22. Mavzu: budjet soliq siyosati. Reja


 Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari


Download 340,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi340,24 Kb.
#1490447
1   2   3   4   5
Bog'liq
22 mavzu

3. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va 
to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi 
natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli 
o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda 
iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini 
oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga 
keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga 
keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol 
o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan 
bog’liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo’riqishning paydo bo’lishi, 
bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari 
va soliq tushumlarini o’zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini 
ta’minlash jarayonlarining har biri o’rtasida ma’lum vaqt o’tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o’zgaradi va ko’rilgan chora-tadbirlar 
ko’tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik 
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 


381 
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti 
qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o’rnatilgan 
barqarorlashtirgichlarga 
asoslanadi. 
Rivojlangan 
davlatlarda 
o’rnatilgan 
barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va 
foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni 
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy 
pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa 
jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga 
kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan 
ishsizlik nafaqasi to’lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami 
taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir 
ko’rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari 
pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda davlat 
xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham 
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to’liq 
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. 
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va 
ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik 
pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) 
va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan 
davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 
G,TT’ 
T=Ta+tY 
Byudjetning 
davriyG=cont 
takchilligiByudjetning 
γY 
Y1 
Y0 
Y2 
davriy profitsitiG=Ga- 

Download 340,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling