Mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining roli va ahamiyati
Download 470.04 Kb.
|
1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13 – modda.
- Respublikasining Prezidenti I.Karimov O’Z-O’ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA QILISH UCHUN SAVOLLAR
10 – modda. Elektron tijoratda ofertaga taklif etish
Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, Shu jumladan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risidagi reklama yoki boshqa ma’lumotlar maxsus bilimga ega bo’lmagan qabul qilib oluvchiga qabul qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va oferta jo’natuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim etilishi kerak. 11 – modda. Elektron tijoratda ofertaga qo’yiladigan talablar Elektron tijoratda shartnoma tuzish maqsadida yo’llanadigan oferta, Shu jumladan nomuayyan shaxslar doirasiga yo’llanadigan oferta: elektron hujjatlardan foydalangan holda shartnoma tuzish tartibini; shartnoma shartlarini kelishib olish chog’ida o’zgartishlar kiritish imkoniyati va tartibini; akseptni elektron hujjat vositasida yuborish va chaqirib olish tartibini; hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo’li bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga taalluqli qaydlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. 12 – modda. Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining dalili sifatida foydalanish Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining dalili sifatida foydalanish mumkin. 13 – modda. Nizolarni hal etish Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 14 – modda. Elektron tijorat to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Elektron tijorat to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov O’Z-O’ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA QILISH UCHUN SAVOLLAR 1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari nima uchun xizmat qiladi ? 2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy elementlarini keltiring. 3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qanday belgilar asosida tavsiflanadi ? 4. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari qanday xususiyatlarga ko’ra tavsiflanadi ? 5. Integrallashgan paketlar o’z tarkibiga qanday texnologiyalarni qamrab oladi ? 6. Multimedia ‒ texnologiya deb nimaga aytiladi ? 7. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etib borish bosqichlarini aytib bering. 8. Kommunikatsiyalar tizimi deganda nimani tuShunasiz ? 9. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari hal etadigan vazifalarni aytib bering. 10. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari evolyusiyasini aytib bering. 11. EHMlar nechta avlodga bo’linadi va nimalari bilan o’zaro farq qiladi? 12. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining rivojlanib borish tendensiyalari nimalar bilan izohlanadi ? http://fayllar.org Download 470.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling