Mavzu: “Avesto” tarixiy manba sifatida. Reja


Download 42.86 Kb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi42.86 Kb.
#1734338
  1   2
Bog'liq
“Avesto” tarixiy manba sifatida.


Mavzu: “Avesto” tarixiy manba sifatida.
Reja:

1) “Avesto” nima ?
2) “Avesto”- qadimgi tariximizni o`ranishda uning o`rni.
3) “Avesto”ning muqaddas yozuvi.
4) “Avesto”ning tarkibiy qismlari.
5) “Avesto”ning ta`lim - tarbiyaga oid fikrlari.

Kirish
«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.
Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (VaraxshaVaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:
  • Yasna («Diniy marosimlar»),


  • Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),


  • Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),


  • Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).


Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.


«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. A. hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) Zardusht dini ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida oʻz jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni oʻz ichiga oladi. A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar). Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999-yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000-yil 29-mart), "Avesto"ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-yilning oktabr oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbekistane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.
O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu ma-rosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir. Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuquro'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham O'rta Osiyoga taalluqlidir. «Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday deyiladi: «Men - Ahura Mazda - yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu Doityo (Amu) daryosi sohilidagi xushmanzara iyron Vij (hozirgi Xiva o'rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan ikkinchi sarzamin va go'zal yurt So'g'd diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin va go'zal yurt qudratli va рок Man/ diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan to"rtinchi sarzamin va go'zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go'za] yurt Balx va Marv oralig'idagi Nisoyadir».' Keltirilgan budalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz bo'lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta'limotining asoschisi, tarixga payg'ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya yetaklovchi» degan ma'noni bildiradi. Zardusht o'z dini zardushtiylik g'oyalarini aholi o'rtasida tashviq-targ'ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo'lgan. Shu boisdan ham, Zardusht Eronmi, Midiya, Mesopotamiyami yoxud O'rta Osiyo o'lkasi bo'ylabmi, ishqilib, ko'p yurtlar kezib, o'z ta'limotini yoyishga intilganligi shubhasiz. Bunda yana shu narsa e'tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha /oroastrizm) dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan, uni o'z fuqarolari orasida yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir. Buyak alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Zardusht Baqtriya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta'limotining muqaddasligini isbot yetish uchun xudoga iltijo qilib, o'z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so'raydi. Olovli mis uning tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so'ng esa butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e'tiqodini qabul qiladi. Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta'kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to'liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug'i bilan zardush-tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologcz I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to'plangan. Sosoniylar davrida (\U- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltiriSgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gotlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtiar», «Vispirad», «Kichik Avesto* nomli kitoblari yetib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilinib,2001- yilda nashr etildi.«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya'ni mil. av. so'nggi ming yillik boshiarida oMkamizning turli hududlarida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o'tib borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona singari viloyatlarida urug'-qabila-larning o'troqlashuvi, sun'iy sug'orish tizimiga asoslangan dehqon-chilik madariiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, chorvachilikning mustaqil xo'jalik Tarmog'i sifatida o'sib borayotganligi, qishloqlardan shahar-qal'alar, so'ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga kelishi yaqqol ko^zgatashlanmoqda edi. Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida turli urug'-qabila va elatlarni ma'nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg'or qarashlar, mushtaraklik tuyg'ularini, e'tiqod tamoyillarini singdirib borish g'oyatda muhim edi. «Avesto» ta'limoti bir tomondan, yerii qabila, elatlarni turli mahalliy ko'rinishdagi bid'at va xurofotlarta'siridan xalos bo'lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkam-lanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomil-lashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga, «Avesto»da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o'lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan.
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig'ilishi - v'yaxa deyilgan.
Manbaning turli ma'lumotlariga ko'ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to'quvchiiik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o'ziga xos tarzda rivojlangan. «Avesto»dagi bosh ma'buda - ezgulik, yorug'lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong'ulik, razolat timsoli - Ahriman o'rtasidagi doimiy murosasiz kurash g'oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunmi tashkil qiladi. Zardusht payg'ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga yetkazishga da'vat etkuvchidir. Zero, Zardusht har bir masalada fikr yuritganda, Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o'rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug'laymiz, u chorvani, suvni va o'simlikni, yorug'likni va yerni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg'ash, olovga tupirish eng og'ir gunoh sanaladi. «Avesto» awalgi dinlarda rasm bo'lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat'iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta'kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo'lib, u insonning baxt-u saodati ramzi sifatida ulug'langan. Shu bois, ajdodlarimizning ko'plab toLy-tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, lining atrofida keng davra qurish bilan bog'liq holda o'tkazilgan. Bu odatlarning ba'zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, ahoii manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo'lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to'la bo'lgan. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, doimiy farog'atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emasn balki insoniar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo'ladi. Bu maqsad, marraga yetish uchun esa odamlar juda ko'p murakkab va jiddiy sinovlardan o'tishlari lozimdir. Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o'tmishdoshla-rimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta'lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o'rganishimizda muhim dasturilamal manba bo'lib xizmat qiladi. Linda umumbashariy g'oyalarning chuqur aks etganligi sababli, bu asar keng hududlar bo'ylab yoyilib, Sharq-u G'arbda e'tirof etilib, turli xalqlarning ma'naviy yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta'limot g'oyalari o'z ta'sirchan ahamiyatini ko'rsatib, asl ma'naviyatimiz sarchashmala-ridan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.


Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g’oya diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg’ambar nomi bilan bog’langan.


U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o’tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og’zaki ko’chirib olingan, uning ko’p qismi yo’qolgan, ettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to’plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo’lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko’plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma’lum. vesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g’oyat katta bo’lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O’rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo’qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o’rin olgan. Hokim va zolimlar ulug’langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo’qolib ketgan u yakka hudolikni targ’ib etgan, olovga sig’inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan. vesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo’badlar mag’lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar.
Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to’plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. Avestoning ana shu to’ldirilgan nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi Hindisonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Xorazm-Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qo’shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi. Shundan so’ng bu ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.



Download 42.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling