlari Saralash vazifasi Xom-ashyo materiallarini saralash ya’ni uni keraksiz, begona jinslardan, zararli aralashmalardan tozalash va kerakli fraksiyalarga ajratish jarayoni tayyor mahsulotning sifatiga hamda uning bahosi (tannarxi)ga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Saralash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) materiallarni maydalashdan oldin mazkur mashinalar maydalash uchun yul quyiladigan o‘lchamdan yirikroq parchalarni ajratib tashlash. Tayyor mahsulot donalari (zarralari)dan maydaroq, dona yoki zarralarni ajratib olish; 2) material maydalangandan va tuyilgandan keyin — materialni yirik maydaligiga qarab turlarga ajratish, keyinchalik ulardan muayyan nisbatda massa yoki shixta tashkil etish, mashina yopiq siklda ishlatilganda yirik do- nalarni ajratib quyish (keyinchalik ular kaytadan maydalanadi) Saralash jarayoni sanoatning ko‘p tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Tog‘ jinslarining va maydalangan materiallarning o‘lchamlari bir xilda bo‘lishi qiyin, shu sababdan saralanadi. Materiallar tarkibidagi sifatini buzuvchi jismlar chiqarib tashlanadi. Materiallarni saralash mashinalari quyidagi usullar bo‘yicha ishlaydi: - Mexanik usul - Gidravlik usul - Havo yordamida (aerodinamik usul) Materiallarni saralashning eng ko‘p tarqalgan usuli mexanik usuldir. Bu usulda asosan elaklardan foydalaniladi. Elakka kelayotgan turli o‘lchamdagi aralashma berilgan material deyiladi. Berilgan material donalari elak teshiklari diametridan katta bo‘lsa elak yuzasi ustida qoladi va «elak usti sinfi» deyiladi (“+” ishorasi bilan belgilanadi). Elakdan o‘tgan material «elak osti sinfi» deyiladi (“–” ishorasi bilan belgilanadi). Masalan, 40 mm teshikli elakdan o‘tmagan material +40, o‘tgani esa –40 bo‘ladi. Agar material n - ta elak yuzasidan o‘tayotgan bo‘lsa n+1 sinfga bo‘linadi. Materialini qayta ishlashda quyidagi ko‘rinishdagi saralash ishlari olib boriladi: Dastlabki - bunda berilgan tog‘ jinslari maydalanishi kerak bo‘lgan hamda maydalash talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Oraliq saralash - keyingi bosqichda maydalanishi talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi. Nazoratli saralash - maydalash jarayonning oxirgi bosqichida qo‘llanilib, o‘lchamlar nazorat qilinadi va katta o‘lchamdagi toshlar qayta maydalash uchun yuboriladi. Oxirgi saralash - maydalangan toshlar tovar donalariga saralanadi. Materiallarni saralashning ho‘l va quruq usullari mavjud. Saralash vazifasi: • maydalanishga mo‘ljallangan materiallardan kattaliklari qaysiki o‘lchamlari berilgan mashina uchun maksimal ruxsat etiladigandan oshadigan bo‘laklarni ajratish; • berilgan bosqichda qayta ishlashda qaysiki o‘lchamlari kam talab etiladigan bo‘laklarni ajratish; • qaysiki o‘lchamlari yuqori talab etiladigan maydalangan mahsulotdan zarralarni ajratish; • zarralardan har xil yiriklikda ma’lum mutanosiblikda aralashmalar (shixta) tayyorlashda zarur bo‘ladigan bir necha sortlarda yirikligi bo‘yicha maydalanadigan materiallarni ajratish; • xomashyoning qimmatli tarkibi qismini o‘zida ko‘paytirib, foydali qazilmadan begona aralashmalarni olib tashlash. Vibratsiyali saralash mashinasi Saralash kerak bo‘lgan material bo‘lagi o‘lchamlari elak kataklari o‘lchamidan kichik yoki unga teng bo‘lgan holdagina pastga o‘tadi. Ko‘p xollarda saralash mashinalari undagi material harakati yo‘nalishiga qiya tarzda o‘rnatiladi. Bu hol elak katakliklaridan o‘tuvchi zarralar o‘lchamini yanada kichiklashishiga olib keladi. Elak kataklaridan o‘tgan barcha material zarrachalari pastki sinfni, elakdan o‘tmagan zarrachalar esa yuqorigi sinfni tashkil etadi. O‘lchamlari elak kataklari o‘lchamidan kichik bo‘lgan barcha zarralar pastki sinfni tashkil etgan holda saralash jarayoni optimal hisoblanadi. Lekin pastki sinf bo‘laklarini ma’lum bir qismi doim elakda ushlanib qoladi va yuqorigi sinf bilan birga ketadi Elakning teshiklari koʻrinishlari panjara yoki setka ko‘rinishida bo‘ladi va gorizontal tekislikka nisbatan parallel yoki qiya holatda bo‘ladi. Elakning materialni saralash yuzasi harakatlanish turiga ko‘ra aylana, ellips va to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Qiya, ya’ni gorizontal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan saralash mashinalarida shu uch xil ko‘rinishidagi trayektoriya mavjud. Gorizontal holatdagi saralash mashinalarida to‘g‘ri chiziqli harakatda bo‘ladi. Saralovchi yuzaning titrash tezligi shunday tanlanadi-ki, material yuzadan ko‘chsin Saralash mashinalarning material to‘qiluvchi yuzalari kolosnikli Foydalanilgan adabiyotlar
Eʼtiboringiz uchun raxmat Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling