Mavzu: Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi


Download 272 Kb.
bet1/7
Sana15.06.2023
Hajmi272 Kb.
#1487526
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashgulot №5


Amaliy mashg‘ulot №5



Mavzu:

Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi



Ishdan maqsad:

Avtotraktorlarning transmissiyalari turlari, vazifasi va ularning qismlari tuzilishi, vazifasi bilan tanishish.



TOPSHIRIQ

1. Avtotraktorlarning shassisi haqida ma’lumot.



  1. Avtotraktorlarning transmissiyalari vazifasi hamda tuzilishi

bilan tanishing.

  1. Tishlashish muftasi va uzatmalar qutisi vazifasi hamda ishlash

tamoyilini o‘rganing.
4. Oraliq birikmalar va kardanli uzatmalar vazifasi bilan tanishing.
5. Traktor va avtomobillarning yetakchi ko‘priklari.


Avtotraktorlarning shassisi

Traktor va avtomobillarda dvigatel quvvat manbai sifatida qanchalik muxim o‘rin tutsa, shassi ham shu quvvatda to‘la foydalanish nuqtai nazardan asosiy vazifani o‘taydi.


Traktor va avtomobillar shassisiga dvigateldan olinayotgan burovchi momentni yoki aylanishlar chastotasini yetakchi g‘ildirakka qiymati va yo‘nalishi o‘zgargan holda yetkazib berish, aylanma xarakatni bo‘ylama xarakatga (oldingi yoki orqaga), shuningdek kerak bo‘lsa tormozlash yoki dvigatelni salt ishlashini ta’minlashdek muxim vazifa yuklatilgan.
Traktor va avtomobillarning shassisi bir necha qismdan iborat: transmissiya, yurish qismi, rul boshqarmasi va tormoz tizimi.
Transmissiya traktorlarni tinch holatidan sekin astalik bilan, boshqa mexanizmlarga ortiqcha yuk tushirmasdan siljishini, har xil tezlikda xarakat qilishini, yo‘nalishni o‘zgartirishini ta’minlaydi. Bundan tashqari quvvat olish vali orqali traktorga tirkalgan qishloq xo‘jalik mashinasini burovchi moment bilan ta’minlaydi.
YUrish qismi yetakchi g‘ildirakka yoki yulduzchaga yetib kelgan aylanma xarakatni traktor yoki avtomobilning bo‘ylanma xarakatiga o‘zgartirib beradi.
Rul boshqarmasi traktor yoki avtomobilning egri chiziqli xarakatini (chap yoki o‘ngga) amalga oshiradi, shuningdek to‘g‘ri chiziqli (oldinga yoki orqaga) xarakatini ta’minlaydi.
Tormoz tizimi traktor yoki avtomobilning tezligini pasaytirish, xavfli holatlarda birdaniga to‘xtatish, tezlikni pasaytirib burish jarayonini amalga oshirish va traktor yoki avtomobillarning qo‘zg‘almay turishini ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.

Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling