Mavzu asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar reja
Download 37.32 Kb.
|
асоссиз бойлик...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asossiz orttirilgan boylikni asl xolida qaytarish Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash
Mavzu ASOSSIZ BOYLIK ORTTIRISH OQIBATIDA KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR REJA Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi boshqa talablar bilan o‘zaro bog‘lanishi Asossiz orttirilgan boylikni asl xolida qaytarish Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash 1. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo‘lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart, ushbu Fuqarolik Kodeksning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor bo‘lganda ham yuzaga keladi. Ushbu bobning qoidalari asossiz boylik orttirish qo‘lga kirituvchining, jabrlanuvchining o‘zining, uchinchi shaxslarning xulq- atvori natijasi bo‘lganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir bo‘lganligidan qat’i nazar qo‘llaniladi. Ushbu sharhlanayotgan moddada asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati mazmuni belgilab qo‘yilgan. Ushbu normada qo‘llanilgan mol-mulk iborasini FKning 83-moddasida belgilab qo‘yilgan mol-mulk tushunchasi bilan bir xil ma’noda tushunmaslik lozim. Ushbu moddadagi mol-mulk mazmunan kengroq bo‘lib, u mulkiy huquqlarni xam, ya’ni asossiz boyishni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy va nomoddiy ob’ektlarga nisbatan barcha huquqlarni qamrab oladi. Asossiz boyishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha talab qilish huquqi jabrlanuvchiga tegishli, mol-mulkni egallab olgan yoki asossiz tejagan shaxs esa qarzdor bo‘lib xisoblanadi. Ushbu majburiyat sub’ektlar bo‘lib fuqarolar xam, yuridik shaxslar xam bo‘lishi mumkin. 1023-modda 1-qismi mazmunidan ko‘rinib turibdiki, asossiz boyish majburiyatlari quyidagi uch shartlar bir paytning o‘zida mavjud bo‘lgan xollardagina vujudga keladi: 1) mulkni egallab olish yoki tejash ro‘y bergan; 2) boshqa shaxsning xisobidan mol-mulk egallangan yoki tejalgan; 3) mol-mulkni bunday egallash yoki tejash na qonun xujjatlariga, na bitimga asoslanmagan. Qonun asossiz boyigan shaxsga ushbu boyliklarni (asossiz olingan yoki tejalgan mol-mulkni) uning egasiga, ya’ni jabrlanuvchiga qaytarib berish majburiyatini yuklaydi. Ayni vaqtda ushbu normada umumiy qoidadan istesno, ya’ni pisanda ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda asossiz boyigan shaxsboylikni qaytarish majburiyatidan ozod qilingan FKning 1030-moddasiga xavola etiladi (bu xaqda batafsil qarang: FKning 1030-m.ga sharh). Mol-mulkni olish yoki tejash asoslari keyinchalik bekor bo‘lganda xam ushbu modda 1-qismida belgilangan majburiyat vujudga keladi. Bunga quyidagi xolatlar kiradi:
mol-mulkni olish uchun asos bo‘lgan huquqiy xujjatni xaqiqiy emas deb topilishi; mol-mulkni olish uchun asos bo‘lgan shartnomani qonun xujjatlarida ko‘rsatilgan asos yoki shartnoma shartiga ko‘ra jabrlanuvchi tomonidan bir taraflama bekor qilinishi. SHuni xam unutmaslik kerakki, ko‘p xollarda mol-mulkni olishni huquqiy asosi bekor bo‘lishi bilan bir vaqtda taraflarni dastlabki xolatga qaytarish va mol-mulkni qaytarib berishning yuridik mexanizmi ishga tushadi. Agarda biror sababga ko‘ra ushbu mexanizm ishlamasa, mulkiy huquqlarni tiklash uchun FKning 58-bobida belgilab qo‘yilgan normalar qo‘llaniladi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan normalar subsidar (yordamchi) vazifalarni bajaradi. Asossiz boyish quyidagilarni oqibati bo‘lishi mumkin: mol-mulkni oluvchining qilmishi; jabrlanuvchining o‘zining harakatlari (xato qilish, chalg‘ish); uchinchi shaxslarning harakati (masalan, fuqaro topshiriq bo‘yicha harakat qilganda omonatni qarz beruvchiga emas, balki boshqa shaxsga adashib topshiradi); yoki yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning erki-irodasidan tashqari ravishda asossiz boyishni ro‘y berishi (masalan, kompyuterning texnik nosozligi). Asossiz boylik orttirish boylikni qo‘lga kirituvchining, jabrlanuvchining, uchinchi shaxslarning xulq atvori natijasi bo‘lganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir bo‘lganligidan qat’iy nazar FKning 58-bobi qoidalari qo‘laniladi. Demak, asossiz boyishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning asosiy vazifasi asossiz olingan yoki tejalgan mol-mulkni jabrlanuvchiga qaytarish xisoblanadi. Download 37.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling