Mavzu: Auditorlik dalillari


Download 1.96 Mb.
bet3/4
Sana15.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1272106
1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу Аудитнинг ахлок кодекси

Halollik
    • Professional buxgalter (auditor) professional va ish yuzasidan o’zaro munosabatlarda ochiq va to’g’ri harakat qilishi kerak.
    • Halollik bu ishni haqqoniy olib borish, to’g’rilik, shuningdek, betaraflik va fikrlarning ishonchliligi demakdir.
    • Halollik qoidasiga ko’ra professional buxgalter jamoaning ishonchini qozonishi va qo’llab-quvvatlashi, barcha professional majburiyatlarni halol va benuqson bajaririshi lozim. Halollik xarakterning xususiyatlaridan biri bo’lib, kasbni e’tirof etishning zaruriy shartlaridandir. Bu ommaning ishonchiga asoslangan fazilatdir.
    • jiddiy xatolar va chalg’ituvchi fikrlar
    • sovuqqonlik bilan tayyorlangan ma’lumotlar va fikrlar
    • kerakli ma’lumotlarni buzib ko’rsatish yoki tushirib qoldirish kabi hollarda hisobot, hujjatlar, axborotlar bilan ish olib bormaydi
    • Biroq, professional buxgalter, halollik qoidalarini buzmagan holda, berilgan ma’lumotlarga tuzatish kiritib, hisobotni taqdim etadi.
    • Xolislik
    • Professional buxgalter shaxsiy fikrlarga asoslanib ish yuritish, qiziqishlar konflikti yoki ma’muriyat faoliyati, davlat organlari va boshqa shaxslarning uning professional va ish yuzasidan fikrlari xolisligiga ta’sir ko’rsatmasliklariga yo’l qo’ymasligi kerak.
    • Professional buxgalterlar ko’plab turli vazifalarni bajaradilar. Ular moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini tuzish va tayyorlash bilan shug’ullanadilar, boshqarish va soliq maslahatlari bo’yicha xizmat ko’rsatadilar, ichki tekshiruvni amalga oshiradilar, iqtisodiy sub’ektni moliyaviy boshqarish bo’yicha vazifalarni bajaradilar, bilim olish va malakalarini oshirish jarayonida ishtirok etadilar. Taqdim etilayotgan xizmat turlari yoki egallab turgan lavozimlariga qaramasdan professional buxgalterlar o’z xizmatlarining yaxlitligi haqida g’amxo’rlik qilishlari va fikrlari xolisligini namoyon etishlari kerak.
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling