15-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika
jamoat birlashmalaridir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini
rivojlantirishga
va
saqlab turishga,
ularning
kasbiy manfaatlarini himoya
qilishga ko‘maklashishga da’vat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari:
malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasining Xalqaro
odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning
odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odobaxloq kodeksi deb
yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi; auditorlik faoliyati
to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi;
renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy
veb-saytlarida e’lon qiladi; auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining
reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi; zarurat bo‘lganda,
buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida
ishtirok etadi; har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi
to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
16-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
Auditorlik tashkilotlarining faoliyatiga aralashishga va auditorlik tashkilotiga,
shuningdek uning xodimlariga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3-bob. Auditor va uning yordamchisi, auditorning malaka sertifikati
Do'stlaringiz bilan baham: |