Mavzu: auditda tanlab tekshirish uslubi reja


Download 62.5 Kb.
bet1/4
Sana21.10.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1714191
  1   2   3   4
Bog'liq
audit mustaqil ish


MAVZU: AUDITDA TANLAB TEKSHIRISH USLUBI

Reja:

  1. Auditda tanlab tekshirish uslubining mohiyati.

  2. Auditda tanlab tekshirishning uslubiyati.

  3. Auditda tanlab tekshirish uslubini qo’llashda ichki nazorat tizimining ahamiyati.


Auditda tanlab tekshirish uslubining mohiyati.

Mijozning buxgidteriya va ichki nazorat tizimi sifati audit tekshiruvining butun keyigi jarayonini belgilab beradi. Auditor tekshiruvning dastlabki bosqichida mijoz moliyaviy hisobotlarini o'rganish va buxgalteriya xizmati xodimlari bilan suhbatlashish jarayonida shu moliyaviy hisobotlar to‘g‘ri va to'liq dastlabki hujjatlarga asosan tuzilgan degan xulosaga kelsa auditor dastlabki hujjatlarni tanlab tekshirishi mumkin bo‘ladi.


Aks holda, ya’ni moliyaviy hisobotlarni o‘rganish, mijoz ichki nazorat tizimini tekshirish jarayonida auditor ularning sifatidan qoniqmasa auditor moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun asos bo'lgan barcha dastlabki hujjatlarni yoppasiga, hammasini tekshirishi lozim.
Yoppasiga tekshirish auditordan katta vaqt va mehnat talab etadi. Ammo auditorlik etikasiga asosan auditor moliyaviy hisobotlarning BHMSga asosan tuzilganini yoki bu standartlardan chetga chiqish bo‘lganini o‘z xulosasida aniq bayon etishi kerak. Bu esa auditordan dastlabki hujjatlarga tayanishni talab etadi. Dastlabki hujjatlarning sifati esa moliyaviy hisobotlarning haqqoniy yoki noto'g'ri ma’lumotlarni aks ettirayotganini ko‘rsatadi.
Auditor mijoz moliyaviy hisobotlarining BHMS ga asosan tuzilgani yuzasidan ko‘pincha o‘rta darajadagi ishonchga ega bo‘ladi. Bunga sabab moliyaviy hisobotlarning ba’zi elementlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi sifatli taslikil etilgan bo‘lishi, malakali mutaxassislar tomonidan olib borilishi, kompyuterlashgan bo‘lishi, samarali ichki nazorat tizimi tashkil etilgan bo'lishi, moliyaviy hisobotlarning boshqa ba’zi elementlari bo‘yicha esa buning aksi bo‘lishi mumkin. Tanlab tekshirish uslubini ham aynan o‘rta darajadagi ishonchga ega bo‘lgan holda qo‘llash kerak.
Auditda tanlab tekshirish uslubi — moliyaviy hisobotlar yuzasidan o‘z professional fikrini bayon etish uchun zaruriy dalillar, hujjatlarni ma’lum tartibda, me’zonlarga asoslangan holda tanlash va o‘rganishdir.
Tanlab tekshirish uslubi ehtimollar nazariyasi qonunlariga asoslanadi. Tanlab tekshirish uslubini qo‘llash uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim:
1) tanlab tekshirish hajmi;
2) kuzatuv birligi;
3) tanlash birligi;
4) tanlab olish uslubiyati.
Tanlab tekshirish uslubini qo'llash uchun ma’lum to‘plam tuzilishi kerak. Tanlab tekshirish aynan shu to‘plamga nisbatan qoilaniladi va natija ham shu 1o‘plamga tegishli bo'ladi.
To‘plam — ma’lum elementlarning jamlanmasi. Audit tekshiruvida element sifatida buxgalteriya o‘tkazmalari, yozuvlar kabilarni keltirish mumkin. To‘plamni shakllanitirish uchun auditor barcha elementlarni m a’lum me’zonlar, xususiyatlarga ko‘ra guruhlarga taqsimlaydi. Bu me’zonlar hujjatlaming xususiyati, moddiy javobgar shaxs, davriy ketmaketlik kabilar bo‘lishi mumkin.


Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling