Mavzu: Axborot risklarini boshqarish


Translyatsion axborot riski. Buxgalteriya riski


Download 0.76 Mb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1119802
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Axborot risklarini boshqarish (1)

Translyatsion axborot riski. Buxgalteriya riski

  • Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai bo’lib, turli mamlakatlar valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o’rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bulishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o’zaro munosabatlarining to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Kompaniya shaxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valyuta kursi o’zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.

Iqtisodiy axborot riski.

  • Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy holatiga almashinuv kursi o’zgarishining salbiy ta’siri ehtimoli sifatida ta’riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatlashuvning o’zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste’molchilari ehtiyojining o’zgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin.
  • Iqtisodiy axborot riski mamlakatlar o’rtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda valyutalar kursining o’zgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning o’sha mamlakatdagi shoxobchasida sotib olinadigan tovarlarni hisob-kitob qilish jarayonida valyuta kursi iqtisodiy valyuta risklarini yuzaga keltiradi

Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun axborot riskini paydo bo’lishining quyidagi shartlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • ochiq axborot pozitsiyasining mavjudligi;
  • shartnomaning tuzilishi va u bo’yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi.

Axborot pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan.

  • Axborot pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan.
  • “Uzun” pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil bo’ladi.
  • “Qisqa” pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan valyuta sotilganda hosil bo’ladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling