Mavzu Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va turlari
Download 205.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu-4
Mavzu-4.Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va turlari Reja: 1. Asosiy tushuncha va qoyidalar 2. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari Asosiy tushuncha va qoyidalar. Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga kura avtomatlashtirishni kuyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat - texnologik jarayon hakida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va qayta ishlash uchun kerakli bulgan sharoitlarni ta’minlaydi. Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarni tegishli parmetrlarini avtomatik ravishda belgilangan qiymatlarda ishlashini tag’minlaydi. Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan buladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iboratdir. Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan. texnik vositalarini joriy etish demakdir. Zamonaviy texnikada ko’p sonli xilma-xil avtomatik qurilmalar va tizimlar qo’llaniladi. Ular bir - biridan fizik tabiati, ishlash printsipi, sxemasi va konstruktiv yechimlari va hokazolar bilan ajralib turadi. Bu qurilma va tizimlar, faqatgina bir nechta asosiy avtomatlashtirish masalalarini hal qilish uchun mo’ljallangan. Ularga kuyidagilar kiradi: signal berish; nazorat; blokirovka va himoya; ishga tushirish hamda to’xtatish; boshqarish. Avtomatik signal berish tizimlari xizmat ko’rsatuvchi shaxsga u yoki bu texnik qurilmaning holati, u yoki bu jarayonning kechishi haqidagi xabarni yetkazish uchun xizmat qiladi. Avtomatik nazorat tizimlari insonning ishtirokisiz biror bir texnik agregat va qurilmaning ishini yoki biror bir jarayonning kechishini tavsiflaydigan turli xil parametr va kattaliklarni nazorati (o’lchash) ni amalga oshiradi. Avtomatik blokirovka va himoya tizimlari texnik agregatlar va qurilmalarda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan avariya holatlarining oldini olish uchun xizmat qiladi. Agar himoya šilinuvchi agregatni tavsiflovchi biror bir kattalik, o’zining kritik qiymatiga erishganda hamda avtomatik blokirovka va himoya tizimi insonning ishtirokisiz himoya qilinuvchi agregatga qisman yoki to’liq tahsir qilib, uning ishini to’xtatib qo’yadi. Avtomatik ishga tushirish va to’xtatish tizimlari oldin kiritilgan dastur bo’yicha turli xil yuritkich va uzatmalarni ishga tushirish va to’xtatishni ta’minlaydi. Avtomatik boshqarish tizimlari insonning bevosita ishtirokisiz u yoki bu texnik agregatlarning ishini boshqarish yoki biror bir jarayonlarning kechishini boshqarish uchun mo’ljallangan. Sanab o’tilgan avtomatik tizimlarning asosiysi avtomatik boshqarish tizimlari hisoblanadi. Boshqarish deganda, qo’yilgan maqsadga yetishishni tahminlovchi biror bir jarayonni tashkil qilish tushuniladi. Belgilanishiga qarab barcha avtomatik boshqarish tizimlari avtomatik rostlash tizimlariga va kibernetik tizimlarga bo’linishi mumkin. Avtomatik rostlash deganda, insonning bevosita ishtirokisiz biror bir kattalikning talab etilgan qonun bo’yicha o’zgarishi tushuniladi. Rostlanuvchi fizik kattalik rostlanuvchi kattalik va avtomatik rostlash amalga oshiriluvchi texnik agregat esa rostlanuvchan obyekt deb ataladi. Kibernetik tizimlar, avtomatik rostlash masalalaridan ancha murakkabroq bo’lgan masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Bunday masalalarga kuyidagilar kiradi: ekstremal rostlash, o’zini-o’zi sozlash, o’zgaruvchan tashqi sharoitda texnik qurilmalarning ishini optimal tahminlash, boshqarish tizimlarining eng yaxshi ish rejimlarini tanlash va boshqalar. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma’lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funktsiyani avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funktsional vazifasiga ko’ra tasniflash maqsadga muvofiq. Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funktsional bog’lanishni ifodalovchi sxema funktsional sxema deb ataladi. Bundan tashqari, shu avtomatik tizimni turli dinamik xususiyatlariga ega bo’lgan va bir-birlari bilan bog’langan sodda bo’g’inlar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik tizimning sxema bo’g’inlarning bog’lanishini aks ettiradi va tizimning tuzilish sxemasi deyiladi. Rostlanuvchi obyekt va avtomatik rostlagich birligi avtomatik rostlash tizimni (ART) tashkil qilib, rostlash konturi nomli berk zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ARTning tuzilish sxemasiga emas, balki funktsional sxemasiga tegishli. Datchik sezgir element bo‘lib, u nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni masofaga uzatilishi kulay xamda undan foydalanish oson bo‘lgan boshka ko‘rinishdagi kattalikka aylantirib beradi.Chiqish kattaligiga qarab datchiklarda mexanik va elektrik chiqishlar bo‘ladi. Birinchi guruh datchiklarda nazorat qilinayotgan har qanday kattalik chiqishdagi mexanik kattaliklarga aylantiriladi. Ikkinchi guruh datchiklarda esa noelektrik kattaliklar elektr kattaliklarga aylantiriladi. Chiqish signalini kuchaytirish,boshqarish, rostlash, masofadan turib o‘lchash qulay bo‘lganligi tufayli bu guruh datchiklar texnikada ko‘prok qo‘llaniladi. Nazorat qilinayotgan noelektrik kattaliklar (bosim, harorat, namlik, tezlik va sh.u.) obyektni o‘ziga joylashtirilgan datchiklar orqali elektrik miqdor (tok, kuchlanish, zaryad) ga aylantiriladi. So‘ngra ular elektr o‘lchash qurilmalariga uzatiladi (bu qurilmalar shkalasi nazorat qilinayotgan kattalik o‘lchov birligida graduirovka qilingan bo‘ladi). Avtomatik qurilmalarda .uyidagi parametrik datchiklar ko‘prok tarqalgan: reostatli (potensiometrik), termoqarshilikli, tenzometrik (simli), induktiv,sig‘im, fotoelektrik (fotoqarshilik) li, datchiklar. Download 205.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling