Muxim bo’lmagan (kichik) xatoliklarning auditor tomonidan tekshirilmasligiga sabablar:
Bu xatoliklar juda kichik va moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar qaroriga xar qanday vaziyatda xam jiddiy ta’sir etmaydi .
2. Kichik xatoliklarning sababini aniqlash va to’g’irlash uchun ko’p vaqt va mablag’ talab etiladi .
3. Bu xatolarning sababini aniqlsh va to’g’irlash uchun sarflangan vaqt natijasida moliyaviy hisobotlarni topshirish muddatlari o’tib ketishi mumkin.
Muximlikni belgilashdagi omillar.
Xatolikning mutlaq (absolyut) kattaligi.
Mutlaq xatolikning xajmi boshqa omillarning qanday bo’lishidan qat’iy nazar doimo muxim bo’ladi.
Xatolikning nisbiy kattaligi.
Bu baholash ehtimoliy xatolikning biror asos ko’rsatkichga nisbatan solishtirilishini va shuning asosida xatolikning muxim yoki muxim emasligini aniqlashni nazarda tutadi. Ammo, bu vaziyatda shu asos ko’rsatkichni belgilab olish murakkab masala xisoblanadi .
Moliyaviy hisobot elementining mohiyati.
Bu omil muximlikni belgilashda katta axamiyatga ega. Balans hisobotidagi likvid aktivlar (pul va pul ekvivalentlari) schyotlari bo’yicha xatolik boshqa uzoq muddatli aktivlar schyotlaridagi xatoliklarga nisbatan muxim xisoblanadi. Bunga sabab bu schyotlarning mutlaq yoki nisbiy kattaligida emas, balki bu schyotlarga nisbatan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish ehtimoli yuqoriligidadir.
Kumulyativ (yig’ilib boruvchi) ta’sir.
Auditor muxim bo’lmagan xatoliklarni e’tibordan chetda qoldirayotganda shuni inobatga olishi kerakki, bu axamiyatsiz xatoliklar yig’ilganda hosil bo’ladigan summa umumiy moliyaviy hisobotga nisbatan muxim (axamiyatli) bo’lishi mumkin.
Misol: balans hisobotining 100.000 so’mlik xatoga ega bo’lgan 10 ta elementini axamiyatsiz deb xisoblasak, keyin bu axamiyatsiz summalarni qo’shsak, 1.000.000 so’m hosil bo’ladi. Bu ko’rsatkich esa moliyaviy hisobotlarga nisbatan muxim bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |