Mavzu: Auditorlik dalillar tushunchasi, turlari va dalillarga qo‘yiladigan talablar


Download 30.86 Kb.
bet1/3
Sana19.09.2023
Hajmi30.86 Kb.
#1680926
  1   2   3
Bog'liq
audit 8



Mavzu: Auditorlik dalillar tushunchasi, turlari va dalillarga qo‘yiladigan talablar
Reja:

  1. Auditning xalqaro standartlari

  2. Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi

  3. Auditorlik dalillari


1. Auditning xalqaro standartlari – AS (International Standarts of Auditing – ISAs)2 da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo‘lim ajratilgan. Ushbu bo‘lim 9 ta standartni o‘z ichiga oladi:
№ 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
№ 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang‘ich qoldiqlar» (Initial Engagements Opening Balances)
№ 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)
№ 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)
№ 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymatlar auditi (Audit of Accounting Estimates)
№ 550 – Bog‘liq tomonlar (Related Parties)
№ 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)
№ 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)
№ 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)
Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning yetarlilik darajasini va ularni to‘plashga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo‘yiladigan talablar AXS da belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida qo‘llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida yetarli auditorlik dalillarini to‘plashi lozim:

  • schyotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:


  • tahliliy amallar;


  • ichki nazorat vositalarini tekshirish;




Auditorlik dalillarni to‘plash uchun zarur bo‘lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko‘rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to‘plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo‘lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to‘g‘risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.
Axborot – xo‘jalik faoliyatidagi faktlar to‘g‘risidagi xabarlar to‘plamidir.
Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko‘rsatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subekt.
Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan huquqiy yoki jismoniy shaxslardir.
Тahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o‘z fikrini shakllantirishi.

Download 30.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling