Xolmamat Eshmamatov
Download 22.69 Kb.
|
Xolmamat Eshmamatov 6-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.SOG‘LIQ HAQIDA TUSHUNCHA.
- Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
- Tibbiy model
- Bioijtimoiy (biosotsial) model
- TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIK DARAJALARI
- SALOMATLIK DARJASINI ANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI
- 2.JISMONIY TARBIYA HAMDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING SHAXSIY GIGIENASI
- 3.HAVONING FIZIKAVIY XUSUSIYATLARI HAVO HARORATI HAVO NAMLIGI HAVO HARAKATI ATMOSFERA BOSIMI QUYOSH RADIATSIYASI Atmosfera
Xolmamat Eshmamatov6-VARIANT 1.Sog‘liq haqida tushuncha. 2.Jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanuvchilarning shaxsiy gigienasi 3.Havoning fizikaviy xususiyatlari havo harorati havo namligi havo harakati atmosfera bosimi quyosh radiatsiyasi 1.SOG‘LIQ HAQIDA TUSHUNCHA. 1. (sog’lik) — har qanday tirik organizmning o’zi va uning barcha a’zolari o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan holati: nuqsonlar, kasalliklarning yo’qligi (salomatlik tushunchasining batafsil ta’rifi quyida keltirilgan). Salomatlikni o’rganadigan fanlarga dietologiya, farmakologiya, biologiya, epidemiologiya, psixologiya (salomatlik psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental va klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), psixiatriya, pediatriya, tibbiy sotsiologiya va tibbiy antropologiya, psixoxigina, defektologiya va boshqalar kiradi. Inson salomatligini muhofaza qilish (sog’liqni saqlash) — davlatning vazifalaridan biridir. Dunyo miqyosida inson salomatligini saqlash bilan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) shug’ullanadi. Butunjahon salomatlik kuni har yili 7 aprel kuni nishonlanadi, Butunjahon ruhiy salomatlik kuni — 10 oktyabr. JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va individual miqyosda salomatlikni baholash uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik tushunchasi ostida insonda kasalliklar va buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion miqyosda esa — o’lim, kasallanish va nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni tushuniladi. P. I. Kalyu «Salomatlik tushunchasining asosiy xususiyatlari va sog’liqni saqlashni qayta tuzishning ayrim masalalari: batafsil ma’lumot» nomli ishida dunyoning turli mamlakatlarida, turli davrlarda va turli ilmiy me’yorlar tomonidan tuzilgan salomatlikning 79 ta’rifini ko’rib chiqdi. Ta’riflar orasida quyidagilar uchraydi: Sog’lik — organizmning barcha darajalarda normal faoliyat ko’rsatishi, shaxsiy yashab qolish va nasl qoldirishga imkon beradigan biologik jarayonlarning normal kechishi. Organizm va uning funktsiyalarining atrof muhit bilan dinamik muvozanati. Ijtimoiy faoliyatda va jamoat foydali ishlarida qatnashish, asosiy ijtimoiy funktsiyalarni to’liq bajarish qobiliyati. Kasalliklar, kasal holatlar va o’zgarishlar bo’lmasligi. Organimzning doimo o’zgarib turadigan atrof-muhit sharoitlariga moslashish qobiliyati. Kalyuga ko’ra, barcha mumkin bo’lgan salomatlikning barcha tavsiflari quyidagi tushunchalarga tenglashtirilishi mumkin: Tibbiy model — tibbiy belgilar va xususiyatlarni o’z ichiga olgan ta’riflar uchun; salomatlik kasallik va uning alomatlari yo’qligi sifatida. Biotibbiy model — organik buzilishlar va nosog’lomlikning sub’yektiv hissiyotlari yo’qligi. Bioijtimoiy (biosotsial) model — ijtimoiy belgilar birinchi o’ringa qo’yiladigan tibbiy va ijtimoiy belgilar birgalikda qaralishi qo’shiladi. Qiymat-ijtimoiy model — qiymat sifatida insonning salomatligi qaraladi; JSSTning ta’rifi aynan shu modelga to’g’ri keladi. TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIK DARAJALARI Individual salomatlik — bu alohida insonning sog’lig’i. Guruh salomatligi — ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi. Mintaqaviy (regional) salomatlik — ma’muriy hududlar aholisining salomatligi. Jamoat salomatligi — populyatsiya salomatligi, umuman aholining sog’ligi; «kasalliklarni oldini olish, hayot davomiyligini uzaytirish va tashkiliy sa’y-harakatlar orqali sog’lomlashtirish, jamiyat, tashkilotni o’z fikriga binoan tanlash (davlat yoki xususiy, jamoat yoki individual) ilmi yoki san’ati» deya ta’riflanadi. Jamiyat sog’lig’ining profilaktikasi usullari — ta’lim dasturlarini joriy etish, siyosatni, xizmat ko’rsatishni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdir. Emlash tushunchasi jamoat salomatligi tushunchasi bilan bog’liq. Davlat sog’liqni saqlash dasturlarining ulkan ijobiy ta’siri keng e’tirof etilgan. XX asrdagi sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun, amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd etildi. SALOMATLIK DARJASINI ANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa biomarkerlardan tashkil topadi. Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan, sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi. JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat bilan aholi salomatligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi: Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash; Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi; Aholining immunizatsiya darajasi; Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi; Bolalarning oziqlanish holati; Bolalar o’limi darajasi; O’rtacha umr ko’rish davomiyligi; Aholining gigienik savodxonligi. 2.JISMONIY TARBIYA HAMDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING SHAXSIY GIGIENASI 2. Sog’lom turmush kechirish, soglom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta. Bu borada A.K.Atayev, G.I.Bagdanov, V.I.Gluxov, N.I.Muhammedov, M.T.Toirova, H.Q.Yo’ldoshev, T.Haydarov, F.Xo’jayev va boshqa olimlarning taqqiqotlarida tavsiyalar berilgan. ”Chunonchi, taraqqiy etgan mamlakatlarda sog’lomlashtirishga asosan jismoniy tarbiya va sport omillari bilan erishayotgani hech kimga sir emas. Demak, biz ham o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan har tomonlama uyg’un kamol toptirish muqaddas burchimizdir”. [ F.Xo’jayev, T.Usmonxo’jayev ”Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari ” T.’’O’qituvchi” 1996-yil.] I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, insonni tashqi muhit bilan chambarchas bog’langan deb tavsiflaydi. Jismoniy mashg’ulot yoki bu muskullar guruhiga ta’sir qilmay, butun organizmga ta’sirini ko’rsatadi. Modda almashinuvi yaxshilanadi, to’qimalar oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi, parchalahgan moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Yurak chiniqadi va yanada chidamli bo’ladi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug’ullanuvchilar tetik, ruhan yengil, quvvatga to’lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo’ladi. Bolalik davridan boshlangan chiniqish mashg’ulotlari ayniqsa foydalidir. [ Gluxov B.I.Fizicheskaya kultura ifomirovaniye zdarovogo obraza jizni. Kiyev.1989.79-b] Respublikada ’’ Jismoniy tarbiyava sport to’g’risida’’ qonuninig qabul qilinishi, ” Sog’lom avlod uchun” ordening ta’sis etilishi sportni takomillashtirishda ilk poydevor bo’ldi. Vatanimiz sha’nini munosib himoya qila oladigan sog’lom, baquvvat, irodali, chiniqqan, mahoratli yoshlarni tarbiyalash haqida g’amxo’lik qilishmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida sog’lomlashtirishgina emas, balki, ta’lim va tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ma’lumot shakllariga quyidagilarni belgiladik: gigiyena gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, harakat uchun tanaffus, sayr qilish kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to’garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog’lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo’yicha maktab seksiyalari va boshqalar. Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya – iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. Agarda г muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy me’yorlarga aylanadi. O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shrt, degan fikr ta’kidlanadi. Bu qonun to’la ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. Ayniqsa O’zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. Biz tadqiqotimiz davomida quyidagi sportchilar bilan tanishtirishni tavsiya qilamiz: Bulardan 1998-yilda ”O’bekiston iftixori” faxriy unvonini olgan sportchilar: Muhammadqodir Abdullayev, Lazizbek Zokirov, Artur Grigoryan, Temur To’laganov, Ruslan Chagayev va boshqalar. 1999-yilda ”O’zbekiston iftixori ” faxriy unvonini olgan sportchilar: Akobir Qurbonov milliy kurash bo’yicha 1- jahon chempioni, Erkin Qutiboyev kikbokschi – muay- tay turi bo’yicha 3 karra jahon chempioni. 2000 – yilda Maxtumquli Maxmudov – milliy kurash bo’yich 2- jahon chempioni, Sambo bo’yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbanov va boshqalar . O’quvchilarga bu sportchilarni tanishtira ekanmiz ularning ongida Vatanimiz sportchilariga nisbatan faxr tuyg’usi kuchayadi, Sportga mehrlari ortadi, O’quvchilar ularga o’xshashga intiladilar, Yangi g’alabalarga erishishga undaydi. Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shakilanishiga tor ma’nodaqamaslik lozim.chunki u turmush-tarzining asosiy qismi,millat salomatligi ta’minlovchi tizimdir. Shuni unutmaslik kerakki, o’quvlarning o’zlariga ma’qul bo’lgan sport seksiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi, sportning barcha turlarini o’zlashtirishi spotrning yuqori pog’onalari sari qo’yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajada bo’lishi bolalar va o’smirlar sport maktabiga o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga bog’liqdir. G’olib chiqqan komandalar rag’batlantiriladi.So’ngra keyingi musobaqalarga yo’lanma oladilar. Bundan tashqari shashka, shaxmat,basketbol,qo’l tennisi kabi sport musobaqalarning yakka g’oliblari ham aniqlanib boriladi. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir. Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar”o’yini ,”O’quvchilar spartakiadasi” ga keng o’rin berilagan. Maktab, oila, pedagoglar, o’quvchilar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi ish sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog’lom hayot tarzini o’quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq atadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. Bola sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg’ulot davomida o’quvchilarga tushuntirib boriladi. 3.HAVONING FIZIKAVIY XUSUSIYATLARI HAVO HARORATI HAVO NAMLIGI HAVO HARAKATI ATMOSFERA BOSIMI QUYOSH RADIATSIYASI Atmosfera (yunoncha atmos– bugʻ va sfera) – yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15-YU15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977-1021 t)ning taxminan. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun masalan-sasining taxminan. 50 % yer sirtidan 5 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda, qolgan 50 % esa 30 – 35 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda toʻplangan. Yer sirtida Atmosferaning zichligi YU-3 g/sm³ boʻlsa, taxminan. 700 km balandlikda 10-16 g/sm³. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning uchun Atmosferaning keskin chegarasi boʻlmaydi, asta-sekin sayyoralararo fazoga oʻtadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari Quyoshdan chiqadigan radiasiya energiyasi taʼsirida issikdik olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bogʻliqdir. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi Quyosh yoritayotgan vaqtda yoritmayotgan vaqtga qaraganda kattaroq. Shuningdek, Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi qutb rayonlarida ekvatorial rayonlardagiga qaraganda kichik. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon (0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda metan, azot, oksid, uglerod (I)-oksid va boshqa tabiiy hamda sanoat gazlari boʻlib, miqdori oʻzgarib turadi. Quruklik va suv yuzidagi doimiy bugʻlanish tufayli Atmosferada suv bugʻi ham boʻladi. Bugʻning quyuklashuvi bulut va yogʻinlarni hosil qiladi. Havoda doimo har xil kattalikda chang zarrachalari mavjud. Ularning manbai Yer va kosmik fazodir. Atmosfera tarkibiga koʻra, asosan gomosfera va geterosfera qatlamlariga boʻlinadi. Yer sirtidan 90 – 95 km balandlikkacha boʻlgan havo qatlamida yuqorida qayd etilgan asosiy gazlar (azot va kislorod)ning nisbiy tarkibi oʻzgarmaydi, buni gomosfera (bir jinsli) qatlam deb ataladi, bu qatlamdan yuqorida esa azot va kislorod molekulalari zaryadli atomlarga ajraladi va atom ogʻirligi boʻyicha taqsimlanadi. Buni geterosfera qatlami deb yuritiladi. Shu belgiga asosan ozonosfera (20 – 55 km) va ionosfera (90 km dan yuqori) qatlamlarini ham ajratish mumkin. Ozonosfera qatlami tufayli yer yuzida hayot mavjud, chunki Quyoshdan kelayotgan va hayot uchun zararli boʻlgan har xil nurlarning asosiy qismi shu qatlamda yutiladi. Ionosfera ionlar konsentratsiyasi taqsimlanishi boʻyicha 60 km balandlikda D, PO– 140 km balandlikda YE, 220 km dan yuqorida Fqatlamlarini hosil qiladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasining maʼlum qismini yutadi va sochadi. Atmosferada issiklik koʻproq turbulent (uyurma) harakat, radiatsiya jarayonlari va suvning fazoviy oʻzgarishlari orqali tarqaladi, natijada Atmosfera temperatura taqsimlanishi boʻyicha 5 asosiy qatlamga ajratiladi (jadval). Atmosfera troposfera qatlamining yer sirtidan balandligi qutb kengliklarida 10 – 11 km, tropik rayonlarda 14–17 km. Troposfera qatlamida har 100 m balandlikda temperatura 0,6° ga pasayib boradi. Troposferaning yuqori chegarasida havoning oʻrtacha temperaturasi oʻrta kenglik ustida – 55° – 60°, ekvatorial sohalar ustida – 70° gacha. Bu qatlamda yer sirtining fizik xossalari har xil boʻladi. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi va Download 22.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling