Mavzu: Atrof-muhitning global ekologik muammolari Reja: Issiqxona effekti
Download 35.02 Kb.
|
Issiqxona effekti Atmosferadagi uglerod dioksid (CO2) va issiqxo-fayllar.org
Atmosferadagi ozon
Ozon (O3) juda kam miqdorda ekanligiga qaramasdan, atmosferaning yuqori qatlamlarida (ayniksa stratosferada) boradigan fizikaviy jarayonlarda muhim rol uynaydi. Ozon qobig‘i butun Yer sharini qoplab, atmosferada 10 kmdan 70 km balandlikkacha uchraydi, lekin ozon molekularlarining (O3) maksimal miqdori 20-25 km balandlikda joylashgan. Atmosferadagi ozonning umumiy massasi tahminan 3,2 • 109 t ni tashqil qiladi. Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga tushadigan quyosh nurlanishining 3% ga yaqinini yutadi. Yutilish spektrning 0,22-0,29 mkm to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha sohasida sodir bo‘ladi. Spektrning bu sohasinig yutilishi shunchalik kattaki, quyosh nurlarining energiyasi ozon qatlamining eng yuqori qismlarida, 50-45 km balandlikda deyarli to‘liq yutiladi. Shu sabali bu balandlikdagi havoning harorati 0°gacha ko‘tariladi. Ultrabinafsha nurlarning asosiy xususiyati ularning yuqori biologik faollikka ega ekanligidir. Ular bakteriyalarning ko‘pgina turlarini o‘ldiradi, badanni foraytiradi, organizmda D vitamin hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Biroq, ultrabinafsha nurlanishning ozgina miqdorigina foydali xisoblanadi. Katta miqdorlari inson terisi kasalliklariga (eritema) va xatto kuyishga olib kelishi mumkin. Atmosferada ozon paydo bo‘ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar murakkab tabiatga ega. Ikki atomli kislorod molekulalari quyoshning ultrabinafsha nurlarini yutganda qisman atomlarga parchalanadi. Kislorod atomlari qo‘zg‘algan holda bo‘ladi (ya’ni m’yoriy holatdagiga nisbatan katta energiya zahirasiga ega bo‘ladi). Shu sababli ozon molekulasi uchlama to‘qnashuvda ya’ni kislorod molekulasi, kislorodning atomi va ortiqcha energiyani qabul qilib oluvchi azot yoki boshqa gaz molekulasi bir-biri bilan tuqnashgandagina hosil bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi jarayon-ozonning kislorodga parchalanishi sodir bo‘ladi. Agar ozon bulmaganda biologik faol ultrabinafsha nurlar Yerdagi barcha biologik jarayonlarni va balki butun organik hayotni sezilarli o‘zgartirgan bo‘lar edi. Demak, ozon ximoyalovchi ekranni hosil qiladi. Atmosferaning ba’zi moddalar bilan global ifloslanishi ozon ekrani zichligini kamaytirishi va «ozon teshiklari» ni paydo qilishi mumkin, deb hisoblanadi. Atmosferadagi ozon miqdori sutkalik (kunduzi-maksimum, kechasi – minimum) va mavsumiy (bahorda — maksimum, kuz va qishda — minimum) o‘zgarishlarga ega. Kenglikning ortishi bilan maksimumga erishish kechroq oylarga suriladi. Ozon «teshiklari». XX asrning 80 —yillari boshida Antarktida ustida ozon umumiy miqdorining keskin kamayishi kuzatilgan edi. 1984-1985-yillarda bu «ozon teshik» ulchami bir necha million kvadrat kilometrga yetdi. Xuddi shunga o‘xshash teshik Arktika tepasida ham paydo buldi. 90-yillarning o‘rtasidan boshlab Sharqiy va Garbiy Sibir (Rossiya), Qozog‘iston, Markaziy Osiyo ustidagi «ozon teshigi»ni kengayishi kuzatilmoqda. Ozon miqdorining kamayishi stratosferaning azot oksidlari va freonlar bilan ifloslanishi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Umuman olganda, ozon va «ozon teshik» muammolari hali yanada izlanishni, o‘rganishni talab qiladi, biroq bir narsa muhim — bu muammoga e’tiborsiz bo‘lmaslik lozim. Shu sababli jahon hamjamiyati ozonni parchalovchi moddalar, xususan sovutgichlarda ishlatiladigan freonlarni ishlab chiqarish va foydalanishni kamaytirish uchun harakat qilmoqda. Download 35.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling