Mavzu: Auditda ekspert xulosasining tarkibiy tuzilishi va uni soddalashtirish yo‘llari


Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi


Download 1.53 Mb.
bet2/3
Sana21.03.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1285455
1   2   3
Bog'liq
BHA-81-2

Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi:
  • auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
  • litsenziyasining tartib raqami;
  • auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;
  • auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomasining raqami;
  • auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
  • tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi;
  • auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun asos va xojalik yurituvchi subyektning umumiy tavsifi.

Shu bilan birga, auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan o'tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro'yxati, sanasi va hisobot davri ko‘rsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida, auditorlik tekshiruvidan o'tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas'uliyat xojalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo‘yicha berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko'rsatilishi lozim.
Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMSga muvofiq o‘tkazilganligi ta’kidlanishi lozim. Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka hamda xojalik yurituvchi subyekt moliya-xojalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko‘rsatishi lozim. Shuningdek, ta’kidlovchi qismda o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun yetarli asos berishi to‘g‘risida auditorlik tashklotining tasdig‘i aks ettirilishi lozim.

Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xojalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to ‘g‘risida yozuv yoziladi.
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilganda, auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi. Xojalik yurituvchi subyekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling