Mavzu: auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy
-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari
Download 480.43 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY
23-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari
Vakolatli davlat organi sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish haqida yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Talabgorning malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun arizasini ko‘rib chiqish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiriladi. Talabgorlarga malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat berishni yoki sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish mazkur Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi. Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Malaka imtihoni topshirishiga ruxsat berilgan talabgorlar malaka imtihoni o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n ish kuni oldin yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlarga vakolatli davlat organining taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishi natijalari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi. Sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganda ariza taqdim etilgan sanadan to sertifikatning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha bo‘lgan vaqt davri auditor sifatidagi uzluksiz ish stajiga qo‘shiladi. Auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlash chog‘ida auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi bir oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davri uzilish deb qaralmaydi. Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ikki marta kelmagan bo‘lsa, taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi. Bunda sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. Download 480.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling