Mavzu: avtomatlashtirish tеxnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va hozirgi zamon yo’nalishlari
Download 32 Kb.
|
ATV ning rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich.
- Ikkinchi bosqich.
- Uchunchi bosqich.
- To`rtinchi bosqich.
- Beshinchi bosqich.
- Oltinchi bosqich.
MAVZU: AVTOMATLASHTIRISH TЕXNIK VOSITALARI RIVOJINING ASOSIY BOSQICHLARI VA HOZIRGI ZAMON YO’NALISHLARI. Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV rivojlanishi murakkab jarayon hisoblanadi. Uning asosida bir tomondan avtomatlashgan ishlab chiqarishning iqtisodiy muhimligi va texnik ehtiyoji yotsa, ikkinchi tomondan ATV ishlab chiqaruvchining texnologik imkoniyati yotadi. Rivojlanishga sabab bo’lgan birinchi omil yangi, ancha takomillashgan ATVni ishlab chiqarishga joriy etish tufayli korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshishi hisoblanadi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy va texnik asoslarining rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: Birinchi bosqich. Ushbu bosqich uchun arzon ishchi kuchining ko’pligi, kam mehnat unumdorligi, agregat va moslamalarning eng kam quvvati xarakterli. Bu tufayli texnologik jarayonlarni boshqarishda insonning eng ko’p ishtiroki, boshqaruv ob’yekti orqali kuzatish, shuningdek boshqaruvchi yechimlarni qabul qilish va ijro etish ushbu bosqichda iqtisodiy jihatdan oqlangan. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirsh alohida jarayonlar bo`lgan, ular orqali boshqarishni inson uchun yetarli darajada ishonchli amalga oshira olmagan. Ikkinchi bosqich. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning kompleks bosqichiga o`tish mehnat unumdorligining o`shishi, agregat va moslamalar birlik quvvatining yaxlit bo`lishi, avtomatlashtirishning moddiy va fan-texnika bazasining rivojlanishi tufayli sodir bo`ldi. Ushbu bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishda inson-operator ob’yektlarni ishga tushirish va to`htatishda, ayniqsa kutilmagan holatlar, avariya holatlar paydo bo`lganda turli mantiqiy operasiyalarni bajarish orqali aqliy mehnat bilan shug’ullanadi, shuningdek ob’yekt holatini baholaydi, avtomatik tizimlar ishini nazorat qiladi va zahiralaydi. Bu bosqichda standartlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyani keng qo`llashga mo`ljallangan ATVni ko`plab seriyada ishlab chiqarish asoslari shakllanadi. Avtomatlashtirish vositalarini keng masshtabli ishlab chiqarish va ularni tayyorlashning o`ziga xos hususiyati ushbu ishlab chiqarishni asta-sekin mustaqil tarmoqqa ajratishga olib keladi. Uchunchi bosqich. Boshqaruvchi hisoblash mashinalari(BHM) paydo bo`lishi bilan texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT) bosqichiga o`tish boshlandi. Ushbu bosqichda BHMlardan foydalangan holda barcha murakkabroq boshqarish funksiyalarning iqtisodiy jihatdan ma’qul ko`rinishda avtomatlashtirish shakllanadi. Lekin, modomiki BHM juda qo`pol va qimmat ekan, u holda boshqarishning oddiyroq funksiyalarini amalga oshirish uchun avtomatikaning an’anaviy analogli qurilmalarini keng tarzda qo`llash yetarli. Bunday tizimlarning kamchiligi yuqori bo`lmagan ishonchlilik, chunki texnologik jarayonlar(TJ)ning borishi haqidagi barcha ma’lumot keladi va BHMga moslashadi, chiqishda buziladi, unga TJBAT ishini nazorat qiluvchi operator-texnolog olish zarur bo`lgan. Albatta, bunday holatlarda TJni boshqarish sifati ancha pasayib ketgan, chunki inson BHM kabi effektiv boshqarishni amalga oshira olmaydi. To`rtinchi bosqich. Bir muncha arzon va kompakt mikroprosessorli qurilmalarning paydo bo`lishi TJ ni markazlashgan boshqaruv tizimini rad etishga imkon berdi, o`rniga taqsimlangan tizimlarni teklif etdi. Ularda TJ alohida o`zaro bog’langan operatsiyalarni bajarish haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash, shuningdek boshqarish yechimini qabul qilish avtonom holda mikrokontrollerlar nomini olgan olgan lokal mikroprosessor qurilmalari orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlangan tizimlarning ishonchliligi markazlashgan tizimlarga nisbatan yuqori. Beshinchi bosqich. Ushbu bosqich mahsulot ishlab chiqarishda moliyaviy, moddiy va energetik oqimlarni nazorat va analiz qilishni amalga oshirishga yordam beruvchi ko`p sonli va bir-biridan uzoqda bo`lgan kompyuterlarni yagona korporativ tarmoqqa bog`lash imkonini beruvchi tarmoq texnologiyasi bilan, shuningdek boshqarishning integrallashgan(yaxlit holga keltirish) tizimiga o`tishga yordam beruvchi TJ ni boshqarish bilan bog’liq. Bu tizimlarda ancha murakkab dasturiy ta’minot yordamida TJ ni boshqarish, rejalashtirish, hisobga olish va boshqa topshiriqlarni o`z ichiga olgan korxona faoliyatini boshqarish bo`yicha barcha kompleks topshiriqlar birgalikda hal etiladi. Oltinchi bosqich. TJ ni boshqaruvchi mikroprosessorlarning tez ishlash qobilyati va boshqa resurslarining oshishi hozirgi vaqtda boshqarishning intellectual tizimlarini yaratish bosqichiga o`tish haqida so`z yuritish imkonini berdi. Bunday tizimlar ma’lumotli noaniqlik sharoitlarida, ya’ni korxonani daromad olishiga ta’sir qiluvchi omillar haqidagi zaruriy ma’lumotlarni yetishmasligida korxonani boshqarishga oid natijaviy yechimlarni qabul qilishga qodir. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling