Mavzu: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta`lim jarayonida qo`llanishi


Download 178.05 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi178.05 Kb.
#1723339
  1   2   3
Bog'liq
Ibragimov Umid, axborot tex talim

Ibragimov Umidning “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta`lim jarayonida qo`llanishi” mavzusidagi taqdimoti

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.

Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

Jahon taʼlim tizimida onlayn ta’lim masofaviy ta’limning eng yangi shakllaridan hisoblanib, bir necha o‘n yillardan beri qo‘llanib kelinadi. Ushbu taʼlim turi elektron usulda o‘rganish deb ataladi va u internet orqali amalga oshiriladi. Hozirda taʼlim oluvchilarning koʻp qismi taʼlim olayotgan onlayn ta’lim o‘qituvchilarning dars berish usullari va o‘quvchilarning o‘rganish usullarida pedagogik o‘zgarishlarga yo‘l ochdi.

Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘i orqali masofadan turib, onlayn yoki oflayn o‘qish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarga juda katta imkoniyat bermoqda. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab elektron ta’lim olish imkonini beruvchi juda ko‘plab elektron ta’lim platformalari faoliyat yuritmoqda. Elektron usulda ta’lim olishning eng afzal tomoni ta’lim oluvchi ayrim sabab bilan darsda qatnasha olmasa yoki darsni yaxshi o‘zlashtira olmasa, platformaga kirib, video-ma’ruzalardan qayta-qayta foydalanishi mumkin. Bu esa ta’lim olish samaradorligini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ladi.


Download 178.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling