Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
pul 14 amaliy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Pul ,Kredit va Banklar ” FANIDAN TAYYORLAGAN Amaliy ish -14
- Qimmatli qogozlar turlari AKTSIYA
- DEPOZIT SERTIFIKATLARI
- XAZINA MAJBURIYaTLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “TT va KT” 2 -BOSQICH RI-11-21 GURUH TALABASI Samadova Sevinchning “Pul ,Kredit va Banklar ” FANIDAN TAYYORLAGAN Amaliy ish -14 Qimmatbaho qog'ozlar asosiy tushunchalari va turlari Reja 1 Qimmatbaho qog'ozlar asosiy tushunchalari 2 Qimmatli qog’ozlar va ularning tasnifi 3 Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari . Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari. Qimmatli qog’oz – o’zi bilan bog’liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbai bo’lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog’ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng 1993 yil 2 sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilish bo’yicha birinchi va asosiy hujjat bo’ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi (1994 yil 23 sentyabrida, 1995 yil 22 dekabrida, 1999 yil 26 aprelida, 30 avgustida, 27 dekabrida). Bu qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlar chiqarilishi va muomalada bo’lishi mumkin: Qimmatli qog'ozlar turlari AKTSIYA – bu qimmatli qog’oz bo’lib: - harakat muddati cheklanmagan; - - huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aktsionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo’shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi; - - aktsiya bo’yicha dividend ko’rinishida foyda olish huquqini beruvchi aktsiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. VEKSEL - qarz majburiyati bo’lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko’rsatilgan muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini to’lab berish guvohini beruvchi qimmatli qog’oz va to’lov vositasidir. OBLIGATSIYA. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag’ini kiritganligi va unda ko’rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo’shimcha foiz to’lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog’ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi . DEPOZIT SERTIFIKATLARI jamg’armachining bankka qo’ygan pul mablag’ini ifodalovchi va muomala muddati to’gaganidan keyin qo’ygan pul mablag’ini hamda foyda sifatida ustama foizini huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog’ozdir. Depozit sertifikati bank tomonidan beriladi XAZINA MAJBURIYaTLARI – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag’ini byudjetga kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq chegaralangan foizni to’lab berish majburitini guvohlovchi qimmatli qog’ozdir . «Banklar va bank faoliyati to’g’risida »gi qonunga binoan tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida quyidagi : qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish, saqlash, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar (veksel, aktsiya, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar va boshqalar)ni chiqarish; mijozlar ishonib topshirgan operatsiyalarni: mablag’larni jalb etish va joylashtirish va qimmatli qog’ozlarni boshqarish va hokazo ishlarni bajarish; tovar etkazib berish va xizmat ko’rsatishdan kelib chiqadigan talab huquqini olish, bunday talablarni inkassatsiya qilish fond bozori ishtirokchilariga bu borada bank faoliyati yuzasidan maslahatlar berish kabi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling