Mavzu: avtomatlashtirilgan tizimlarning elektr qismlari. Reja: 1


Download 42.95 Kb.
bet3/4
Sana15.09.2023
Hajmi42.95 Kb.
#1678514
1   2   3   4
Bog'liq
markaz mavzu

Sinxron elektr mashinalari. Sinxron mashinalar asosan elektr generatori bo`lib ishlaydi. 2-rasmda uch fazali sinxron generator sxemasi ko`rsatilgan.

2-rasm. Uch fazali sinxron generatorda EYUK hosil qilish; 1-stator; 2-stator cho`lg`amlari; 3-o`zgarmas magnitli rotor.
Tashqi kuch ta`sirida aylangan magnit maydoni stator cho`lg`amlarini kesib ularda EYUK induksiyalaydi:
Elektr energiyasi asosan uch fazali turbo hamda gidrogeneratorlarda ishlab chiqariladi.
Sinxron generatorlar nominal kuchlanish, quvvat, tok, chastota bilan tasniflanadi.
Hozirgi kunda quvvati 500 dan 800000kVt gacha quvvatli turbo generatorlar ishlab chiqariladi.
Sinxron mashinalar dvigatel sifatida ham ishlatiladi. Sinxron mashina dvigatel sifatida ishlashi uchun uni stator cho`lg`amiga uch fazali o`zgaruvchan tok ulanadi, rotor cho`lg`amiga esa o`zgarmas tok beriladi. Sinxron dvigatellarni aylanish tezligi 100 dan 3000 ayl/min gacha.

Asinxron elektr mashinalari. Asinxron mashinalar asosan elektr dvigateli sifatida ishlatiladi.Uch fazali asinxron dvigatelniishlash prinspini ko`rib chiqamiz . Uch fazali asinxron dvigatelni elektr sxemasi. 1-uch fazali stator cho`lg`amlari. 2-rotor cho`lg`amlari.
Uch fazali asinxron dvigatelda aylanuvchi magnit maydon uch fazali tok orqali hosil bo`ladi. Stator cho`lg`amlari bir-birlariga nisbatan 120 gradus burchak ostida joylashgan bo`ladi. Stator cho`lg`amlarini boshlari C1, C2, C3. ohirlari C4, C5, C6 bilan belgilanadi.
Asinxron dvigatellar rotor tuzilishi bo`yicha qisqa tutashtirilgan rotorli hamda faza rotorli bo`ladi. Faza rotorli asinxron dvigatellarni rotor cho`lg`amlari stator cho`lg`amlari kabi ko`rinishida bo`lib ular rostlovchireostatlar orqali ulanadi. Rostlovchi reostatlar dvigatellarni ishga tushirish va ishchi xarakteristikalarini o`zgartirish uchun ishlatiladi.
Asinxron dvigatelni magnit maydonni aylanish tezligi quyidagi formuladan topiladibunda -magnit maydonni aylanish tezligi (ayl/min);
stator cho`lg`amidagi tok chastotasi;
-stator cho`lg`amini juft qutblar soni.
Uch fazali asinxron dvigatellar ham nominal quvvat, nominal kuchlanishnominal tok, FIK hamda quvvat koeffisienti bilan xarakterlanadi.

Download 42.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling