Mavzu: Auditda ekspert xulosasining tarkibiy tuzilishi va uni soddalashtirish yo‘llari
Download 1.53 Mb.
|
BHA-81-2
Mavzu: Auditda ekspert xulosasining tarkibiy tuzilishi va uni soddalashtirish yo‘llariBajardi: BHA-81-2-guruh talabasiFayzullayeva IqlimaAuditorlik xulosasi audit obyektlarining qabul qilingan qonun qoidalarga monandligi bo‘yicha auditorning yozma shaklda ifodalangan munosabatidir. Ushbu xujjat auditorlik xisobotiga asosan tuziladi. Auditorlik xulosasining xisobotdan farqi shundan iboratki, ushbu xujjatda audit natijalari bo‘yicha faqat xulosa beriladi, xolos. Unda qisqa mazmunda audit obyekti, auditni o‘tkazuvchi shaxs (shaxslar), auditning asosiy maqsadi va natijalari ifodalanadi. Auditorlik xulosasida tekshiruv jarayonidagi noqonuniy operatsiyalar tufayli kelib chiqqan yoki keltirilgan zararlarning sabablari, sharoitlari batafsil ko‘rsatilmaydi (ular auditorlik xisobotida keng ifodalangan bo‘ladi). Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o‘z ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir. Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, o‘sha moliyaviy hisobot ilova qilingan bo‘lishi kerak. Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasi. Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga bo’linadi. Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 90 % xulosalar modifikatsiyalanmagan xulosalardir. Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, degan xulosaga kelgan bo’lsa, modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi. Agar auditor olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib ko’rsatishlardan holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa yoki unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas, degan xulosaga kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni modifikatsiyalashi lozim. Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini o’z ichiga oladi. Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va masala qanday hal qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim. Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash zarurki, modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo’lgan vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim. Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos", "Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi. Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin: auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga; auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo’lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga. Tushuntirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir etmasdan shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Auditorlik xulosasi uchta qismdan iborat: Kirish Ta’kidlovchi Yakunlovchi Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling