Mavzu: Atrof muhit tozalik garovi
uvinish xonasi uchun gilamcha
Download 78.02 Kb.
|
Atrof muhit tozalik garovi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashirin mogʻor
uvinish xonasi uchun gilamcha
Yuvinish xonasidagi odatiy buyumlarga keragicha eʼtibor qaratmaymiz. Biroq aynan ular kasallik chaqiruvchi bakteriyalar, mogʻor, chang kanalari va boshqa koʻplab yashirin xavflarga ega boʻlishi mumkin. Dushdan chiqib xoʻl oyoqlar bilan gilam ustiga tushasiz, suyuqlik darhol unga singib, xavfli mikroorganizmlar koʻpayishi uchun qulay muhitni hosil qiladi. Oʻzingiz va yuvinish xonasini parazitlardan saqlash uchun gilamga tushishdan oldin oyoqlarni yaxshilab quriting. Bundan tashqari, gilamchani hech boʻlmaganda bir oyda bir necha marta qaynoq suvda yuving. Yashirin mogʻor Mogʻorning koʻz ilgʻamas quyqasi uzoq vaqt davomida uyda yashirin boʻlishi mumkin. U yuvinish xonasi, yertoʻla, gulqogʻozlar ostida berkinadi va har kuni sogʻligʻingizga sezilmagan holda zarar keltiradi. Mogʻor koʻpincha havo yaxshi aylanmaydigan nam xonalarda va suyuqlik toʻplangan joylarda paydo boʻladi. Mogʻor keltiradigan zararlar sifatida koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi, immunitetning pastligi va burun bitishini ajratib koʻrsatish mumkin. Bu belgilarning asl sababiga qarshi kurashilmasa, u astma kabi ogʻir kasallikka olib kelishi mumkin. Oʻzingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun suv bilan aralashtirilgan yuvish vositasini qoʻllash mumkin. Choʻtka yoki matoni bu eritmada hoʻllab, barcha koʻrinadigan yuzalardagi mogʻorni tozalash lozim. Buning oʻzi har doim ham yetarli boʻlmaydi, yaxshiroq natijaga erishish uchun xonani shamollatish kerak. Download 78.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling