Mavzu: Atrof muhit tozalik garovi


Download 78.02 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi78.02 Kb.
#251700
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Atrof muhit tozalik garovi



REFERAT

MAVZU:


Atrof muhit tozalik garovi

Ozodalik – salomatlik garovi

Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi, aholining tibbiy madaniyati yuksalishi tufayli mamlakatimizda yuqumli kasalliklar yildan-yilga kamayib bormoqda.

Cohaga qaratilayotgan doimiy e’tibor, ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar samarasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari faoliyatida ham o‘z ifodasini topmoqda. Samarqand viloyati davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi va uning joylardagi bo‘limlari ham mavjud epidemiologik vaziyatni yanada yaxshilash, aholining sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘la amal qilishiga erishish va yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rmoqda.

O‘tgan yili viloyatda yuqumli kasalliklar bilan xastalanish olti foizga kamaydi, difteriya, qizamiq, bezgak kabi kasalliklar umuman qayd etilmadi.

- Ichimlik suvining ifloslanishi va atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, sanitariya nazoratidan o‘tmagan va zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilmaslik yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardandir, – deydi viloyat davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Xayrulla Boymurodov. – Shu bois mazkur masalalar doimiy e’tiborimizda. Viloyat aholisining 96 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Aholining qolgani iste’mol qiladigan ob-hayotning asosiy qismini buloq suvlari tashkil etadi va uning tarkibi ham muntazam ravishda tekshirilib boriladi.

Yuqumli kasalliklarning oldini olishda aholini emlash muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan o‘tgan yili ochiq havzalar suvidan iste’mol qiladigan hududlar aholisi ich-terlamaga qarshi emlandi va natijada bu kasalliklar keskin kamaydi. Shuningdek, respublika miqyosida o‘tkazilgan vaksina aksiyasi doirasida 11 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 1,4 milliondan ortiq aholi qizilcha va qizamiqqa qarshi emlandi.

Ozodalikka, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish salomatlik garovidir. Viloyatdagi sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xodimlari bu borada aholi o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Atrof-muhit ozodaligi, aholiga yetkazib berilayotgan iste’mol mollarining tarkibi va sifati doimiy nazoratda. O‘tgan yil davomida shu maqsadda 5254 marta tekshirish va monitoring o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 4,7 ming nafar kishi jarimaga tortildi. Sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan 1307 obyekt faoliyati to‘xtatildi. Sifati talab darajasida bo‘lmagan un va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarilgan korxonalariga qaytarildi.

Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xalqimiz sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shu bois mamlakatimizda inson salomatligini tiklash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilib kelinayotganligi hech kimga sir emas. Zero, inson qadrlangan yurtda hamisha yuksalish va taraqqiyot bo‘lgan. Insonni buyuk sanagan xalqimiz ezgu amallar qilishni eng oliy maqsad qilib qo‘ygani rost.

Inson sog‘ligini saqlash, ma’naviy hayotini boyitish borasida eng katta ahamiyat beriladigan narsalardan biri tozalik-ozodalikka rioya qilishdir.

Azal-azaldan xalqimiz tozalik va orastalikka, saromjon sarishtalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish singari masalalarga juda jiddiy ahamiyat berib kelgan. Tozalik inson salomatligining garovi ekanligining kelajak avlod vakillariga doimo uqtirib kelishgan. Zero, tozalik, orastalik mavjud joyda dard bo‘lmasligi ayni haqiqat.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi deydilar. Darhaqiqat, ko‘ngil toza, beg‘ubor bo‘lsa, u mudom ozodalik, saranjomlik, tozalik va ko‘rkamlikni istaydi. Ko‘cha va bog‘lar, xiyobonlarmadaniy-maishiy binolar, maktab va bog‘chalar, shifoxonalar atroflari, umuman, barcha jamoatchilik maskanlarining obodonchiligi, ko‘rkam bo‘lib, gulzorlarga aylanib borishi kimni quvontirmaydi, deysiz?

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida ozodalik, tozalik, saranjomlik va hamjihatlik asosida hayot kechirganlar. Qon-qonimizga singib ketgan bu kabi go‘zal fazilatlar hali-hamon uyg‘oq, hamon tirik va ular o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Darhaqiqat, yosh avlodni tarbiyasiga e’tibor bermoqlik, ularni barkamol bo‘lib o‘sishiga, mahallaga, yurtga, vatanga muhabbatli bo‘lib ulg‘ayishiga katta omildir. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir, kelajak to‘g‘risida o‘ylamaslik, qayg‘urmaslik kelajakka beparvo bo‘lishdir. Jamiyatning har-bir kishisi shu jamiyatning ravnaqi, gullab yashnashi uchun jon kuydirmog‘i lozimdir. Farzandlarimizni tozalik, poklik, ozodalik, orastalik, saranjom-sarishtalik kabi chiroyli xulqlar bilan tarbiyalanishiga e’tibor beraylik. Zero, amallar xulqning belgisidir. Insonning yaxshi xislatlar bilan sifatlanishi, agar uning asari tashqariga zohir bo‘lmasa hech qanday qiymati bo‘lmaydi. Inson nafsi ozodalikka rag‘bat qiluvchi, ozodalikni yaxshi ko‘ruvchi degan sifatga ega. Ozodalik yo‘llarini ham biladi, lekin uning asari jismida yoki kiyimida yoki hovlisida yoki uyidagi uy anjomlarida ko‘rinmasa u ozodalik xulqi bilan xulqlangan deb aytish durust emas.

 


Download 78.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling