Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarining dasturiy ta’minot (DT) ini tushuntirib bering?


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana20.11.2020
Hajmi0.5 Mb.
#148720
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu 1


1-Topshiriq. Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarining dasturiy ta’minot (DT) ini tushuntirib bering?

Komputerning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minotdir (ADT). Bunga asosiy sabab – komputerlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishi. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasvirlash mumkin. Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:

buxgalteriya uchun DT;

personalni boshqarish DT;

jarayonlarni boshqarish DT;

bank axborot tizimlari va boshqalar.



Umumiy maqsadli ADT – soxa mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: komputerlarda ma’lumorlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); matnli hujjatlarni avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muhharrirlari; grafik muharrirlar; hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlochi elektron jadvallar; taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar. Ofis ADT - idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: rejalashtiruvchilar yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va qaydnomalarni olib boruvchi dasturlar; tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o’zgartiruvchi dasturiy vositalar; tarmoqdagi uzoq muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

Topshiriq. Veer texnologiyasi asosida tuzilgan jadvalni izohlang



Veer texnologiyasi orqali uchta dasturimizda ya’ni (MS Word, MS Excel, MS PowerPoint) bo`lgan ayrim funksiyalarni ko`rib chiqamiz.

Matnlar bilan ishlash uchun uchala programmada ham ishlasa bo’ladi lekin biz qanday matn bilan ishlashimizga e’tibor berishimiz kerak albatta, matnimiz oddiy matn bo’lsa ya’ni jadvallarsiz rasmlarsiz bo’lganda biz MS Word da yozganimiz maqulroq. Agarda biz rasmlar yoki biror bir animatsion vositalardan foydalansak MS PowerPoint dan foydalanganimiz yaxshiroq. Rasmlar bilan ishlashda faqatgina MS PowerPoint da emas MS Word, MS Excel ….. larda ham ishlasa bo’ladi lekin imkoniyat darajasidan qaraganda farq qiladi.

Formulalar bilan ishlashda biz ikkita dasturimizda ishlasak bo’ladi. Formulalar bilan ishlashda imkoniyat darajasiga kelsak MS Word va MS Excel da deyarli birxil. Lekin biz asosan jadval bilan birgalikda formulalardan foydalansa bizga MS Excel maqulroq. Lekin bunaqa holatlarni ko’pincha savdo rastalarimizda ko’proq qo’llaniladi. Qisqacha qilib aytganda formula bilan ishashda MS Word va MS Excel uchun musbat ya`ni ijobiy MS PowerPoint uchun manfiy ya`ni salbiy ko`rsatkichlarga ega.

Jadval bilan ishlashga kelsak biz uchala dasturimizda ham ishlasak bo’ladi. Jadval bilan ishlashda bizga uchala dasturimiz ham ijobiy natija bermoqda lekin men asosan jadvallar bilan ishlaganimda ko’proq MS Word va MS Excel bilan ishlayman.

Faqatgina MS Word dasturi giperssilkalar bilan ishlay oladi va MS Excel va MS PowerPoint dasturlariga esa biz manfiy ishorani yoki salbiy natijani qayd etishimiz mumkin

Xulosa: MS Word yuqoridagi funksiyalar bilan ishlay olish darajasiga kelsak biz 5ta imkoniyat darajasidan foydalanishda beshalasida ham ijobiy natija berganini ko’rishimiz mumkin. MS Excelda 4 ta ijobiy va bitta salbiy natija ko`rsatilan ya’ni giperssilkalar bilan ishlay olmasligini ko’rishimiz mumkin. MS PowerPoint dasturida esa 3 ta ijobiy va 2 ta salbiy ko`rsatkichlar qayd etilgan. Jadvalda ko’rinib turubdiki MS PowerPoint formulalar bilan giperssilkalar bilan ishlay olmas ekan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling