Mavzu Avtomatik rostlash va boshqarish, avtomatik nazorat va signallash, avtomatik oʻlchash va himoyalash. Avtomatik boshqarish tizimi elementlari, datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar va boshqa vazifalari va turlari
Download 205.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosim datchigi
- Kuchaytirgich
Termoqarshilikli datchiklar (termorezistor, qarshilik termometrlari) da
haroratni o‘zgarishi o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar qarshiliklarini o‘zgarishiga olib keladi. Ular texnikada 200 ºC dan 700 ºC gacha bo‘lgan haroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. Bunday termometrlar metallar (asosan platina, mis) dan hamda yarim o‘tkazgichlardan (marganets, kobalt)dan ham tayyorlanadi. Ularni ishlashi metallar va yarimo‘tkazgichlar .arshiligini xaroratga boglikligiga asoslangan. Ma’lumki, harorat ko‘tarilganda metallar karshiligi oshadi, yarimo‘tkazgichlarda esa aksincha. Bosim datchigi – bu kirish mikdorini kompensatsiyalashga asoslanib suyu.lik va gazning bisimini elektrik, pnevmatik va boshqa turli signallarga aylantirib beruvchi o‘zgartgichdir. Bosim datchiklari suyuqlikli, prujinali va elektrik bo‘lishi mumkin. Avtomatik qurilmalarda ko‘pincha datchiklardan keladigan signallar quvvati rostlanuvchi miqdorlarni ko‘rsatilgan darajada ushlab turish uchun qo‘llaniladigan rostlovchi qurilmalarni boshqarish uchun etarli bo‘lmaydi. Bunday hollarda kuchsiz signallarni kuchaytirish uchun kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Kuchaytirgich deb, kirish signalini ko‘rinishi va fizik tabiatini o‘zgartirmagan holda, kuchaytirish uchun qo‘llaniladigan qurilmaga aytiladi. Quvvat bo‘yicha signalni kuchaytirish tashqi manbaa energiyasi evaziga boshqariladi. Avtomatik qurilmada turli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi: Magnitli, elektron, yarimo‘tkazgichli, elektr mashinali, gidravlik, pnevmatik va boshqalar. Rele – avtomatik tizimlarda bosh.arish, himoya, nazorat, signalizatsiya, rostlash va boshqa diskret operatsiyalarni bajarish uchun ko‘p qo‘llaniladigan qurilma. Relega kiruvchi signal uzuluksiz ravishda o‘zgarib ma’lum qiymatga ega bo‘lganda unda sakrashsimon xarakteristikali chiqish signali hosil bo‘ladi. Kirish signali qiymati kamayib ma’lum miqdorga etganda esa chiqish signali sakrashsimon xarakterda yo‘qoladi va rele oldingi holatga qaytadi (1-rasm). 1-rasm. Rele tavsifi. Relega ta’sir qiladigan fizik miqdor turiga karab u quyidagilarga bo‘linadi: elektrik – ular tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik, tok chastotasi, faza siljishi ta’sirida ishlaydi. mexanik – bosim, vakuum, sath, chiziqli va burchak siljishlari, zo‘riqish, tezlik, tezlanish, suyuqlik va gazlar sarfi, oqim tezligi ta’sirida ishlaydi; issiqlik – harorat o‘zgarishi ta’sirida ishlaydi; optik – yoritilganlik va yoruqlik o.imini spektral tarkibi ta’sirida ishlaydi; akustik – tovush bosimi va tovush tulqinlari chastotasi ta’sirida ishlaydi; magnit – magnit maydoni kuchlanganligi, magnit induksiyasi va magnit oqimi ta’sirida ishlaydi. Rele quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi: 1. Ishga tushish quvvati; 2 Boshqarish quvvati; 3. Qaytish quvvati; 4. Releni ishga tushish vaqti; 5. O‘lchash imkoniyatlari (releni juft kontaktlari soni bilan aniqlanadi); 6. O‘lchamlari, massasi, ishonli ishlashi ham releni parametrlari hisoblanadi. Elektrik relelari elektromagnit, elektron, foto, elektron va vaqt relesi kabi turlarga bo‘linadi. Download 205.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling