Mavzu: atom-absorbsion spektroskopiya


Download 368.03 Kb.
bet7/10
Sana30.04.2023
Hajmi368.03 Kb.
#1410456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ATOM-ABSORBSION SPEKTROSKOPIYA.

Miqdoriy analiz.Atom-absorbsion usuli ko’pchilik mеtallarni alohida-alohida aniqlash uchun eng sеzgir va qulay usullardan biridir. Atom-absorbsion analizda miqdoriy analiz qilish uchun tashqi standartlar (darajalash grafigi), va qo’shimcha
qo’shish usullari ishlatiladi. Ichki standart usuli atom-emission spektroskopiyadan farqli atom-absorbsion analizda qo’llanilmaydi, sababi atom-absorbsion ham aniqlanayotgan, ham ichki etalonga taalluqli ikki elеmеntning analitik signallarini bir vaqtda o’lchashga imkon bеrmaydi. Yuqorida aytilganiday, atom-absorbsion analiz bir elеmеntli analiz usulidir. Atom-absorbsion analizda qo’shimcha qo’shish usuli ayniqsa kеng ishlatiladi. Bu, atom-absorbsion usulda xalaqitlar asosan, fizika-ximiyaviy tabiatga ega ekanligi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari atom-absorbsion asosan, eritmalarni analiz qilish usulidir. Eritmalar uchun qattiq jismlardan farqli qo’shimcha qo’shish usulini oson amalga oshirish mumkin.


2.6 Atom-absorbsion usul yordamida jun yoki soch tarkibidagi simobni aniqlash.
Atom-absorbsiya spektroskopiya usulini amaliyotda ishlatish va uning fizikaviy usullardan farqini ko’rsatish maqsadida misol sifatida biologik manbalardagi simob miqdorini aniqlashning eng sezgir usul sifatida ishlatiladigan alangasiz atom-absorbsiya usuli to’g’risida va simobni aniqlash yo’li to’g’risida batafsil tanishib chiqamiz.
Jun yoki soch tarkibidagi simobni aniqlash uchuneng avval ularni tekshirish ishlariga tayyorlash lozim. Buning uchun bu biologik manbalar avval aseton yoki
efir bilan yaxshilab yuviladi va quritiladi. Quritilgandan so’ng ularni gomogen holatga keltirish zarur. Gomogenlash uchun masalan 1 gramm jun yoki soch
polietilen idishga joylashtiriladi va unga 9 ml 4 % li NaOH eritmasi solinadi, uy haroratida bir sutka davomida qoldiriladi.keyin aralashma yaxshilab chayqatilaadi va maxsus namuna olgich yordamida ajratib olinadi va tekshirish olib boriladigan idishchaga solinadi,unga parchalash uchun 12 ml maxsus eritma (12ml 6 % li
KMnO4+20 ml konsentrlangan H2SO4) quyilib ,idishcha yopilgandan so’ng idishcha ma’lum vaqt qoldiriladi.keyin oksidlovchining ortiqchasini yo’qotish uchun 3 – 5 tomchi ammoniy xlorid eritmasi qo’shiladi va hajmi 20 mlgacha yetkaziladi.Hosil bo’lgan eritma endi tekshirish uchun tayyor hisoblanadi.Tekshirish olib boriladigan eritmadagi simobni konsentratsiyasini standart eritmadagiga nisbatan tuzilgan chizma bo’yicha aniqlanadi.
Olingan natijalarni aniqligini tekshirish uchun o’rganilgan simob eritmasiga boshqa element qo’shib ham uning konsentratsiyasini aniqlab ko’rish kerak yoki bu usulning natijalarini neytron aktivatsiya usuli yordamida tekshirib ko’rish lozim.
Atom-absorbsiya usulining afzalliklari shundaki ,unda simobni aniqlash tezkorlik bilan olib boriladi,usul sezgir ,asbob uskunalarni istalgan laboratoriya sharoitida ishlatish, bir kunda 300 ta namunani tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud. Agar aralashma kaliy,kaltsiy,berilliy,mis, molibden , marganets,temir,bariy,magniy ,olmos,qo’rg’oshin ,vismut kabi elementlarning konsentratsiyasi 4 g/l bo’lganda ham Poluektovning ko’rsatmasi bo’yicha simobni aniqlashda xalaqit bermaydi.

Download 368.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling