Mavzu: Atrof muhit tozalik garovi
O’quv qurollarini tartibga solish
Download 78.02 Kb.
|
Atrof muhit tozalik garovi
O’quv qurollarini tartibga solish
Mas’ul tashkilotlar ma’lum qiladi Xalq ta’limi vazirligidan maktab yarmarkalarida mahsulotlar narx-navosining sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularda to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qilinmoqda. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini asosiy turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechak va poyabzallar bilan ta’minlash va ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10 avgustidan 10 sentyabrigacha respublikamizda jami 1 ming 325 ta maktab yarmarkasi faoliyat yuritadi. Maktab yarmarkalarining 931 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 293 tasi bozorlar va ular atroflarida, 528 tasi yirik savdo komplekslari, do‘konlar va aholi gavjum joylarda tashkil qilingan.
O‘zimizni tanishtirdik-da, mahsulotlar narxini so‘radik. 12 varaqli daftar 400 so‘m, 48 varaqli daftar 1500 so‘m, rasm daftarlari 2000 so‘m ekan. Sotuvchining gaplariga ishongan edik hamki, shu paytda bizni ham xaridor, deb o‘yladi shekilli, navbat rangli qalamlarga kelganida uning sherigi “besh ming so‘mdan boshlanadi”, dedi. Shunda biz suhbatlashayotgan sotuvchi unga tahdidli ohangda gapga aralashmasligini ta’kidladi. Angladikki, sotuvchilarimiz ham o‘z ishiga vijdonan yondashayotgani yo‘q. Kim ekanimizni bilgach, hatto aldashga ham urinishmoqda. Shundan so‘ng boshqa sotuvchilar bilan xaridor kabi muomalaga kirishdik. Maktab sumkalarining narxini bilishga qiziqdik. – 65 ming so‘mdan boshlanib, 165 ming so‘mgacha boradi, xohlasangiz bundan ham qimmatrog‘larini ko‘rsataman, Xitoyniki, – dedi bir sotuvchi. Rasm daftarlarining eng kichigi 4,5, 36 varaqli daftar 1,5, 48 varaqli daftar 1,7 ming so‘m, rangli qalamlarning eng arzoni 10 ming so‘mdan boshlanishini aytishdi.
Ma’lum bo‘ldiki, ota-ona bitta farzandi uchun kerakli o‘quv qurollarining o‘rtacha narxdagisidan oladigan bo‘lsa, taxminan 200 ming so‘mdan oshadi. Unga sumka va kiyim-kechakni ham qo‘shsangiz, kamida 700-800 ming so‘m kerak bo‘ladi. Sotuvchilar xarid qilganingizda narxi arzoniga uchmaslikni, ular sifatsiz ekanini ko‘p takrorlaydi. Shunday paytda sotuvchiga qarab “rahmat-e, vijdoningiz uyg‘oq ekan“ deb yuborasiz. Ammo yaroqsiz o‘quv qurollari ishlab chiqarishga bosh bo‘layotgan yoxud chetdan olib kelayotgan tadbirkorlarga nima deysiz?! Har qalay, rahmat aytmasligingiz aniq.
Imkoniyati yetgan ota-ona farzandi uchun qilar, ammo besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, bunga hamma yurtdoshimizning ham qurbi yetmasligi sir emas. Yaxshirog‘idan olib beray desa, cho‘ntak ko‘tarmaydi, sifatli narsa esa qimmat, farzandining ko‘ngli o‘ksishi esa yana alamli. Download 78.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling