Mavzu: Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagajni tashish Reja


Download 20.37 Kb.
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi20.37 Kb.
#1447869
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yo\'lovchi va bagaj tashish


Mavzu: Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagajni tashish


Reja:
1. Shaharlararo yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish
2. To`g’ri va aralash tashishlarni tashkil etish
3. Yo'lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo'yiladigan talablar

Shaharlararo yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish
O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g’risida”gi Qonunining
7-moddasiga binoan shaharlararo tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan 50 km dan ortiq masofada amalga oshiriladigan tashishlar, shuningdek, yo`nalish masofasidan qat`iy nazar O`zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Shaharlararo avtobus yo`nalishlari viloyatlararo va viloyat ichidagi yo`nalishlarga ajratiladi.
Viloyat ichidagi shaharlararo yo`nalishlarda avtobuslar harakati (yangi yo`nalishlarni ochish) – viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi departamenti tomonidan, viloyatlararo-shaharlararo yo`nalishlarda O`zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvallar bo`yicha amalga oshiriladi.
Viloyatlararo avtobuslarda tashishda yo`nalish masofasi 300—400 km va undan ortiq bo`ladi.
Avtobuslarning harakat intervali yo`lovchilar oqimining hajmiga bog’liq bo`ladi. Ko`pchilik holatlarda kuniga bir yoki ikki marta avtobuslar oxirgi bekatdan jo`natiladi.
Ushbu yo`nalishlardagi tashishlar hajmi mavsum bilan bog’liq bo`lib, ko‘p hollarda yoz oylarida o‘sadi.
Viloyat ichidagi avtobuslarda tashishda yo`nalish masofasi 100 km gacha va undan ortiq bo`ladi. Harakat intervali esa, yo`lovchi oqimining taqsimlanish xarakteriga qarab 30 minutdan 3-5 soatgacha bo`ladi.
Shaharlararo avtobus yo`nalishlarida yumshoq o`rindiqli, yo`lovchilarga yaxshi qulayliklar yaratilgan avtobuslardan foydalaniladi.
Shaharlararo avtobuslarda tashish hajmi viloyatlardagi (avtonom respublika) avtobus, temir yo`l, havo va suv transportining o`tgan 5—10 yil ichidagi haqiqiy rivojlanishini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. Bunda yo`l tarmog’ining rivojlanishi va obodonlashtirilishi (viloyat, respublika, avtonom respublika), aholi sonining o`sishi va mavsumiy notekislikni hisobga olib, aholining shaharlararo avtobus aloqasini muntazam ta`minlash darajasi hisobga olinadi.
Shaharlararo yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarning o`rtacha sig’imi o`tiradigan o`rindiqlarga qarab hisoblanadi va bu avtobuslarda albatta bagaj uchun bo`limlar mavjud bo`lishi kerak.



Download 20.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling