Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti


Download 409.02 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi409.02 Kb.
#1396484
Bog'liq
Farrux zokirov (2)


Guliston davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti
Ijtimoiy fanlar va sanʼatshunoslik kafedrasi
4.22-guruh talabasi Zokirov Farruxning tayyorlagan slaydi
Mavzu:
Virtual o'yinlarning yoshlar ongiga ta'siri
Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi. Bolani yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har bir narsadan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab oilada amalga oshiriladi. Farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli ko‘ringan narsaning tashqi tomoniga emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga duchor bo‘lishdan asrash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.
Internet-bu davr talabidir. Hozirgi kunda internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. Internet-bizlar uchun juda ham еngilliklar va qulayliklarga egadir. Uzog‘imizni bizga yaqin qiladi va o‘zimiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni internet orqali izlab topmoqdamiz. Internetdan qanday foydalanish o‘zimizning qo‘limizda. Har bir narsaning o‘ziga yarasha foydasi bo‘lgani kabi, shunga yarasha zarari ham bor.
Hozirgi kunda Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni ham rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish arafasida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli albatta. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir.
15%
Ma’lum qilinishiga ko‘ra, tadqiqotchi Hilmiy Xidir Soriy “internet orqali bog‘lanishning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri” mavzuida 471 kishi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, internetga mutelik oqibatida ijtimoiy va ruhiy yolg‘izlik muammosi ko‘payayotgani aniqlangan.
Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “GTA”, “Snaypir”, “Qotil”va boshqa ana shular kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalik haqiqiy qotillarga aylanishgani fikrimizga yaqqol dalil bo‘ladi.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez eshitib qolamiz: G‘arb mamlakatlarida maktab o‘quvchilari, o‘smir yigit-qizlar o‘z ota-onalari, o‘qituvchilari, tengdoshlari o‘limiga sabab bo‘lishmoqda. Bunday dahshatli voqealar G‘arb bolalariga vertual olam berayotgan “tarbiya”ning zaharli mevasi ekani achchiq haqiqatdir.
Kompyuter o‘yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho‘ng‘ishni Islom dini qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning imon-e’tiqodi zaiflashib, shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo‘yicha ish qiladi. Oqibatda o‘zi ham halok bo‘ladi. Shunday ekan, bu haqda tafakkur qilib, aql yuritishimiz lozim.
Keywords
Keywords
Janubiy Koreyada harbiy-strategik o‘yinlar quliga aylangan 28 yoshli yigit olamdan o‘tadi. Ma’lum qilinishiga ko‘ra, u uch kun davomida o‘yinxonadan chiqmagan ekan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining sobiq haskasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani oqibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi.
01
03
02
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 409.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling