Mavzu: Axborot resurslari – axborot texnologiyasining asosi. Axborot tizimi. Reja


Download 342.53 Kb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi342.53 Kb.
#1221730
1   2
Bog'liq
Informatika mustaqil ish 3-mavzu

Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
“Axborot texnologiyalari” keyin “Zamonaviy axborot texnologiyalari” degan tushuncha ham fanga kirib keldi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi – shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanishga, foydalanuvchilarning (dasturlash bo’yicha mutahassis bo’lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, «do’stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo’lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari tufayli ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning uch asosiy tamoyillari quyidagilar:
1. Kompyuterli interaktiv muloqotli ish rejimi;
2.Boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashish, o’zaro aloqa;
3. O’zgarish jarayonlarining ma’lumotlar va vazifaning quyilishi jihatidan moslashuvchanligi.
AXBOROT RESURSLARI ­ matn ko‘rinishidagi materiallar, ovozli yozuvlar va tasvirlardir. Bu umumiy tushuncha bo‘lib, resurs axborotdan yaratiladi, lekin uning aniq bir shaklini anglatmaydi. Bu shunchaki tartibsiz ko‘rinishdagi, turli xil formatdagi hujjatlarning to‘plami, ya’ni ma’lumotlar massivi bo‘lishi mumkin.
Axborot resurslari bir nechta turlarga ajratiladi:

  • AXBOROT-KUTUBXONA RESURSI

  • ILMIY-TA’LIMIY AXBOROT RESURSLARI;

  • JAHON AXBOROT RESURSLARI;

AXBOROT-KUTUBXONA RESURSI ­ moddiy ob’yektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. Bu yerda «identifikatsiyalash uchun rekvizitlar» tushunchasi muhim o‘rin tutadi, chunki, mazkur ko‘rsatkichlar asosida hujjatni topish (identifikatsiyalash) mumkin. Rekvizitlar qat’iy qoidalar va kutubxonachilik standartlari asosida qo‘yiladi. Bu an’anaviy hamda elektron, virtual kutubxonalardagi ma’lumotlar qidiruv jarayonini shakllantirishda muhim jihatdir.
ILMIY-TA’LIMIY AXBOROT RESURSLARI – litsenziyalangan va taqrizdan o‘tgan ilmiy-ta’limiy axborotlar (jurnallar, maqola, kitoblar, multimedia va boshqalar). Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari muhim qiymatga ega bo‘lgan intellektual manbadir. Odatda har bir hujjat ma’lumotlar bazasi, jurnallar, tegishli to‘plamlarga kiritilishidan avval yetakchi olimlar, mutaxassislar tomonidan saralashdan o‘tadi. Bu hujjatlar tizimlashtiriladi, kataloglashtiriladi va operativ foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-ta’limiy axborotlarning ma’lumot bazalariga joylashtiriladi. Asosiy foydalanuvchilarni ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar tashkil etadi.
JAHON AXBOROT RESURSLARI – dunyoning yetakchi nashriyotlarining axborot resurslaridir. Bu axborot qidiruv tizimiga ega jamiyat tomonidan tan olingan, tizimlashtirilgan va tuzilmalashgan ilmiy-ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalaridir. Jahon axborot resurslari ro‘yxatiga yuqori impakt faktorli jurnallar, eng ko‘p iqtibos keltirilgan ilmiy monografiyalar, darsliklar, maqolalar va boshqa resurslar kiradi.


II bob.
«Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi. Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.

«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.
Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat:
 kiritish;
 ishlov berish;
 chiqarish;
 teskari aloqa.
Sxematik shaklda:

Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui. Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi.
Kompyuterlar va axborot tizimlari o’rtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan bo’lib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi. Axborot tizimlarining qo’llanish sohalari turli-tumandir. SHuningdek, har bir tizimga xos bo’lgan xususiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi ko’plab omillar orasida uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi. Sanab o’tilgan omillar ham tizimning o’zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini belgilab beradi.
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Aeroflot va temir yo’l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborotma’lumot tizimi uchun misol bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlar operativ tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi, chunki tizimga deyarli har bir murojaat qilish axborot fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi (joylar band qilinadi, yangi reyslar qo’shiladi va h.k.). Axborot-ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir.
Xulosa:
Demak, axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimini yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayti paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa tug’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi. Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy ele-mentlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va printsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  • AXBOROT TIZIMLARI o’quv qo’llanmasi (2013);

  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Axborot_texnologiyalari;

  • https://mitc.uz/uz/pages/information_recourses

  • https://uz.unansea.com/axborot-resurslari-bu-nima-axborot-resurslaridan-foydalanish/

  • JAHON AXBOROT RESURSLARI darslik (2019)

Download 342.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling