22. Mavzu: budjet soliq siyosati. Reja


Download 340.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi340.24 Kb.
#1490447
  1   2   3   4   5
Bog'liq
22 mavzu



374 
22. MAVZU: BUDJET SOLIQ SIYOSATI. 
REJA 
1. Davlat byudjetining mohiyati va funktsiyalari. 
2. Soliqlarning turlari va funktsiyalari 
3. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
4. Diskret va nodiskret fiskal siyosat 
Tayanch so’z va iboralar: Davlat byudjeti, moliyaviy balans, soliqlar, 
markazlashgan pul fondi, subventsiya, subsidiya, transfertlar. 
1. Davlat byudjetining mohiyati va funktsiyalari. 
Davlat o’z iqtisodiy funktsiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat 
byudjetiga tayanadi. Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri 
bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Davlat 
byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda 
qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat byudjeti daromadlari soliq 
va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u 
soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida 
iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy 
himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish 
moddalari mavjud. 
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) 
ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat 
tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va 
xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va 
xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy 
yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import 
qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya 
qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat. 
Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subventsiya 
va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura 
ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan 
ko’rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita 
subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga 
ajratilgan mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli 
shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan 
tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko’rinishida himoya qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi 
davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to’laydi, 
korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu 


375 
kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali 
davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi 
va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish 
orqali investitsiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi. Davlat byudjeti mablag’lari 
hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnktsiyasin bajarishi 
uchun imkoniyat yaratadi. 

Download 340.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling