Mavzu: Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagajni tashish Reja
Download 20.37 Kb.
|
Yo\'lovchi va bagaj tashish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaharlararo yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish
Mavzu: Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagajni tashish Reja: 1. Shaharlararo yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish 2. To`g’ri va aralash tashishlarni tashkil etish 3. Yo'lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo'yiladigan talablar Shaharlararo yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g’risida”gi Qonunining 7-moddasiga binoan shaharlararo tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan 50 km dan ortiq masofada amalga oshiriladigan tashishlar, shuningdek, yo`nalish masofasidan qat`iy nazar O`zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. Shaharlararo avtobus yo`nalishlari viloyatlararo va viloyat ichidagi yo`nalishlarga ajratiladi. Viloyat ichidagi shaharlararo yo`nalishlarda avtobuslar harakati (yangi yo`nalishlarni ochish) – viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi departamenti tomonidan, viloyatlararo-shaharlararo yo`nalishlarda O`zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvallar bo`yicha amalga oshiriladi. Viloyatlararo avtobuslarda tashishda yo`nalish masofasi 300—400 km va undan ortiq bo`ladi. Avtobuslarning harakat intervali yo`lovchilar oqimining hajmiga bog’liq bo`ladi. Ko`pchilik holatlarda kuniga bir yoki ikki marta avtobuslar oxirgi bekatdan jo`natiladi. Ushbu yo`nalishlardagi tashishlar hajmi mavsum bilan bog’liq bo`lib, ko‘p hollarda yoz oylarida o‘sadi. Viloyat ichidagi avtobuslarda tashishda yo`nalish masofasi 100 km gacha va undan ortiq bo`ladi. Harakat intervali esa, yo`lovchi oqimining taqsimlanish xarakteriga qarab 30 minutdan 3-5 soatgacha bo`ladi. Shaharlararo avtobus yo`nalishlarida yumshoq o`rindiqli, yo`lovchilarga yaxshi qulayliklar yaratilgan avtobuslardan foydalaniladi. Shaharlararo avtobuslarda tashish hajmi viloyatlardagi (avtonom respublika) avtobus, temir yo`l, havo va suv transportining o`tgan 5—10 yil ichidagi haqiqiy rivojlanishini tahlil qilish natijasida aniqlanadi. Bunda yo`l tarmog’ining rivojlanishi va obodonlashtirilishi (viloyat, respublika, avtonom respublika), aholi sonining o`sishi va mavsumiy notekislikni hisobga olib, aholining shaharlararo avtobus aloqasini muntazam ta`minlash darajasi hisobga olinadi. Shaharlararo yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarning o`rtacha sig’imi o`tiradigan o`rindiqlarga qarab hisoblanadi va bu avtobuslarda albatta bagaj uchun bo`limlar mavjud bo`lishi kerak. Download 20.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling