Mavzu: Avesto — Vatanimiz tarixini oʻrganishda muhim manba


Download 4.56 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi4.56 Kb.
#1725631
Bog'liq
Zardushtiylik. Ibrohimov Quvonchbek

Mavzu: Avesto — Vatanimiz tarixini oʻrganishda muhim manba.

  • Reja:
  • 1.Zardushtiylik dinining paydo boʻlishi. “Avesto” zardushtiylarning muqaddas kitobi.
  • 2. “Avest” Oʻrta Osiyo xalqlarining tarixini oʻrganishda muhim manba.
  • 3. Avestoda ijtimoiy tizim va siyosiy gʻoyalar.
  • 4. Dafn marosimlari.
  • Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
  • U 77 yoshida zardushtiylik e’tiqodi dushmanlari qoʻlida halok boʻlgan. Keyinroq Yevropada bu din targʻibotchisini zoroastr (yunonch”astron”–yulduz)deb atashgan. Chunki Yunonistonda uni alloma-munajjim tarzida ardoqlaganlar. Shu nomdan kelib chiqib uning talimotini zoroastrizm deb yuritganlar. Munajjim osmon yoritgichlarining joylanishiga qarab taqdirni aytib beruvchi olim.
  • Zardushtiylik yoyilgan davrda ibodatxonalar ham, oʻqib unga sigʻinadigan maxsus kitoblar ham boʻlmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda gulxan yonida ado etilgan.
  • Zardusht vafotidan bir necha asr oʻtgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirgan. Bu zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”edi. “Avesto”,soʻzi “qat’iy qonunlar” ma’nosini bildiradi.
  • Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida tarqoq qabilalarni bosqinchilarga qarshi birlashtirish zarurati tugʻildi. Zardusht oʻz ta’limotida qabilalarni birlashtirishga chorladi.

Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust,

Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotlchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan

yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud.

Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. Av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir.

Ingliz tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. Av.

1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht

Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan

ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.

  • Zartushtiylikni o’rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Bizlarga shuni ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O’zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko’p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o’rni beqiyosdir.

EʼTIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR

  • JDPU Tarix fakulteti 1-kurs Talabasi Ibrohimov Quvonchbek

Download 4.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling