Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o‘tdi: - 1. Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.
- 2. Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.
- 3. Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi: - 1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh auditorlik apparati bo‘lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo‘ysinadi. Uning asosiy vazifasi davlat budjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.
- 2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo‘ysinadi, davlat budjeti daromadlar qismining to‘ldirilishini nazorat qiladi.
- 3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo‘linmalari budjet tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo‘ysunadi. Asosiy vazifasi budjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |