Mavzu asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar reja


Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash


Download 37.32 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi37.32 Kb.
#217253
1   2   3   4
Bog'liq
асоссиз бойлик...

Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash

Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qo‘lga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to‘lashi, shuningdek agar qo‘lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini to‘lamagan bo‘lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o‘zgarishi tufayli ko‘rilgan zararni to‘lashi lozim.

Egallab olish niyatisiz o‘zganing mol-mulkidan yoki o‘zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxsjabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va o‘sha joyda mavjud narx bo‘yicha to‘lashi lozim.

Ushbu sharhlanayotgan moddada asossiz orttirilgan boylikni asl xolicha qaytarishni iloji bo‘lmagan xollarda uning qiymatini to‘lash xususiyatlari belgilab qo‘yilgan.

Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl xolicha, natura shaklida qaytarishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda (bu o‘rinda imkoniyatning yo‘qligi qo‘lga kirituvchining xatti harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmay engib bo‘lmas kuch ta’siri, uchinchi shaxslarning harakatlari natijasi bo‘lishi xam mumkin — FKning 331-m. 1-q.), qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchiga:

a) bu mol-mulkni qo‘lga kiritish paytidagi xaqiqiy qiymatini

to‘lashi lozim;

b) shuningdek, agar qo‘lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darxol uning qiymatini to‘lamagan bo‘lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o‘zgarishi (bunday o‘zgarishlar odatda taraflarning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan xolda bozordagi narx navoning o‘zgarishi va pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlar sababli ro‘y beradi) tufayli ko‘rilgan zararni qoplashi lozim. Ushbu norma mazmunidan ko‘rinib turibdiki, qo‘lga kirituvchi asossiz boyiganligini bilgan paytdan boshlab darxol mol-mulkni qaytarish yoki qiymatini qoplash choralarini ko‘rish lozim. Buni xar qanday tarzda kechiktirishning salbiy oqibatlari qo‘lga kirituvchi zimmasida bo‘ladi. Qonun normasidagi bunday ko‘rsatma qo‘lga kirituvchini mol-mulkni jabrlanuvchiga qaytarish bo‘yicha faol harakatga undaydi va demak, huquqbuzarlikni oldini olish va fuqarolik normal muomalasini tiklashni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ushbu sharhlanayotgan moddaning 2-qismi ikki tomonlama uslubiy ahamiyatga ega. Birinchidan, unda asossiz boyishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni amal qilish soxasiga aniqlik kiritiladi. Ikkinchidan, qo‘shimcha ravishda baxolarni aniqlash mezonlari ochib beriladi. Egallab olish niyatisiz o‘zganing mol-mulkidan yoki o‘zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxsjabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va o‘sha joyda mavjud narx bo‘yicha to‘lashi lozim (FKning 356-m. 4-q.da belgilangan tartibda). Masalan, FKning 881-m.ga ko‘ra omonat saqlovchi o‘ziga topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz foydalanishga, shuningdek, uchinchi shaxslarga undan foydalanish imkoniyatini berishga xaqli emas. Agarda saqlovchi bunga zid ravishda saqlashga topshirilgan ashyodan foydalansa, jabrlanuvchiga buning natijasida tejalgan narsani qaytarishga majbur.

Ushbu sharhlanayotgan moddaning 2-qismini o‘zgani xizmatidan foydalanganlik uchun javobgarlikni qo‘llash subsidiar xarakter kasb etadi va asossiz tejovchi (xizmatdan foydalanuvchiga) shartnoma bo‘yicha yoxud

o‘zganing manfatini ko‘zlab topshiriqsiz harakat qilish bo‘yicha javobgarlikni yuklash mumkin bo‘lmagan xolatlar doirasida cheklanadi.




Download 37.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling