Mavzu: Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi
Download 272 Kb.
|
Amaliy mashgulot №5
Bir diskli ilashish muftasini kinematik shakli.
Ilashish muftasi xarakatni yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga o‘tkazish usuli bo‘yicha ishqalanib ishlovchi va suyuqlikli ilashish muftalarga bo‘linadi. Biz nisbatan keng tarqalgan ishqalanib ishlovchi ilashish muftalarini ko‘rib chiqamiz. Ilashish muftalari yetaklanuvchi disklarning soniga qarab bir diskli, ikki diskli va ko‘p diskli xillariga bo‘linadi. Ilashish muftalari qisuvchi mexanizmning xilliga qarab doimiy qo‘shilgan va doimiy qo‘shilmagan xillarga bo‘linadi. 7.2-rasmda bir diskli ilashish muftasining shakli keltirilgan. yetakchi disk vazifasini odatdagidek, maxovik bajarmoqda. Uning ikki tomoniga esa yuqori ishqalanish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan ferodo parchinlangan. Odatda ilashish muftasining tepkisi 4 ga kuch qo‘yilmaganda ilashish muftasini yetaklanuvchi diski 7 prujinalar 6 va qisuvchi disk 3 orqali yetakchi diska jipslangan holda bo‘ladi. Natijada ular orasida ishqalanish kuchi xosil bo‘lib, yetakchi diskdan yetaklanuvchi diska burovchi moment beriladi. yetaklanuvchi disk 7 transmissiyaning birlamchi vali 5 bilan shlitsali bog‘langani uchun burovchi moment yetaklanuvchi diskdan transmissiyaning birlamchi valiga o‘tadi. SHuni aytib o‘tish kerakki, qisuvchi disk ilashish muftasining g‘ilofi 2 bilan shlitsali bog‘langan. SHuning uchun qisuvchi disk 3 ham yetaklovchi xisoblandi. Uzatmalar qutisining birlamchi valini dvigateldan ajratish uchun ilashish muftasining yetaksi diskini yetaklanuvchi diskdan ajratish zarur bo‘ladi. Buning uchun ilashish muftasining tepkisi bosilib, ikki yelkali richag 10 orqali qisuvchi mufta 9 chap tomonga suriladi. Natijada qisuvchi disk 3 prujinalarni kuchini yengib o‘ng tomonga suriladi va yetaklanuvchi disk jipslikdan ozod bo‘ladi. Ishqalanish kuchi yo‘qolgani uchun burovchi moment yetakchi diskdan yetaklanuvchi disk orqali transmissiyaning birlamchi valiga uzatilmaydi. Download 272 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling