Reja: Tarbiya usullari va shakillari


Download 29.13 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi29.13 Kb.
#1428002
  1   2
Bog'liq
Tarbiya usullari va shakillari. Tarbiya texnalogiyalari.


Tarbiya usullari va shakillari. Tarbiya texnalogiyalari.


Reja:

1.Tarbiya usullari va shakillari.


2.Tarbiya texnalogiyalari
3.Tarbiya metodlari.

Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy madaniy merosini avaylab-asrash va keyingi avlodga yetkazish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, har qandayjamiyatning kelajagi yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog’liq. Qadriyatlar turli-tuman bo’lib, bular ichida „eng oliy qadriyat — inson“ hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari o’ziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi. Jamiyatda milliy qadriyatlarni o’z qalbida mustahkam saqlash, atrof-muhit, tabiat va hayotni go’zal, farovon qilish, demokratiya asoslari hamda jamiyatda amal qilayotgan progressiv g’oyalar buyuk qadriyat hisoblanadi. Inson qadriyati uning dastavval o’z-o’ziga va shu jamiyatga bo’lgan hurmati hamda munosabati, xulq-atvori bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu insonga o’z xulq-atvorini tartibga solishi, o’ziga nisbatan talabchanlik va nazoratni kuchaytirishga imkon beradi. Insonning shaxsiy qadrqimmati milliy qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy xususiyatlardan bo’lib, uni yuksaklikka olib boruvchi oliyjanob bir kuchdir. SHu jihatdan qadriyatlar insonning ijtimoiy erkinligini va ma’naviy pokligini ta’minlovchi bir buyuk manbadir. Bir so’z bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar va targ’ib qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. SHu ma’noda o’sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat bo’lib, ular kishilarning jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga soladi.


Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. O‘quvchining jamiyatga bo‘lgan munosabatida milliy birlik, birdamlik va hamkorlik tuyg‘ulari, turli xalqlarga bo‘lgan hurmat kabilar yaqqol namoyon bo‘lishi zarur. O‘zbekiston mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni o‘qish, izlanish va mehnatdan qochmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga ko‘ra bugungi jamiyatimizda yashayotgan har bir yosh kelgusida shu o‘lkaning haqiqiy egasi bo‘lib yetishishi, uning gullab-yashnashi haqida qayg‘urishi, erishgan yutuqlarini mustahkamlashi lozim. Diyorimizda mustakqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub o‘zgarishlar vujudga keldi. Milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odobaxloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. O‘lkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik ishlari aql-idrok, sabrqanoat bilan, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizni hisobga olgan holda qadam-baqadam amalga oshirilmoqda.
An’ana —bu o‘ziga xos ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida o‘z o‘rnini topgan, avloddan-avlodga o‘tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir.
Odat („urf-odat“)—kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan:
—kichiklarning kattalarga salom berishi;
—erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish;
—mehmonlarga alohida hurmatda bo‘lish;
—bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish;
— yordam lozim bo‘lganlarnikiga hasharga borish kabilar o‘zbek xalqining yaxshi odatlari hisoblangan.
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos bo‘lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni:
kishilar turmushi;
— mehnati;
— xulq-atvori;
—muloqoti;
—oilaviy munosabatlarda ko‘proq mavjud bo‘ladi.
Marosim — an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib, inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik, tantanavor vaziyatda o‘tadigan o‘zining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo‘lgan hayotiy tadbir. Masalan:
—ism qo‘yish marosimi;
—nikohdan o‘tish marosimi;
— xotirlash marosimi;
— urug‘ qadash marosimi;
—o‘rimga kirish marosimi va boshqalar.
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin bo‘lsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo‘lganda vujudga keladi.

Download 29.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling