Loyihalashni avtomatlashtirish darajasi. Loyihalash tizimini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagiga bo‘lishadi: - Loyihalashni avtomatlashtirish darajasi. Loyihalash tizimini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagiga bo‘lishadi:
- 1) kam avtomatlashtirilgan (loyiha protseduralarining 25% gacha);
- 2) o‘rtacha avtomatlashtirilgan (25-50 %);
- 3) yuqori avtomatlashtirilgan (50% dan yuqori).
- ALT uchinchi guruhga taalluqli bo‘lishi uchun undan ko‘p variantli optimal loyihalash metodlaridan foydalangan bo‘lishi kerak.
- Loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi.
- 1) bir bosqichli;
- 2) ko‘p bosqichli;
- 3) kompleks ALTlar farqlanadi.
- Agar avtomatlashtirish tizimi mos ob’yekt loyihalashning bosqichlaridan faqat birini qamrab olgan bo‘lsa, u birinchi guruhga taalluqli bo‘ladi. Loyihalashning hamma bosqichlari avtomatlashtirilgan bo‘lsa, kompleks ALT hisoblanadi.
Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning tavsifi. Chiqariladigan hujjatlarning xarakteri bo‘yicha ALTning 5 ta klassifikatsion guruhlari o‘rnatilgan: - Chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning tavsifi. Chiqariladigan hujjatlarning xarakteri bo‘yicha ALTning 5 ta klassifikatsion guruhlari o‘rnatilgan:
- 1) qog‘oz lenta va (yoki) varaqda;
- 2) mashinali olib yuruvchi (носител)larda;
- 3) foto olib yuruvchilarda (mikrofilmlar, mikrofishlar, fotoshablonlar va boshqalar);
- 4) kombinatsiyalangan (hujjatlarni ikki yoki undan ortiq ma’lumotlarni olib yuruvchilarda bajaradi).
- Beshinchi guruh rezerv uchun saqlangan.
- Loyihaviy hujjatlarning chiqarilayotgan soni. Kam, o‘rta va yuqori unumdorli ALTlarni farqlashadi. Bunda bir yilda chiqarilayotgan loyihaviy hujjatlarning soni A4 formatga aylantirilganda 103 dan 106 gacha o‘zgaradi.
- Texnikaviy ta’minot strukturasidagi darajalar. Bir, ikki va uch darajali ALTlarni ajratishadi.
- Bir darajali texnikaviy vositalar kompleksi (TVK) asosini o‘rtacha yoki yuqori klass EHMlari va periferiya qurilmalarining shtati tashkil qiladi; EHMlarda ma’lumotlarga dasturaviy ishlov berish bajariladi hamda ularni saqlash amalga oshiriladi. Mini-EHMdan foydalanilganda TVK avtomatlashtirilgan ishchi joyi (AIJ) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |