Mavzu: Avstrya Imperyasida milliy masala
Milliy masalaning yuzaga kelish sabablari Avstriya imperiyasiga ta’siri va oqibatlari
Download 99.56 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
2.2.Milliy masalaning yuzaga kelish sabablari Avstriya imperiyasiga ta’siri va oqibatlari
1707-yil sentyabrda Varshavada shartnoma imzolandi, shartnomada Rakotsi bu davrda Pyotr I bilan mustahkam aloqa bog‘ladi. Pyotr I unga Polsha taxtini bermoqchi bo`ldi. Shartnomada Rakotsi Polsha taxtiga o`tiradigan bo`lsa, Pyotr I Vengriya bilan Transilvaniyani ozod qilishda Rakotsiga yordam berishini va`da qildi, Fransiya esa Rossiya bilan ittifoqchi bo`lish to`g‘risida shartnoma imzolaydigan bo`ldi. 1708-yil yozida Rakotsi huzuriga rus elchisi bordi. Biroq shvedlarning Polshani bosib olish va Fransiya bilan olib borilgan muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashi Varshava shartnomasini amalga oshirishga halal berdi. Dvoryanlarning katta qismi kurutslarning g‘alabalariga erishayotganini amalda ko`rgach, qo’zg‘olonni Avstriyaga qarshi kurashga aylantirib yuborishga urinib, bu harakatda rahbarlik mavqeini egalladi. Bu pomeshchiklar qo’zg‘olondan o`zlarining Gabsburglar cheklab qo`ygan barcha feodallik huquqlarini tiklash uchun foydalanishga intildi.Dvoryanlarning ikkinchi bir qismi, asosan katta yer-suv magnatlari qo’zg‘olonchilarga qarshi kurashib, gabsburglar qo`shinlariga yordam berdi. Masalan: Esterxazi Gabsburglar bilan shartnoma tuzdi, bu shartnomaga ko`ra milliy ozodlik harakati mag‘lubiyatga uchragandan so`ng musodara qilinadigan hamma yer-suvlarning 25% unga berilishi kerak edi. Harbiy sanoat markazi Debretsin shahri edi. Rakotsi progressiv tadbirlarni amalga oshirdi, lekin u qo’zg‘olonchi dehqonlarning asosiy ommasini qiziqtirgan eng muhim masalani hal qila olmadi. Krepostnoy huquqni bekor qila olmadi. U feodallar foydasiga o`tiladigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortgan dehqonlarni qattiq jazolay boshladi. Qo’zg‘olon rahbarlarining roli yildan-yilga pasayib bordi.12 Dehqonlar orasidan tayinlangan komandirlar vazifasidan olinib, ularning o`rniga aristokrat-generallar tayinlandi. Bu generallar kurutslarga dushmanlik nazari bilan qarar edi. Natijada qo’zg‘olonning sotsial zamini toraydi va dehqonlar Rakotsi armiyasidan sekin-sekin chiqib keta boshladi. Hatto 1704-yilda Onat seymining Gabsburglarni Vengriya taxtidan mahrum etish va Rokotsining davlat boshlig‘i deb e`lon qilinishi ham dehqonlarni zavqlantira olmadi. Oqibatda Gabsburglarga qarshi olib borilgan ko‘p yillik urushning mashaqqatlari dehqonlar ustiga tushdi Rakotsi o`z armiyasining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, 1709-yilda farmon chiqardi, ozodlik urushida qatnashgan barcha dehqonlar unga ko`ra, erkin deb e`lon qilindi va bir qancha yengilliklar berildi. Biroq farmon kechikib chiqarilgan edi, shuning uchun ham u e`tiqodi qaytgan dehqonlarni armiyaga torta olmadi va ozodlik harakatiga yangi kuch baxsh eta olmadi.13 Rakotsi tashqaridan yordam olishni Gabsburglarga qarshi olib borilgan urush muvaffaqiyatli tugallashi uchun zarur bo`lgan asosiy shart deb hisoblardi. Lyudovik XIV Vengriya qo’zg‘oloniga hech qanday harbiy yordam bermadi. Rakotsining Polsha, Shvetsiya, Turkiya va Prussiyaga qilgan murojaati ham hech qanday natija bermadi. Monaxlarning birortasi Gabsburglar bilan ochiqdan-ochiq to`qnashishga va Vengriya taxtini qabul qilishga ko`nmadi. Rakotsi armiyasi bir qancha vaqt katta janglarda mag‘lubiyatga uchragandan so`ng 1710-yilda Mulkachga chekindi. Ana shu og‘ir paytda Rakotsi Pyotr I huzuriga borib, Rossiyadan yordam so`radi. Poltava jangidan so`ng Rossiya va Vengriya o`rtasidagi uchrashuvlar do`stona tus olib ketdi. Rakotsi shved armiyasining qolgan qutganini o`z qo`l ostidagi territoriyadan o`tkazishdan bosh tortdi. Rakotsining Fransiya saroyidagi vakili Fransiya bilan Rossiya o`rtasida ittifoq tuzish to`g‘risida ilgari olib borilgan muzokaralarning yangidan boshlanishiga tashabbuskor bo`ldi. Biroq ruslar va turklar o`rtasida 1711-yilda boshlangan urush Pyotr I ning Rakotsiga qurolli yordam ko`rsatishga xalal berdi. Hukumat va armiyaga joylashib olgan reaksion dvoryanlar Rakotsining harbiy mag‘lubiyatlarga va tashqi siyosat sohasida qiyinchiliklarga uchrashidan foydalanib, Gabsburglar bilan murosaga keltiruvchi sulh tuzishga intildi. Rakotsining generallaridan biri graf Shandor Karoy 1711-yil 1-mayda avstriliyaliklar bilan Satmar shartnomasini imzoladi. Rakotsi bu voqeadan ilgari Vengriyadan chiqib ketgan edi.Avstriya qo`shinlari Ferents II Rakotsi rahbarligida ko`tarilgan milliy ozodlik qo’zg‘olonini vengr feodallarining yordami bilan bostirgandan so`ng, kurutslar qurolsizlantirildi va jazolandi, milliy ozodlik kurashida qatnashgan kishilarning yer - suvlari Vena sohibkorlari va yuqori mansabdagi katolik ruhoniylar qo`liga o`tdi. O`z vataniga xiyonat qilgan venger dvoryanlari ham o`z ulushlarni oldilar. Ularga yer mulklari bilan birga gersog, graf va baron degan unvonlar in`om qilindi. Gabsburglar bilan venger feodallari birlashib Vengriyani Gabsburglar monarxiyasining mustamlakasiga aylantirishga harakat qildilar. Gabsburglar oyo g‘iga yiqilgan vengr dvoryanlari vengr, xorvat, serb, slovak, rumin, ukrain dehqonlarini ekspluatatsiya qilishni kuchaytirdilar. Dvoryanlar xalq ommasiga xiyonat qildi. Ammo xalq ommasi kurashni Davom ettirdi. Kechagi kurutslar o`rmonlarga chiqib ketib, bat’yalarga (qaroqchi) - partizanlarga aylandilar. 1711-1713-yillarda slovak dehqonlarining partizanlik harakati ko`tarilib, vengrlar, chexlar, polyaklar ham qo`shildi. Slovak xalqi qahramoni-kurutslar tomonidan olib borilgan ozodlik urushi qatnashchisi Yuriy Yanoshik rahbarligidagi partizan otryadlari imperator qo`shinlari ustidan bir necha marta g‘alabalar qozonishdi14 Avstriya saroyi Vengriyada bir-biri bilan raqobat qilayotgan feodallardan iborat yangi aristokratiya barpo qildi. Bu aristokratiya birgina ishora: "Imperator talayversin, biz ham talasak bo`lgani" degani ishoraga amal qildi. Gabsburglar bilan vengr pomeshchiklari sinfining xalq ommasiga qarshi qaratilgan til biriktirishi XVII asr birinchi yarmida bir qancha qonunlar bilan - Progmatik sanksiya, 1741-yildagi qonun va boshqa bir qancha qonunlar bilan mustahkamlandi. 1741-yilgi qonunga ko`ra dvoryanlarga soliq solishga doir masalalar umuman hech mahal seymda muhokama qilinmasligi va feodallarning yer-suvlariga umrbod soliq solinmasligi kerak edi. Vengr dvoryanlari bu davrda komitetlar tarqoqligini kuchaytirib yubordi. Ko`pdan-ko`p urushlar bo`lib turishi natijasida Vengriya shaharlari juda tushkunlikka yuz tutdi. Jang maydonlari zonasidagi bir qancha shaharlar vayron bo`ldi. Shaharlar keyingi bir necha 10 yil mobaynida ham yuksaldi. 1777-yilda Vengriyadagi 8 mln. cha aholidan atigi 30 ming kishigina sanoatda ishlar edi. Dehqonchilik esa basharti rivojlangan taqdirda ham, faqat ekstentiv suratda rivojlandi. Yerga ishlov berishda hech qanday yangi metodlar qo`llanilmadi. Vengriyadagi krepostnoy dehqonlarning bobokalonlari yerga 500 yil oldin qanday usullar bilan ishlov bergan bo`lsalar, bu dehqonlar ham o`shanday usullar bilan ishlov berardilar.15 Avstriya hukumati Vengriyani qishloq xo`jalik mahsulotlarini va xom ashyosini faqat Avstriyaga chiqarishga majbur etardi. Avstriya hukumati Vengriya, Slovakiya, Zakarpat Ukrainasi, Transilvaniya va Xorvatiyani Avstriyaning agrar mustamlakasiga aylantirishga intilar edi. Mariya Tereziya va Iosif II hukumatlari Vengriyadan Avstriyaning sanoat mollari sotiladigan bozor sifatida foydalanishga harakat qildi. 1775-yilda o`tkazilgan boj reformasi umuman boj vaxiroj to`lovlarni 20% kamaytirgan reforma Vengriyaga nisbatan tadbiq etilmadi. Vengriyadagi eski sistema chetdan keltiriladigan va chetga chiqariladigan mollarga haddan tashqari ko`p soliq solish sistemasi kuchaya bordi. Mariya Tereziya, ayniqsa Iosif II Vengriya seymiga mutlaqo e`tibor qilmay farmonlar chiqardi. 1784-yildan boshlab vengr maktablarida o`qish- o`qitish ishlarini faqat nemis tilida olib borish ruxsat etildi, gimnaziyalarga ham nemischani biladigan o` g‘il bolalargina olinar edi. Ma`muriy til ham nemis tili bo`ldi, davlat xizmatiga nemischani biladigan kishilargina qabul qilinar edi. Iosif II ning mazlum xalqlarga reformalar o`tkazish va nemislashtirish yo`li bilan yaxlit Avstriya davlati barpo qilishga urinishi vengr xalqining milliy adabiy tilini rivojlantirish yo`lidagi intilishini kuchaytirib yubordi. 1779-yilda "Vengriya vatanparvarlik jamiyati" tashkil etildi, lekin Iosif II bu jamiyatning o`z ishini keng yo`lga qo`yishga ruxsat bermadi. Birinchi ommaviy qiroatxona, so`ngra 1792-yilda kutubxona ochildi. 1784-yilda Budada vengr tilida birinchi marta teatr qo`yildi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Chexiyada yirik yer mulkining ko`payishi jarayoni kuchayib ketdi. O`rta va mayda darajadagi yer egaligining hissasi 10% gacha qisqardi. 30 yillik urushning oxirlariga kelib katta feodallar Chexiyadagi jamoa yerlarining 2/3 qismini o`z qo`liga oldi. Bu katta feodallarning ko`pchiligi Chexiyaga 1618-1620-yillardagi qo’zg‘olonni bostirish maqsadida Fernand II bilan birgalikda bostirib kirgan ajnabiylar qo`lida edi. Shvartsenberglar, Vallenshteynlar, Lixtenshteynlar, Forstenberglar, Konleredo-Mansfel’dlar va Chexiyadagi boshqa katta yer-mulklari ana shu vaqtdan e`tiboran to`plana boshladi. Bu katta yer egalari 1618-1648-yillardagi urushdan so`ng ishlovsiz qolgan yerlarni ham o`z qo`liga oldi. Huquqi tiklangan katolik yer egaligi ham ajnabiylar qo`lida edi. Chexiya tuprog‘ida feodallarning katta yer egaligi XVII asrning ikkinchi yarmida avj olib ketdi. Bu yer mulklarda feodal xo`jaliklar tashkil qilinib, bu xo`jaliklarda ko`plab g‘alla yetishtirildi, baliqchilik qilish uchun katta hovuzlar qurildi. qo`y boqish uchun yaylovlar kengaytirilib, ayrim xo`jaliklarda qo`ylar soni mingga etdi. Tabiiy sharoiti imkon bergan xo`jaliklarda yog‘och oqizildi. Sotish uchun g‘alla, baliq, yung, yo g‘och-taxta, pivo etishtiriladigan bo`ldi. Feodal xo`jaliklar dastlabki vaqtlarda ichki bozor ehtiyojlarini ham ta`minlay boshladi. Tovar mahsulot ishlab chiqarishning o`sishi qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishidan dalolat beradigan ko`rsatgich edi. Katta feodal xo`jaliklarning tashkil topish jarayonitugallanishi bilan dehqonlarning ikkinchi marta tutqunlikka solinishi kuchaydi. Bu jarayon tugallanishi bilan Chexiya nemislashtirilib va milliy zulm kuchayib bordi. XVII asr o`rtalarida dehqonlar xo`jaligi yerning hiyla qismidan mahrum bo`ldi, yerlarni feodallar yaylov, o`tloqlar tashkil qilish va hovuzlar qurish uchun tortib olgan edi. XVII asrning 50-70-yillarida dehqonlarning ko`pdan-ko`p g‘alayonlari bo`lib o`tdi, bu g‘alayonlarning ko`tarilishiga yangidan barshchina joriy qilinishi sabab bo`ldi. 1680-yilda qo’zg‘olon ko`tarilib, butun Chexiyani va Movarxiyaning bir qismini o`z ichiga oldiki, bu qo’zg‘olon XVII asrda bo`lib o`tgan hamma dehqonlar harakatlarining eng kuchlisi bo`ldi. Dehqonlar Praga noibiga qirol hokimiyatining Chexiyadagi vakiliga barshchinaning va boshqa majburiyatlarning kamaytirilishini iltimos qilib ko`pdan-ko`p nomalar yubordilar. Bu iltimoslar hech qanday natija bermaganidan so`ng, dehqonlar feodallarga qarshi bosh ko`tarib, barshchinani 16bajarishdan bosh tortdilar va qirol amaldorlarini o`z boshlariga tushgan musibatlarning asosiy aybdorlari deb hisoblab, ularni juda qattiq jazoladilar. Chegara rayonlarida chex dehqonlari bilan nemis dehqonlari birgalikda ish ko`rdilar. Shuning uchun ham Gabsburglar 1680-yilda barshchina to`g‘risida birinchi qonun chiqarishga majbur bo`ldi. Qo’zg‘olon bostirilgandan so`ng chiqarilgan qonundan ko`zlangan maqsad feodallarning imtiyozlarini dahlsiz qoldirgan holda dehqonlarni tinchlantirish edi. Dehqonlarning g‘alayonlari to`xtamaganligi natijasida XVIII asr boshlarida barshchina to`g‘risida yana bir nechta qonunlar chiqarildi. Xodlar yo`lboshchisi Yan Kozinani chex xalqi milliy qahramon sifatida xotirlaydi. XVII asrning birinchi yarmida Chexiyada manufaktura ishlab chiqarishi rivojlana boshladi. Chexiyaning Shimolida, ya`ni unumdor yerlari bo`lmagan, lekin o`rmonlari, suvi ko`p bo`lgan va qadimdan dehqonlar hunarmandchiligi bilan dong qozongan bu o`lkada mato, movut, ip gazlama, oyna ishlab chiqarishi keng yoyildi. Bu tashkilotchilarning ba`zilari Chexiyaning Shimolidagi butun rayonlarni o`z nazoratiga olib, tikuvchilarni ip bilan ta`minlab turdi va muayyan turda mato ishlab chiqarishni talab etdi. Tarqoq manufakturalarning dastlabki tashkilotchilari orasida janubiy vositachilari ham bor edi. XVII asrning oxirlarida Osetskiy monastirining movut manufakturasi vujudga keldi. 1715-yilda Gornoe Litvinovada graf Vallenshteyn Avstriya imperiyasida eng katta korxona bo`lgan movut manufakturasini tashkil qildi, bu manufakturaning ustaxonalarida 400 kishi ishlar edi va tevark - atrofdagi qishloqlarda istiqomat kiluvchi ko`pdan-ko`p xonaki yigiruvchilar mazkur manufaktura bilan bog‘langan edi. Zodagonlar zo`r berib sohibkorlik ishi bilan shu g‘ullandi. Graf I. Kinskiy vositachi, bar qancha manufakturalar tashkilotchisi, savdo jamiyatining a`zosi edi. Frank Lotarinskiy yirik manufakturalar egasi bo`lib, sharq bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun ikkita savdo jamiyati tashkil etdi. Shaharliklar tashkil qilgan manufakturalar ancha oz bo`lib, ularda ishlovchi ishchilar soni odatda 100 kishidan oshmas edi. Markazlashgan manufakturalarda mehnat taqsimoti izchillik bilan olib borilar edi, masalan: movut manufakturasida sex hunarmandchiligidagi 8 operatsiya o`rniga 45 ta operatsiya olib borildi. Mehnat taqsimoti yangi, takomillashgan uskunalar vujudga kelishiga mehnat unumdorligining oshuviga olib keldi. XVIII asrning o`rtalaridan e`tiboran manufakturalar mahsulotining tobora ko`p qismi o`sib borayotgan ichki bozorda sotila boshlandi. Gabsburglar manufakturalar tashkil etish ishini rag‘batlantirdi. Manufaktura tashkil etgan kishilarga yordam pul (dotatsiya) berilardi, manufaktura tashkil etgan kishilar chet mamlakatlardan olingan xom-ashyo uchun boj to`lashda yengillik olar va mamlakatning o`zida xom-ashyo sotib olishda boshqalardan ko`ra imtiyozliroq huquqga ega edilar. Chet ellarga hom-ashyo chiqarish va mamlakatning o`zida ishlab, chiqariladigan buyumlarni chet ellardan keltirish ta`qiqlangan edi. Manufaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida XVIII asrning 30 yillaridan e`tiboran sexlarning faoliyati cheklana boshlandi. Avstriyaning Sileziyadan ajralib qolishi Chexiyada sanoatning yanada tezroq rivojlanishi uchun yordam berdi. Chexiya XVIII asr o`rtalaridan boshlab, Avstriya monarxiyasining eng sanoatlashgan viloyatiga aylana bordi. Chit va boshqa gazlama ishlab chiqaruvchi ip gazlama sanoati shu davrda vujudga keldi. Graf Bol’zaning Kosmoposhidagi manufakturasida 400 ta ishchi ishlar edi, tevarak atrofidagi qishloqlarda o`zuyida ishlovchi 4 ming ishchi ham shu manufakturaning ishini qilar edi. XVIII asr ikkinchi yarmida Chexiyaning Praga, Libertsa va boshqa shaharlarida chitga gul bosish sanoati rivojlana boshladi. XVIII asr o`rtalarida Chexiya qo g‘oz ishlab chiqarishda Avstriya imperiyasida yetakchi o`ringachiqdi, Chexiya oynasi Yevropada va boshqa qit`alarda dong chiqardi. Kon ishi g‘oyat darajada tushkunlikka uchradi. Kutna tog‘ining o`zidagina kon ishchilarning soni XVI asr o`rtalaridan XVIII asr o`rtalarigacha 20 baravar kamaydi va yanada qisqarib bormoqda edi. To`quvchilik ishlab chiqarishi Chexiya sanoatining yetakchi tarmog‘iga aylandi, to`quvchilik ishlab chiqarishda 1775-yilda 25 ta markazlashgan manufaktura bor edi. Ishchilarning 95 % to`quvchilik sanoatida ishlar edi. Ishlab 17chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi natijasida XVIII asr o`rtalarida Chexiya aholisi ko`payib, 2100 ming kishiga etdi. Manuftura ishlab chiqarishi eng ko`p taraqqiy qilgan Shimoliy Chexiya aholisi juda tez ko`paydi. Gornoe Litvinovadagi xonadonlar soni XVIII asr boshlaridan to 1775-yilgacha 20 baravardan ziyodroq ko`paydi, kichkinagina qishloqcha bo`lgan Gornoe Litvinova natijada katta shaharga aylandi. Gabsburglar davlat hokimiyatini yanada markazlashtirishga va turli o`lkalardagi davlat muassasalarini umum Avstriya davlat apparati bilan birlashtirishga intildi. XVIII asr o`rtalarida doimiy yer solig‘i joriy qilindi. XVIII asr 2-choragida Chexiya saroyining Venadagi mahkamasi umum Avstriya davlat muassasalari bilan birlashtirib yuborildi, viloyat boshqarmasi esa yo`qotildi. Chexiya ustidan hukmronlik yuritish Venadagi markaziy sud va moliya muassasalariga o`tdi. Chexiyaning davlat mustaqilligini sekin- asta yo`qotish Mariya Tereziya tomonidan 1749-yilda tugallandi. 1775-yilgi qo’zg‘olon va dehqonlarning keyingi vaqtlaridagi g‘alayonlari dahqonlarning shaxsiy tutqunligini bekor qilish va ularga bir joydan ikkinchi joyga o`tish huquqini berish to` g‘risida 1781-yili qonun chiqarilishiga sabab bo`ldi. Bu qonun feodal krepostnik sistemani batamom tugatmadi, chunki qishloqda dehqonlarning yerga egalik qilishi bilan bog‘liq bo`lmagan feodal majburiyatlar va pomeshchiklarning dehqonlarga hukmronlik qilishi saqlanib qolgan edi. O`sha 1781-yilda din erkinligi to`g‘risida qonun chiqarildi, bu qonunda barcha dindagikishilarga hunarmadchilik, savdo-sotiq ishlari, sohibkorlik bilan shu g‘ullanish ruxsat etildi. Milliy zulm chex madaniyatining ta`qib etilishida ham ifodalandi. XulosaKurs ishim yakunida xulosa qilib aytadigan bo`lsam, tarixni o`rganar ekanmiz dunyo bo`yicha barcha davlatlar ham hozirgi kungidek darajaga yetib kelgunicha bir qator siyosiy jihatda og`ir davrlarni, iqtisodiy jihatdan sodir bo`lga har xil inqirozli davrlarni boshidan o`tkazgan. Bulardan tashqari yana ko`plab davlat rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan jarayon va hodisalarni keltirish mumkin. Bularga ichki nizolar, ichki siyosiy guruhbozliklar, davlat hokimiyatiga qarshi bo`lgan ichki muxolifatchi kuchlarning hokimiyatga qarshi kurashlari, tashqi dushmanlarning bosqinlari-yu ko`chmanchi qabilalarning talonchilik yurishlari bularning barchasi davlatning rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi omillardir. Tarixdan ma’lumki, Avstriya davlati aholi tarkibi jihatdan ko`p millatli davlat edi. Avstriya davlat hududi bir qancha slavyan xalqlarini bir davlat hududiga birlashtirgan edi. Aynan shu xususiyat Avstriyaning rivoji ga salbiy tasir ko`rsatgan omillardan biri bolib qolgan. Boshqa davrlarda bo`lgani kabi XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrlarda Avstriya tarkibidagi ana shu slavyan xalqlarining mustaqillikka intilishi harakatlari birmuncha kuchaydi. Bu vaziyat davlatning kelajakdagi rivojiga birmuncha to`siq bo`lib qoldi. Davlat asosiy kuch va e’tiborni ichki tartiblarni tiklashga qaratishga majbur edi bu esa o`z o`rnida davlatning har tomonlama kuchsizlanishiga olib keldi. Ammo bu og`r vaziyatdan kuchli davlat hokimiyati chiqishga erishadi va keyingi asrlarda dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kirishiga erishiladi. Avstriyadagi hukmrоn Gabsburglar sulоlasidan bo’lgan impеratоrning o’g’li yo’qligi va taхt vоrisi uchun erkaklar liniyasi bo’yicha vоris yo’qligi Gabsburglar sulоlasining tugatilish хavfini kеltirib chiqargan edi. SHuning uchun taхtga impеratоr Karl o’limidan kеyin uning qizi Mariya Tеrеziyani o’tqazish uchun taхt vоrisi to’g’risidagi qadimdan kеlayotgan qоnunni o’zgartirishga qarоr qilindi. 1713 yilda Karl Pragmatik 106 sanktsiya chiqarib, unda taхtga хоtin-qizlar liniyasi bo’yicha ham vоrislikni jоriy qildi hamda Gabsburglar sulоlasi mulklarini bo’linmas va mеrоs bo’lib o’tishini e’lоn qildi. Еvrоpa davlatlari Pragmatik sanktsiyani e’tirоf qildilar. Lеkin 1740 yilda impеratоr vafоt etib, taхtga 23 yoshli Mariya Tеrеziya o’tirgach, o’zlarining оldindan оlgan majburiyatlariga qaramasdan Frantsiya, Prussiya, Bavariya, Ispaniya, Savоyya hukmdоrlari unga qarshi chiqdilar. Bavariya kurfyursti esa Avstriya taхtiga da’vоgar bo’lib chiqdi. Prussiya impеriyaning eng bоy va rivоjlangan qismi bo’lgan Silеziyani egallab, “Avstriya mеrоsi uchun urush”ni bоshladi (1740- 1748). Mamlakatga g’arb tоmоndan Karl Albеrt Bavarskiy o’z qo’shinlari bilan bоstirib kirdi, Gabsburglarning dushmanlari uni CHехiya qirоli va Rim impеratоri qilib sayladilar (Karl VIII; 1742-1745). Ana shunday qaltis vaziyatda Avstriyani halоkatdan Vеngriya qutqarib qоldi. Impеratritsaning iltimоsini hisоbga оlgan vеngrlar unga o’n minglagan saralangan askar va zarur pul mablag’larini еtkazib bеrdilar. Mariya Tеrеziya tеz оrada bavariyaliklarni mag’lubiyatga uchratdi, CHехiyada o’z hоkimyatini qayta tikladi va eri Frants Fеrdinandga Rim impеratоri unvоnini qaytarib оlib bеrdi. Lеkin Silеziya Fridriх II (Prussiya) qo’lida qоldi. Aхеn sulhi bo’yicha (1748) Mariya Tеrеziya Parma va Piatsеntsani ham bеrishga majbur bo’ldi, lеkin Pragmatik sanktsiyani Еvrоpa davlatlari tоmоnidan tan оlinishiga erishdi. ЕTTI YILLIK URUSH. Avstriya mеrоsi uchun bo’lgan urushdan kеyin Prussiya Еvrоpadagi buyuk davlatga aylandi. SHundan kеyin Fridriх II juda katta agrеssiv rеjalarni ishlab chiqdi. U Saksоniya va CHехiyani bоsib оlishni, sharqda Pоlshaning bir qismini o’z hududiga qo’shib оlishni, Pоlshaga qaram bo’lgan Kurlandiya gеrtsоgligiga o’z qarindоshi shahzоda Gеnriх Gоgеntsоllеrnni o’tqazishni maqsad qilib qo’ygan edi. Bular o’z navbatida Avstriya manfaatlariga va uning ittifоqchisi bo’lgan Rоssiyaning manfaatlariga хavf sоlar edi. Rоssiya davlati Pоlsha va Kurlandiyani o’z ta’siri оstida saqlashga intilardi. Mariya Tеrеziya Silеziyani bоy bеrilishiga rоzi emas edi. U Avstriyaga qarshi ittifоq tuzishga harakat qildi. 1756 yilda Avstriya bilan Frantsiya o’rtasida Vеrsal ittifоqchilik bitimi tuzildi va bu bilan ikki davlat o’rtasidagi ikki asrlik dushmanlikga barham bеrildi. Angliya bunga javоban Prussiya bilan Vеstminstеr ittifоqchilik bitimini tuzib, urushga diplоmatik jihatdan tayyorgarlik ko’rishni охiriga еtkazdi. Mustamlakalar uchun ingliz-frantsuz kurashining kеskinlashishi va pruss agrеssiyasining Avstriya, Frantsiya va Rоssiya manfaatlari bilan to’qnashishi 1756-1763 yillardagi Еtti yillik urushga оlib kеldi. Еtti yillik urush (1756-1763) Silеziya uchun urush kabi bоshlandi. Buyuk Fridriх dushmanlaridan o’zib kеtishga harakat qilib, Avstriyaga hujum bоshladi va bu bilan хalqarо munоsabatlarda mе’yor sifatida “prеvеntiv (chеklangan, ajratilgan) urush”ni qarоr tоptirdi. Lеkin u yanglishgan edi. Prussiyaning o’zi urush maydоniga aylandi. Uning pоytaхti ikki marta – dastlab ruslar va avstriyaliklar tоmоnidan , kеyin vеngrlar tоmоnidan bоsib оlindi. Prussiyani batamоm tоr-mоr qilinishidan Rоssiyaning to’satdan urushdan chiqishi qutqarib qоldi. Malika Еlizavеta vafоtidan kеyin Rоssiya taхtiga gеrtsоg Gоlshtеynskiy Pyotr III nоmi bilan o’tirgach, u Fridriх II ga qarshi urushni to’хtatdi va Rоssiya impеriyasi manfaatlariga to’g’ri kеlmasa ham Daniyaga qarshi Prussiya bilan ittifоq tuzdi. 1762 yilda Prussiya Avstriya va Frantsiya bilan sulh tuzdi. Davlatlarning Еvrоpadagi chеgaralari o’zgarishsiz qоldi. Lеkin Angliya оkеan оrtida Frantsiyaning eng bоy mustamlakalarini bоsib оldi va eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi. Еtti yillik urushda Mariya Tеrеziya Silеziyani qaytarib оlоlmadi. Lеkin Fridriх II ham o’z bоsqinchilik maqsadlarini amalga оshira оlmadi, bunga Rоssiyaning g’alabalari halaqit bеrdi. Rоssiyaning Avstriya va Frantsiya bilan bo’lgan ittifоqi tarqalib kеtdi. Pyotr III vafоtidan kеyin taхtga o’tirgan Еkatеrina II Daniyaga qarshi Prussiya bilan tuzilgan bitimni bеkоr qildi, lеkin Prussiya bilan yaqinlashish siyosatini davоm ettirdi. Urush yakuni Gеrmaniyada Prussiya bilan Avstriyani dеyarli bir-biriga tеng davlatga aylantirdi. Download 99.56 Kb. |
ma'muriyatiga murojaat qiling