Utilitlar – ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha operatsiyalarni
bajarishga yoki komputerga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar)
mo’ljallangan dasturlardir.
Komputerning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy
dasturiy ta’minotdir (ADT). Bunga asosiy sabab – komputerlardan inson
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishi. Amaliy dasturiy ta’minotni
quyidagicha tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |