22. Mavzu: budjet soliq siyosati. Reja


-jadval  O’zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi


Download 340.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi340.24 Kb.
#1490447
1   2   3   4   5
Bog'liq
22 mavzu

1-jadval 
O’zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi 
Umumdavlat soliqlari. 
Mahalliy soliqlar va yig’imlar 
1. 
Yuridik 
shaxslar 
daromadiga 
(foydasiga) soliq.. 
2. 
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq.. 
3.Qo’shilgan kiymat solig’i. 
4. 
Aktsiz solig’i. 
5. 
Er 
osti 
boyliklaridan 
foydalanish 
solig’i. 
6. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq.. 
7. 
Savdo 
va 
umumiy 
ovkatlanish 
tashkilotlaridan yalpi daromad solig’i. 
8. 
Bojxona boji. 
9..Davlat boji. 
10. 
Kimmatli 
qog’ozlarni 
ruyxatdan 
o’tkazish yig’imi. 
11. 
Boshqa daromadlar. 
1.Mol-mulk solig’i. 
2.Er solig’i. 
3. 
Yagona soliq.. 
4. 
Infratuzilmani rivojlantirish solig’i. 
5. 
Jismoniy 
shaxslarning 
transport 
yoqilg’isi uchun iste’mol solig’i. 
6. 
Jismoniy shaxslar chetdan tovarlar olib 
kelganligi uchun yagona bojxona to’lovi. 
7. 
Savdo huquq yig’imi, shu jumladan 
alohida tovarlarni turlarini sotish litsenziya 
yig’imi. 
8. 
Ishbilarmonlik 
bilan 
shug’ullanuvchi.huquqiy hamda jismoniy 
shaxslarni ruyxatdan o’tkazish yig’imi. 
9. 
Boshqa to’lovlar. 
 
1-jadvalda ko’rinib turibdiki, xozirgi kunda soliqlar kodeksda 7 ta umumdavlat 
(respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi 
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlanadi. Soliqlarni 
guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarni o’rganishning ilmiy va amaliy 
uslubidir. 
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga karab to’rt guruhga bulinadi: 
-oborotdan olinadigan soliqlar; 
-daromaddan olinadigan soliqlar; 
-mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlar


378 
-er maydoniga karab olinadigan soliqlar.. 
Oborotdan olinadigan soliqlar ga kushilgan kiymat solig’i, aktsiz solig’i, 
bojxona va er osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot 
(aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgaridek mahsulot 
realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan 
ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan 
soliqlarga kiradi. 
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga 
(foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo 
tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi. 
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i, ekologiya, 
avtomobil mashinalarini qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi. Er maydonlaridan 
olinadigan soliqlarga qishlok xo’jalik tovar ishlab chikaruvchilarning yagona er 
solig’i va yuridik (noqishloqxo’jalik) va jismoniy shaaxslarning er soliqlari kiradi. 
Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to’g’ri soliqlarga yoki bevosita va 
bilvosta bo’linadi. 
To’g’ri soliqlarni bevosita soliq to’lovchilarning o’zi tulaydi, ya’ni soliqni 
huquqiy to’lovchisi ham, hakikiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. TO’gri soliq 
yukini boshqalarga ortish Holati bu erda bO’lmaydi. Bu soliqlarga hamma 
daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi. 
To’gri soliqlardan to’gridan-to’gri daromaddan soliq to’langanligi uchun 
soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga 
koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini 
rivojlantiradi. Bu soliqlar ning stavkalari kupaytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya 
borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari 
to’gridan-to’gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langandir. 
Egri soliqlar ni huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab 
yuboruvchilardir (xizmat ko’rsatuvchilardir). Lekin soliq og’irligini haqiqatdan ham 
byudjetga to’lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xakikiy 
soliq to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga 
ustama ravishda qo’yiladi. 
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga 
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p bo’lishiga yordam 
beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning 
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakuniga to’gridan to’gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion 
faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa 
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va byudjetga 
to’lovlari kamayishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni 


379 
muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok 
bu soliqlar mehnat bilan band bo’lgan aholining real daromadini pasaytiradi. 
Korxonalarda to’gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat 
ko’prok mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar assortimentining oshishini 
ta’minlashi kerak. 
Jaxon soliq amaliyotida to’g’ri va egri soliqlar nisbatiga karab u yoki bu 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy kiyinchiliklarni borligini tahlil 
qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to’g’ri soliqlar salmog’ining byudjet 
daromadida 90 foizga yakin bO’lishi bu erda rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mavjudligidan darak beradi. 
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aktsiz solig’i, bojxona boji, er osti boyliklaridan 
foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to’gri va egri soliqlar 
yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq 
summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini 
oshirishni talab etadi. 
Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat 
idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo’linishi asosida kelib 
chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari O’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan 
kelib chiqib, O’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bO’lishi kerak. 
Respublika xukumati umumdavlat mikyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni 
saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy 
ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun 
uning byudjeti ham soliqlar i ham salmokli bo’lishi shart. QQS, aktsiz solihi, yuridik 
shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar 
respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati 
shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy byudjetlarni 
boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa 
subventsiya yoki subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy byudjetlarning o’z 
manbalari (soliqlar i) kupayib kolsa, respublika soliqlar dan ajratma berishning 
xojati kolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo’ladi, 
byudjetga tulanishi lozim bo’lgan to’lovlardir. 
Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab belgilanib, ularga 
doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga 
yakin bo’lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog’likni saqlash, 
madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. 
Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularning byudjet Harajatlarining 30-40 foizini 
koplaydi, holos. Keyingi vaktlarda mahalliy byudjetlar daromadlari salmog’ini 50-
60 foizga etkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar 
daromadlarini kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o’z daromad 
manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy xukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga 
oshirishlari mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy 


380 
kamchiliklarga yo’l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati 
shundaki ular fag’at shu xududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga 
ajratmalar berilmaydi. 
Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bO’lganligidan bu 
byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) 
ancha murakkabdir. Bu masalani echishda ilgari ko’rsatganimizdek xududdan 
respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, 
daromad solig’i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga 
ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib 
subventsiya (maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy 
hukumatlarni o’z xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 
100 foizgacha ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir. 
Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika 
hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o’z xududlaridagi soliqlar 
to’liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg’amlik kayfiyatini kuchaytiradi. 
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat 
byudjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat 
iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi. 

Download 340.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling