Mavzu: Avesto—tarixiy manba sifatida Reja: Zardushtiylik dini haqida
Download 38.42 Kb.
|
Avesto—tarixiy manba sifatida
Mavzu: Avesto—tarixiy manba sifatida Reja: Zardushtiylik dini haqida; Avesto—muqaddas manba; Avestoda ajdodlarimizning davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari ZARDUSHTIYLIK.Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra “boqiy yulduz” va “chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan”) ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura–Mazda (yunoncha, Ormuzd –“Donishmandlik sohibi”) tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil.avv. 1500–1200 yillar orasida yashagan.Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Kishtosib Lafrost ismli podshoh davrida boshlagan.Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan“fasli” kalendaridan foydalanab kelayotganlarini dalil qilib ko‘rasatadi.Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud. Jumladan, ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, “Avesto”ning sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi Eron hududi) deb hisoblasalar, ko‘pchilik tarixchilar esa “Avesto”da Xorazm Zardushtning vatani, Axura–Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof etadilar. Zardushtiylikning muqaddas manbasi “Avesto” (“Apastak”, “Ovisto”, “Ovusto”, “Abisto”, “Avasto” –“joriy qilingan qat’iy qoidalar”) sanskrit tiliga yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning “Gat”lar nomli qismi Zardusht qalamiga mansub deb hisoblanadi. Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad.qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan.Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51—78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan.A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sabab-li dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — "Kichik A." (Xurdak A.) yara-tilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar ja-moasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr et-gan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jild-dan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi.A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning , ikki ibtidoning , ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning , yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashi-dan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudo-si Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomon-lik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurasha-di, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.Yaxshilik-ni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomon-likni ifodalovchi kuchlar yer ostida joy-lashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuch-ning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning , axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 y. utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tirila-di. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylar-ning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A.o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrda-gi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvur-lari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodla-rimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Ka-rimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39—40-betlar).O‘zbekiston hukumatining tashabbu-si bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 y. noyab.). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 y. 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlari-ni belgiladi. Unga ko‘ra 2001 y.ning okt. oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirla-ri o‘tkaziladi. «Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» toʻrt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»), Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»), Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi.Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqida F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g’oya diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg’ambar nomi bilan bog’langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o’tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og’zaki ko’chirib olingan, uning ko’p qismi yo’qolgan, ettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to’plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo’lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko’plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g’oyat katta bo’lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O’rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo’qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan.U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan.Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o’rin olgan. Hokim va zolimlar ulug’langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo’qolib ketgan u yakka hudolikni targ’ib etgan, olovga sig’inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi.Shuning uchun o’sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos.U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo’badlar mag’lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil.II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to’plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so’ng bu asosiy matn to’ldirib borilgan. Avestoning ana shu to’ldirilgan nusxasining ikki to’liq qo’lyozmasi Hindisonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo’lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug’ilgan va o’z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko’p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog’lari bor, yaylov va suvlari bilan go’zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo’l, chuqur ko’llari, keng qirg’oqli va kema yurar daryolari o’z to’lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so’g’dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg’oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O’rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg’oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo’nalishi deb – Xorazm-Marg’iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo’shni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar.Natijada qo’shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g’alaba qozonadi.Shundan so’ng bu ta’limot xalqlar o’rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko’ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o’n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. Avestoning tarkibiy qismlari.Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to’plam. Avestoning saqlanib qolgan to’rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi.Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo’lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani to’g’risida bo’lib, ular orasida Xorazm, So’g’d, Marg’iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o’lim, azob-uqubatlar bo’lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o’rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e’tiborli bo’limi sanaladi.Yasna – yaz o’zagidan bo’lib, «sajda, topinch, namoz» ma’nolarini ifodalaydi.Yasna 72 bobdan iborat bo’lgan.Boblari ha, haitiy deb atalgan.Har bir ha zarur o’rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o’qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar.Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o’zi ijod qilgan targ’ibot she’rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo’lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan.Bu etti ha Haptanxati Yasna – «Etti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo’lib, zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod qilish, dinning esa «otashparaslik» deb atalishi shunga bog’liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning erdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o’z ifodasini topgan.Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg’onni rosdan ajratib bergan. Yolg’on esa chin e’tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so’zi fonetik o’zgarib, dastlab atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda.Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma’budlar sha’niga o’qilgan duolar va ibodat ustida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig’indisi ham deyishadi.Ayni paytda u Yasnaga qo’shimcha hisoblanadi.To’rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi.U Avestoning eng qadimiy qatlami bo’lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha etib kelmagan kitoblaridan ba’zi qismlari uning yig’ma parchalar to’plami «Xo’rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatastan kitobidan mo’badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos ma’lumotlarga oid qismlari, Nirangastan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir.Unda Avestoning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar savobli ishlar yo’riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutish; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.Zartushtiylikni o’rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti.Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O’zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko’p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o’rni beqiyosdir. Avesto” so’zining o’zagi “sto” bo’lib, “o’rnatilgan, muqarrar qilingan qonun – qoidalar, hayotning asosiy yo’riqnomasi demakdir. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, otashparas ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, ma’naviy dunyosi haqida ma’lumot beradigan eng ishonchli tarixiy manbadir.Zardushtiylik degan nom dinga nisbatan shartli ravishda o’rta hol dinni uning payg’yambari (Zaratushtra) bilan atashdir. Aslida mazkur din Mazda Yasna deb atalgan, ya’ni “Mutlaq oqil zotga” sig’inish degan ma’noni anglatgan. ushbu kitob millod. avval. VII – VI asrlarga hozirgi O’zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan.Uning yaxlit kitob sifatida dunyo yuzini ko’rganiga 2700 bo’lgan. “Avesto” kitobi Zaratushtra va Axura Mazdaning savol javoblaridan. Kitob 21 qismdan iborat bo’lgan Zamonlar osha ulardan faqat to’rt qismi hozirgacha yetib kelgan. Bular: “Videvdot”, “Yasna”, “Visparat”, “Yasht” qismlari. Turli qismlardan olingan kundalik e’tiqod marosimlari uchun eng zarur duolar to’plami – “Xurdak Avesto” (“Kichik Avesto”) kitobi ham mavjud.Unda “Avesto”ning asosiy qismida saqlanmagan matnlarning parchalari ham bor. Yetib kelgan qismlar orasida “Videvdot” qismi 22 bobdan iborat. Qolgan 3 qismning bir qator bob va bandlari saqlanmagan. “Yasht” qismi “Avesto” kitobining Xudo Axura Mazda va uning o’zi yolg’iz yaratuvchi zot sifatida paydo qilgan ma’bud va ma’budalar sha’niga o’qilgan duo va alqov she’rlardan tashkil topgan. “Yasht”ning o’zi 22 bobdan iborat bo’lgan, shulardan bizgacha 10 bobi yetib kelgan. Tarixchi mas’udiyning yozishicha, eronpodshosi Doro ibn Doro xazinasida “Avesto” ning 12 ming oshlangan mol terisiga tilla suvida yozilgan 32 kitobdan iborat nusxasi bo’lgan. Aleksandr Makedonskiy (mill. avv. 334 – 329) Markaziy Osiyoni zabt etgan davrda “Avesto” ning bir qancha bo’limlarini yondirib yubortirgan. Uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir bo’limlari yunon tiliga tarjima qilingan. XVII asrlarda “Avesto” Yevropa sharqshunos olimlari tomonidan o’rganila boshladi. Oksford universiteti professor Tomas Gand 1700 yilda nashr ettirgan “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarida “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Fransuz sharqshunosi A. Dyuperron 1771 yilda “Avesto”ni fransuz tilidagi tarjimasininashr qiladi. Rus olimi A. O. Маkаvеl’skiy“Avesto” ustida tadqiqotlar olib boradi, 1960 yilda “Avesto”ni ilmiy o’rganish tarixi” monografiyasini nashr ettiradi.“Avesto” kitobi mamlakatimizda mustaqillikdan keyin jiddiy o’rganila boshlandi. O’zR Vazirlar mahkamasi ushbu noyob kitobning xalqimiz va millliy davlatchiligimiz tarixidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda, “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to’g’risida 2000 yil 29 mayda 110 sonli qaror qabul qildi. Va bu 2011 yilda keng nishonlandi. O’zbek xalqi milliy g’oya tamoyillari bilan yo’g’rilgan ma’naviyati qadimgi davri zardushtiylik ta’limoti negizida rivojlanadi.Mazkur ta’limotning muqaddas kitobi “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalar mohiyatan milliy g’oyamizning dastlabki bosqichidagi mazmuni, tamoyillari o’z ifodasini topgan. “Avesto” kitobida Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davridagi moddiy va ma’naviy hayoti, diniy qarashlari, dastlabki dunyo va unda o’zining o’rni haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek qadimgi ajdodlarimizning orzu-istaklari, maqsad va muddaolari ham kitobning asosiy mazmunini tashkil etadi. “Avesto” (“Hayot yo’riqnomasi”) zardushtiylik (otashparastlik) dinining muqaddas kitobidir.Mazkur din mil.avv. XIII-XII asrlarda Markaziy Osiyoda, Amudaryo sohillarida va Marg’iyonada vujudga kelgan yakkaxudolikni targ’ib etgan dindir. “Avesto” bizga eng keyingi rasmiylashtirilgan variantda (340 jildi) ma’lum. Bu davrga kelib undagi ba’zi totemistik va ko’pxudochilik unsurlari boshqacharoq talqin qilinganini va ya’ni ezgulik hudosi- Axuramazda va yovuzlik hudosi Ahriman boshqa hudolar qavmiga kiritilganini ko’ramiz. Zardushtiylikkacha ushbu mintaqada ko’pxudolikka e’tiqod qilish mavjud bo’lganki, bu turli qabilalar o’rtasidagi nizo, qarama-qarshiliklar va buning negizida o’zaro to’qnashuv, urushlar tez-tez sodir bo’lib turgan. Shunga ko’ra bu davrda qabila, elatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, hamjihatlik aloqalarini o’rnatish, barqaror tinchlikka erishish hayotiy ehtiyojga aylangan edi.Mazkur ehtiyojni jumladan ko’p anglab yetgan zardusht bo’ladi. U doimiy bir-biridan xavfsirab yashaydigan urug’-elat, qabilalarni o’zaro birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning asosiy yo’li-bu yakkaxudolikka o’tish ekanligini chuqur anglab yetadi va o’z umrini ana shu g’oyat qiyin ishni ro’yobga chiqarishga bag’ishlaydi va buning uddasidan chiqadi. Manbalarda qayd etilishicha, u ana shu maqsad yo’lida qurbon bo’ladi.Zardushtiylik Markaziy Osiyodan keyinchalik yakkaxudolik dini sifatida boshqa mamlakatlarga, Hindiston, Janubi-G’arbiy Osiyo, xususan Eron, Ozarbayjon, Armanistonga tarqaladi. Taniqli o’zbek olimasi Fozila Sulaymonova zardushtiylikning, shuningdek, Yunonistonda, kichik Osiyo va Ioniya ham keng tarqalganligini ta’kidlaydi va o’zining fikrini yetarli dalillar bilan asoslab beradi. Olimaning ta’kidlashicha, eradan avvalgi VI asrga kelib yunonlar eroniylar bilan yaqindan aloqada bo’la boshlagach, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari dini, Zardusht ta’limoti ioniyalik donishmandlarga o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan zardushtiylik dini va uning tarixini jiddiy o’rgangan hamda to’rt tomlik tadqiqot yaratgan ingliz olimasi Meri Boysning aytishicha, “ta’sir faqat bir tomonlama, zardushtiylik tomonidan bo’lgan”. (Fozila Sulaymoova Sharq va G’arb. T., “O’zbekiston”, 1997, 23-bet).Mazkur din, shuningdek, uzoq tarixiy davr mobaynida o’z mavqeyini yo’qotmasdan yashab keladi. Ya’ni eramizdan oldingi VIII asrdan, to Islom dinining Markaziy Osiyo va Janubiy-G’arbiy Osiyo mamlakatlariga kirib kelguncha (eramizdan keyin VIII asr) bo’lgan davrgacha hukmron din mavqeini saqlab keladi. Hindistonning ba’zi hududlarida yashaydigan elatlar hozir ham ana shu dinga e’tiqod qiladilar. Bu o’rinda o’z-o’zidan mantiqiy savol tug’iladi: “Zardushtiylikning ko’plab mamlakatlarga yoyilishi, u yerdagi xalqlarning e’tiqodiga aylanishi va asrlar davomida o’zining mavqeyini yo’qotmasdan yashab kelganligining sababi nimada?” Bu uning asosiy sababi shundaki, zardushtiylikda barcha davrlarda inchinun hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va hamisha dolzarb bo’lib kelgan ezgulik, yovuzlikni barham toptirish g’oyasi, ma’naviyat ideali ilgari suriladi va g’oya ayni paytda mafkura vazifasini o’taydi. Dunyo olimlarida shuning uchun ham zardushtiylik, uning g’oyalarini o’zida aks ettirgan “Avesto” kitobi katta qiziqish uyg’otgan, va uni o’rganishga kirishadilar. Bu o’rinda akademik S.F. Olberburgning fikrini keltirish mumkin.“Zardushtiylik, -deb yozadi olim,-insonning yer yuzidagi hayotini yengillashtirishga, uni bahtiyor qilishga qaratilgan eng oqilona din”.(Istiboh F.Boynazarovning “O’rta Osiyoning antik davri” nomli kitobi bo’yicha keltiriladi, 202-bet). (“O’qituvchi” 1991). G’arb sharqshunos olimlari XVIII asrlardan boshlab ushbu din, uning muqaddas kitobini o’rganishga kirishadilar. Oksfordlik professor 1700-yilda “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarini nashr ettiradi va bu din haqida qimmatli ma’lumotlarni bayon etadi. Fransiyalik sharqshunos A.Dyuperon 1771- yilda “Avesto”ni tarjimasini nashr qildiradi. Riga universitetining professori Klenker 1778-yolda “Avesto”ni va Dyuperonning u haqda yozgan asarlarini nemis tiliga tarjima qilib, nashr ettiradi. Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) — zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad. qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51—78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan.A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sabab-li dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — "Kichik A." (Xurdak A.) yara-tilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar ja-moasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr et-gan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jild-dan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi.A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning , ikki ibtidoning , ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning , yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashi-dan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudo-si Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomon-lik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurasha-di, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik-ni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomon-likni ifodalovchi kuchlar yer ostida joy-lashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuch-ning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning , axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 y. utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tirila-di. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylar-ning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrda-gi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvur-lari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodla-rimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Ka-rimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39—40-betlar).O‘zbekiston hukumatining tashabbu-si bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 y. noyab.). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 y. 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlari-ni belgiladi. Unga ko‘ra 2001 y.ning okt. oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirla-ri o‘tkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbeki-stane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Ave-sta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.[1] «Avesto» — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan. «Avesto» toʻrt qismdan iborat: Yasna («Diniy marosimlar»), Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»), Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g’oya diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg’ambar nomi bilan bog’langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat – noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma’lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o’tgan davrda yuzaga kelib, avloddan-avlodga og’zaki ko’chirib olingan, uning ko’p qismi yo’qolgan, ettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to’plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V-asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo’lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav V hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko’plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma’lum. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g’oyat katta bo’lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). VII asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O’rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo’qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy- falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-odatlar katta o’rin olgan. Hokim va zolimlar ulug’langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo’qolib ketgan u yakka hudolikni targ’ib etgan, olovga sig’inmaslik, faqat uni asrash va e’zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Avesto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo’laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo’laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig’ila boshlangan. Bular Zardushtning o’limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to’liq holda etib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo’qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o’ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo’lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko’ra, haqiqatan ham Avestoni mo’badlar avloddan-avlodga, og’izdan-og’izga olib o’tib, asrlar osha saqlaganlar. Download 38.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling