Mavzu: auditda tanlab tekshirish uslubi reja


Auditda tanlab tekshirishning uslubiyati


Download 62.5 Kb.
bet2/4
Sana21.10.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1714191
1   2   3   4
Bog'liq
audit mustaqil ish

Auditda tanlab tekshirishning uslubiyati.

Auditda tanlab tekshirish uslubi tekshirilishi lozim bo‘lgan elementlar, operatsiyalar, hujjatlar va boshqalarning 100% dan kam bo‘lgan qismini o‘rganish va shuning asosida ularning to‘g‘riligi yoki noto‘g‘riligi yuzasidan biror fikrga kelish uchun qo‘llaniladi. Bu yerda 100% dan kam foizda tekshiruv olib borishning quyidagi asosiy sabablari mavjud:


1) barcha operatsiyalar, hujjatlarni tekshirish uchun auditordan katta vaqt talab etiladi;
2) auditda ish haqi vaqtbay hisoblangani uchun, barcha hujjat va operatsiyalarning tekshirilishi mijoz, uchun qimmatga tushadi. Natijada audit tekshiruviga talab keskin qisqarishi mumkin.
Tanlab tekshirish uslubini qo’llash uchun auditor tekshirilishi lozim bo'lgan hujjatlar, operatsiyalarni ma’lum xususiyatlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratadi. Bu auditda stratifikatsiya deyiladi. Har bir alohida guruh strata deyiladi. Stratalar hosil qilingach har bir strata bo‘yicha tanlab tekshirish uslubi qo‘llaniladi.
Auditda tanlab tekshirish uslubi qo‘llanilganda barcha hujjatlar, operatsiyalar reprezentativ, ya’ni tanlanish uchun bir xil imkonoyatga ega deb faraz qilinadi. «Auditorlik tanlash» deb nomlangan № 14 AFMSning 5-bandiga asosan tanlab tekshirishda reprezentativlik quyidagi uslublarning biri orqali ta’minlanadi:
1) tasodifiy — hujjatlar, operatsiyalar ixtiyoriy tarzda, erkin tanlanadi. Tasodifiy tanlash ixtiyoriy sonlar jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda biror ketma-ketlik, tartibga amal qilinmaydi;
2) sistemali — tekshirilishi lozim bo‘lgan elementlar ixtiyoriy ravishda tanlangan biror elementdan keyin qat’iy intervalda aniqlanadi;
3) kombinatsiyalangan — ixtiyoriy va tizimh uslublarning kombinatsiyasini ifodalaydi. Har bir tanlab tekshiruvda auditorlik firmasi quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
- tanlab tekshiruv jarayonida aniqlangan har bir xatoni tahlil qilish;
- tanlab tekshirish riskini baholash.
Xatolarni tahlil qilish jarayonida auditorlik tashkiloti bu xatoliklarning xususiyatini o‘rganishi kerak. Tanlab tekshirish uslubini qo‘llash orqali auditor bu uslub aynan qanday maqsadlar uchun qo‘llanilayotganini aniq bilishi va yozma bayon etishi lozim. Xatoni tahlil qilishda uning muhimligini va uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash zarur.
Tanlab tekshirilgan hujjatlar, operatsiyalarnmg natijalari shu tur butun to‘plam haqida tasavvur berishi lozim. Tanlab tekshirishda aniqlangan xatoliklar belgilangan darajadan oshmasligi kerak.
Tanlab tekshirishning hajmini aniqlashda auditor tanlab tekshirish riskini aniqlashi lozim. Tanlab tekshirish riskining mohiyati shundan iboratki, hujjatlar, operatsiyalar auditor tanlab tekshirganda hosil bo‘lgan tasavvur bu hujjat va operatsiyalarning barchasini tanlab tekshirganda hosil bo'ladigan tasavvurdan qisman yoki mutlaqo farq qiladi. Tanlab tekshirish riski ichki nazorat tizimini tekshirish davrida ham, buxgalteriya tizimida aks ettirilgan schyotlarning aylanmasi va saldosini batafsil tekshirish jarayonida ham mavjud bo'ladi.
Tanlab tekshirish uslubi orqali ichki nazorat tizimi va buxgalteriya schyotlarining to‘g‘riligini tekshirishda birinchi va ikkinchi tur risklar mavjud.
Ichki nazorat tizimini tekshirishda:
1) birinchi tur risk — ichki nazorat tizimi aslida sifatli tuzilgan va ishlasada, tanlab tekshirish uslubi orqali tekshiruv olib borish bilan bu tizimni sifatsiz deb topish;
2) ikkinchi tur risk — ichki nazorat tizimi aslida sifatsiz tuzilgan va ishlayotgan bo‘lsada, tanlab tekshirish uslubi orqali bu tizimni yetarli darajada sifatli deb baholash.
Schyotlarning aylanmasi va saldosini tekshirishda:
1) birinchi tur risk — tanlab tekshirish natijalariga asosan aslida to‘g‘ri bo‘lgan to‘plamni noto‘g‘ri deb baholash;
2) ikkinchi tur risk — tanlab tekshirish uslubi natijalariga asosan aslida noto‘g‘ri ma’lumotlarni aks ettirayotgan to‘plamni to‘g‘ri deb baholash.
Tanlab tekshirish hajmi auditor tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasiga bog‘liq. Qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi audit tekshiruvini rejalashtirish davridagi muhimlik ko'rsatkichiga asosan belgilanadi. Auditor tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi qanchalik kichik bo‘lsa tanlab tekshirish hajmi ham shunchalik katta bo‘lishi lozim.
Ichki nazorat tizimiga nisbatan auditor tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi mijoz korxona tomonidan shu tizimga nisbatan qo‘yilgan talablardan chetlanish bo‘lganda ham auditor e’tibor qaratishi shart bo'lmagan miqdordir.
Buxgalteriya schyotlariga nisbatan auditor qabul qilishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi shu schyotlarda mavjud bo'lgan ammo moliyaviy hisobotlarga nisbatan umuman olganda sezilarli ta'sirga ega bo‘lmagan xatolik darajasi hisoblanadi.
Agar auditor tekshirilayotgan to‘plamda muhim xatolik bor deb baholasa, bu xatolik umumiy to‘plamga nisbatan sezilarli ta’sir etmayotganiga va auditor tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasidan oshmayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida tanlab tekshirish hajmini ham kengaytirishi lozim. Tekshirilayotgan to‘plamda xatolik darajasi kichik yoki umuman yo‘q deb hisoblansa, auditor tanlab tekshirish hajmini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin bo‘ladi.
Auditor majburiy tartibda o‘z ishchi qog‘ozlarida tanlab tekshirish uslubining barcha bosqichlari, uslublari va natijalarining tahlilini ko'rsatishi kerak.


Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling