Mavzu: Avstrya Imperyasida milliy masala


Gabsburglar davrida Avstriya imperiyasi tarkibidagi hududlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 99.56 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi99.56 Kb.
#1618115
1   2   3   4   5   6
1.2.Gabsburglar davrida Avstriya imperiyasi tarkibidagi hududlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti

XVII asr 2-yarmida Gabsburglar bilan boshqa nemis knyazlari o`rtasidagi kurash butunlay to`xtamagan edi. Yana boshlanib ketgan Turkiya agressiyasiga zarba berish va agressiv Fransiyaga qarshi kurashish uchun barcha german hokimlarining manfaatlari yo`lida kuchli Gabsburglar davlati barpo qilish zarur edi. "Imperatorlar" butun Germaniya ishlariga kam aralashib, o`zlarining merosiy o`lkalari ichida o`z hokimiyatlarini mustahkamlash ishi bilan avvalgi vaqtlarda qaraganda ko`proq shu g‘ullandilar. Chunki sinfiy ziddiyatlarning keskinlashib borayotganligi dehqonlar harakatining avj olib ketayotganligi bunga majbur qildi.


Sanoatning rivoji bilan Gabsburglar barcha merosiy o`lkalardagi magnatlarni sekin bo`ysundira bordilar. Lekin Gabsburglarning asosiy siyosiy tayanchi o`rta va mayda dvoryanlar edi. Bu hollarning hammasi va shu bilan birgalikda markaziy byurokratik jamiyat apparatining mustahkamlanishi Gabsburglar davlatining absolyut monarxiyaga aylanayotganligini bildirar edi.
Mahalliy "darajalar" yig‘ilishlariga seymlar yoki lontaglarga kelganda shuni aytish kerakki ular o`z ahamiyatini, toifalarining vakolatli muassasalari sifatida ish olib borish ahamiyatini asta-sekin yo`qotib, juda tor huquq doirasiga ega bo`lgan zemstvo yi g‘ilishlariga aylana bordi. Ular o`z oldilariga saroy tomonidan qo`yilgan talablarga XVII asrdayoq majbur etilar edi. 1711-yilda Rakotsi qo`zg‘oloni ma g‘lubiyatga uchragandan so`ng ilgarigi vaqtlarda bir qadar mustaqil bo`lib kelgan, Vengriya seymi ham og‘ir ahvolga tushib qoldi. Gabsburglar hokimiyatining dehqonlarga qarshi kurashda mustahkam tayanch deb bilib, bu hokimiyatga umuman taslim bo`ldi. Bu qo’zg‘olonlar vaqtida pomeshchiklarning qasrlariga o`t qo`yilar, pomeshchiklar va ularning yer suvlarini boshqaruvchi ishboshchilar o`ldirilardi.3
Dehqonlar barshchina o`tashdan, natura majburiyatlarini to`lashdan bosh tortar edilar. Davlat manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan mulohazalar ham dehqonlar reformasini o`tkazishga majbur etgan jiddiy bir sabab bo`ldi. Feodallar tomonidan solinayotgan haddan tashqari ko`p majburiyatlar dehqon xo`jaligini tushkunlikka olib kelgan edi. Dehqonlar davlat soliqlarini to`lay olmas hamda rekrutlarni yaxshi yetkazib bera olmas edilar. XVIII asr boshlarida hukumat bir necha bor farmon chiqarib, bu farmonlarga pomeshchiklarning dehqonlarga nisbatan beboshligini cheklashga urindi, biroq farmonlar qog‘ozdagina qolib, mutlaqo amalga oshmadi. Mamlakatning yetti yillik og‘ir urush natijasida vayron bo`lishi, dehqonlar masalasini juda ham keskinlashtirib yubordi.
Avstriyaning bir qancha rayonlarida dehqonlar qo`zg‘olonlari ko`tarildi. Hukumat qo`zg‘olonlarni bostirish uchun qo`shin yubordi. Dehqonlarning rahbarlarini qatl etdi. Biroq jazo choralar ko`rish yetarli yordam bermadi. Hukumat reforma o`tkazishga majbur bo`ldi. 1767-yilda Avstriya, Sileziyada, 1775-yil esa Chexiyada va Moraviyada qo`zg‘olonlar ko`tarildi. 1771-yil va 1775-yil 18-avgust farmonlarining chiqishiga ana shu qo’zg‘olonlar sabab bo`ldi, bu farmonlarda dehqonlar tomonidan barshchina to`lanadigan obroklarning me`yori belgilandi. Barshchina 10 soat bo`lishi bilan haftada 3 kun o`tiladigan bo`ldi.
Pomeshchiklarning vodchina sudi hamda ularning dehqonlarga qarshi yer-suvga egalik qilish huquqlari cheklab qo`yildi, imperatorning yer mulklaridagi krepostnoy huquq bekor qilindi. Mariya Tereziya chiqargan qonunlar qishloq xo`jaligidagi mavjud tartiblar negizini o`zgartirmadi. Yerga egalik formalariga krepostnoylikka, butun agrar munosabatlarga dahl qilmadi, Dehqonlar biriktirilganicha qolaverdi, barshchina ham dehqonlar majburiyati bo`lib qolaverdi. Iosif II dehqonlar masalasini yumshatish tadbirini olg‘a surdi.
1781-yil 1-noyabrida Chexiyada, Moraviyada va Avstriya monarxiyasining boshqa o`lkalarda krepostnoy tutqunlikni yo`qotish to` g‘risida yorliq chiqardi. Bu yorliqda dehqonlarning krepostnoy tutqunligi bekor qilinib, bu tutqunlik o`rniga yangi fuqaro munosabatlari o`rnatildi, bunday munosabatlar Avstriyaning bir qismida qadimdan hukm surib kelar edi. Fuqarolar shundan so`ng ham pomeshchiklarga itoat qilish kerak bo`lsa-da, lekin shaxsiy erkinlikka chiqdilar. Dehqonlar endi o`z xohishlaricha uylana olar edilar, ular pomeshchiklarning yer suvlarini o`z ixtiyorlari bilan tashlab ketish huquqiga ega bo`lib, o`zlari xohlagan kasb va hunarni o`rganishlari mumkin edi. Fuqarolar xo`jayinning hovli ishini bajarish majburiyatidan ozod qilingan edi. Biroq dehqonlar o`z chek yerlari uchun yer egalari foydasiga barshchina va boshqa xil majburiyatlarni o`tashlari lozim edi, Dehqonlarning yer uchastkalari uchun pomeshchiklar bilan fuqarolarning ixtiyoriy kelishuvi asosida haq to`lanadigan bo`ldi.
Dehqonlarning uchastkalari uchun haq olish keng yoyildi. 1783-1789-yillarda hukumat dehqonlar o`taydigan majburiyatlarni birlashgan yer solig‘i joriy qilish va yangidan yer ro`yxati tuzish yo`li bilan tartibga solishga urindi. Hamma majburiyatlar pulga chaqib undiriladigan bo`ldi. Yangi daromadning 70%i dehqonda qoldirilib, 12%i davlat soli g‘i uchun, qolgan 18%i yer egasiga pomeshchikka to`lanardi. Iosif II qo`shimcha mahsulotni ko`paytirmoqchi va hukmron sinfni agrar inqilob xavfidan saqlamoqchi bo`lgan edi. 4
Dvoryanlar namoyondalaridan birining bildirgan noroziligiga javoban Iosif II: "Dehqonlar bizga hech narsa bermay qo`yadigan vaqt kelishini kutib o`tirmay, ularga ayrim yengilliklar berganimiz yaxshi bo`lmasmikin" degan edi. Iosif II o`lgach (1790). 1789-yilda Fransiyada bo`lib o`tgan inqilobdan so`ng, reaksion dvoryanlar Iosif II o`tkazgan hamma reformalarning bekor qilinishigaerishdi desak bo`ladi. Absolyutizmning siyosiy tuzumi har qanday reformaga dushmanlik ko`zi bilan qaradi. Avstriya absolyutizmning hamma o`lka va viloyatlarning nemis dvoryanlari va bryurokratiyasiga batamom bo`ysundirish yo`lidagi urinishlariga monarxiyaning ayrim qismlari qarshilik ko`rsatdi.
Vengriya feodallari, dehqon va kon ishchilari harakatini bostirib, shaharlarni siyosiy jihatdan cheklanishga majbur etdi va o`zaro urushlar olib borish qirolning markaziy kuchlarini zaiflashtirib qo`ydi. Turklarga qarshi olib borilgan urushda venger qo`shinlari 1526-yilda Moxach yonida qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Sal vaqt o`tmay, Vengriya uch qismga bo`lib tashlandi. Vengriyaning markaziy qismini ya`ni aholisi vengerlar, xorvatlar, serblardan iborat bo`lgan katta qismini turklar bosib oldi, aholisi vengerlar va slovaklardan iborat bo`lgan g‘arbiy va Shimoliy qismi Gabsburglar asoratiga tushdi, aholisi valaxlardan iborat bo`lgan sharqiy va janubiy sharqiy qismlari Turkiya sultoniga tobe bo`ldi va Transilvaniya knyazligi deb e`lon qilindi. XVII asrda Yevropada bo`lib o`tgan 30 yillik urush davrida Vengriya o`z mustaqilligini yo`qotgan, 3 qismga bo`lingan holda Gabsburglar sostaviga kirdi. Reformatsiya va cherkov yerlarini musodara qilinishi venger feodallari uchun juda qo`l keldi.5
Gabsburglar xonadoni ko`p o`tmay, reformatsiyaga qarshi kurash boshladi. U avval Avstriya chegarasiga yaqin joylardagi komitetlarga hujum qildi. So`ngra kurash butun mamlakat ichida avj olib ketdi. Venger feodallari va dvoryanlarning ko`pchilik qismi, ya`ni o`zlari shafqatsizlik bilan ezayotgan krepostnoy dehqonlardan doimiy xavfsirab feodal va dvoryanlar murosaga kelish yo`liga kirdi. Katolik ruhoniylaridan tortib olingan yerlarning bir qismi egalariga qaytarib berildi. Reformatsiyaga qarshi olib borilgan kurash venger dvoryanlarning anchasini krepostnoy dehqonlarni Gabsburglar boshchiligidagi katoliklar cherkoviga qaytardi. XVII asrdayoq venger feodallarining katta qismi, ezilgan xalq ommasidan qo`rqishi sababli, Venani o`ziga tayanch deb bilib, Avstriyaning itoatgo`y malaylariga aylandilar.
Venger katoliklari Avstriya imperatori bilan til biriktirish yo`lini tutdilar. Venger katolik Yepiskopi Suxan o`sha zamonda o`tgan kishilardan birining e`tiroficha, soxta hujjatlar yasadi, aldash mumkin bo`lgan kishilarning hammasini aldadi, qurol kuchi bilan g‘ayri qonuniy soliqlar yig‘di va yol g‘iz o`zi shuncha gunoh qildiki, buni so`z bilan ifodalash qiyin4. Transilvaniyaning protestant hukmdorlari, Gabor Betlen (1580-1629)o`z o`lkalarining mustaqilligi uchun muvaffaqiyatli kurash olib bordilar, vengerlarning butun Vengriyani ozod qilishga qaratilgan milliy harakatini vujudga keltira olmay, ma g‘lubiyatga uchradilar, chunki ular o`z kurashlarida keng xalq ommasiga tayanmadilar. Protestantlar Transilvaniyasi katoliklar g‘arbiy Vengriyasidan farq qilsa-da, lekin dehqonlarni ezishda Transilvaniya pomeshchiklaridan aslo qolishmas edi. Protestant Cherei (1625-1659) Transilvaniya oliy maktabida o`qish-o`qitish ishlarining venger tilida olib borilishiga erishmoqchi bo`lib: " G‘aflatda yotgan, jaholat bosgan mojar, g‘aflat uyqusi6dan uy g‘onish vaqting keldi" deganida, uni bid’atchi deb surgun qildilar.
Vengr pomeshchiklari uchun krepostnoy qaysi millatdan bo`lmasin ruminmi, xorvatmi, slovakmi, ukrainmi va vengermi mutlaqo baribir edi. Ular bu krepostnoylarni birday ekspluatatsiya qilaverar va "itoatsizlik qilgani" uchun jazolayverar edilar, Gabsburglar o`zlarining Vengriyadagi o`lkalariga yangi soliqlar soldi. Bu soliqlarni yi g‘ish uchun mas`ul bo`lgan venger dvoryanlari u soliqlarning butun og‘irligini dehqonlar ustiga qo`yishga harakat qildi. Qashshoqlikka solingan krepostnoy dehqonlar qirol soliqlarini to`lash bilan bir vaqtda pomeshchik foydasiga ado etiladigan majburiyatlarni o`tay olmas edilar. Venger dehqonlari oxirgi chorak g‘allalarini berishga majbur bo`lganliklaridan o`zlari och qolar edilar. Gabsburglar soliqlar yi g‘ish uchun Vengriyaga joylashtirilgan Avstriya qo`shinlariga tayanib, dehqonlarning bor-budlarini soliqqa olardi.
Sobiq Vengriya qirolligining deyarli hamma territoriyasini Gabsburglar monarxiyasi sostaviga qo`shib olish ishi ana Shunday vaziyatda, Avstriya bilan Turkiya o`rtasidagi qir g‘in soluvchi urushlar jarayonida, XVII asr oxirlarida tugallandi. Imperator tomonidan bosib olingan territoriyada vengr magnatlari chegaralaridagi qal`alarini qo`riqlash ishlarini 1618-yildayoq avstraliyaliklarga topshirgan edi. 1683-yil Avstriya va Turkiya o`rtasida urush chiqdi. 1686-yil Avstriya qo`shinlari Buda qal`asini turklar asoratidan ozod qildi. Turklar Vengriyadan asta-sekin chiqarila boshlandi, 1699-yildan e`tiboran butun Vengriya Gabsburglar qo`l ostiga o`tdi. 1687-yil gabsburglar qo`shinlari turklarni Transilvaniyadan surib chiqardi, Transilvaniya avval vassal mamlakat deb e`lon etildi, Transilvaniyada batamom Gabsburglar hokimiyati o`rnatildi. Transilvaniya pomeshchiklar yangi sharoitda o`zlarining feodallik imtiyozlarini saqlab qolib, rumin va venger dehqonlarini ezishni davom ettirdilar. Imperator tarafdori, Vengriya noibi Pal Esterxazi bu vaqtda Avstriya malaylari to` g‘risida quyidagilarni yozgan edi: "Ular aholidan shu qadar ko`p ozuqa tortib olayaptiki mamlakatda ochlik boshlanmoqda va xalq o`zining bolalarini, xotinlarini, yosh qizlarni ajnabiylarga sotishga majbur bo`lmoqda.
Ko`p kishilar o`z oilalarini, o`zlarini ham o`ldirmoqda. Minglab kishilar o`rmonlarda bekinib jon saqlamoqda». Gabsburglarning harbiy qismlarini Vengriya qirolligi yerlariga joylashtirish sistemasi dehqonlarning ahvoliga juda o g‘ir ta`sirini ko`rsatib o`tish lozim. Gabsburglar bu sistemani 1671-yilda joriy etdilar va uni XVII asrda ham qo`lladilar.
Dehqonlar soldatlarga "yashash" uchun joy berish bilan birga, ularni ozuqa bilan ham ta`minlashga majbur edilar. Bu sistema esa dehqonlarni talashdan boshqa narsa emas edi. Avstriya va Turkiyaning 1683-1699-yillardagi urush vaqtida shunday hollar ro`y berib turdiki, harbiy qismlar tomonidan talangan qishloqlar huvillab qolardi, hamma oziq-ovqat mahsulotlari tortib olingandan so`ng dehqonlar xotinlari, bola chaqalari va ko`ch-ko`ronlari bilan qochib ketardilar yoki ochdan o`lardilar.



Download 99.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling