Mavzu: Axborot sohasida globallashuv shhg’o stm chet tillari va adabiyoti sikli o’qituvchisi Bekmuratova U. B


Download 107.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2020
Hajmi107.15 Kb.
#105847
Bog'liq
axborot sohasida globallashuv


Mavzu: Axborot sohasida globallashuv  

SHHG’O STM Chet tillari va adabiyoti sikli o’qituvchisi Bekmuratova U.B 

Bugungi  kunda  noana’naviy  tahdidlar  xalqaro  mojarolarning  qiyofasini 

butunlay  o’zgartirmoqda  va  informatsion-psixologik  xurujlar  sezilarli  xavf-xatar 

tug’dirmoqda.  Ular  armiyamizning  negiziga  putur  yetkazish,  avvalo  uning 

ma’naviy-ahloqiy  asoslariga  ta’sir  o’tkazishga  urinish  va  shuningdek,  zamonaviy 

internet  texnologiyalaridan  foydalanish  orqali  bizning  bunyodkorlik  ruhidagi  boy 

madaniyatimiz,  ma’naviy  qadriyat  va  an’analarimizga  mutlaqo  zid  bo’lgan 

buzg’unchi  g’oya  va  tushunchalarni  yoshlarimiz  ongu  tafakkuriga  singdirishga 

qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir.  

 I. A. Karimov.  

Prezidentimiz  aytganlaridek,  axborot  omili  yadroviy  poligonlardan  ham 

dahshatli  omilga  aylanib borayotir.  Agar  mazkur omilga  alohida  e’tibor  berilmas 

ekan,  u  borgan  sari  kuchayib  boradi.  Natijada,  ayrim  kuchlar  qo‘lida  asosiy 

“qurol”ga  aylanadi.  Bu  esa  nafaqat  davlatlar  yoki  mintaqalarda  keskin  vaziyat 

vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ladi,  balki  xalqaro  miqyosda  ham  o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi.  Xalqaro  munosabatlar  tizimida  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar  natijasida 

milliy  xavfsizlik,  mintaqaviy  xavfsizlik  va  xalqaro  xavfsizlik  kabi  tushunchalar 

mohiyatini  tushinishga,  ularning  o‘zaro  bog‘liqligini  anglashga  e’tibor  ortib 

bormoqda.  Bugungi  dunyoning  axborot  xavfsizlik  holati  “Xavfsizlik”ka  bo‘lgan 

zamonaviy  yondashuvlarni  ishlab  chiqishga  va  milliy,  mintaqaviy  va  xalqaro 

xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.  

Bugungi  kunda,  –  degan  edi,  O‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov,  –  insoniyat 

qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga 

yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf 

–  insonlarning  qalbi  va  ongini  egallash  uchun  uzluksiz  davom  etayotgan 

mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida 

bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”.  

Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z 

maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, 

qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham 

ahamiyatlidir.  Ya’ni,  insonning  oddiy,  kundalik  ehtiyojlarini  qondirishga 

qaratilgan  xatti-harakatlarining  asosini  ham,  dunyo  mamlakatlarining  insoniyat 

taqdiriga dahldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa 

o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.  

Axborot  xurujlarining  tez-tez  uyushtirilayotgani  aslida  “urush”ga  munosabatni 

o‘zgarganidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan 


qurollangan  bunday  xurujlar  davlatlar  tomonidan  o‘z  manfaatlari  doirasini 

kengaytirish  maqsadida  uyushtirilar  ekan,  bunday  vaziyat  mavjud  bo‘lmaydi. 

Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning 

asl  maqsadi-inson  qalbi  va  ongi  uchun  kurashga  qaratilgan.  Bu  kurash  natijasiga 

ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat.  

Birinchisi – muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi.  

Ikkinchisi – axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan 

boshqa bir  masala  yuzasidan qarorlar qabul qilishda  solishtiruvchi  manba sifatida 

foydalanish mumkin.  

Uchinchisi  –  axborot  fikr  yoki  g‘oya  sifatida  inson  qalbini  egallashi,  ma’naviy-

ruhiy  holatining  uzviy  qismiga  aylanishi  hamda  bu  uning  amaliy  faoliyati  asosini 

tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin.  

Axborot  sohasida  dunyo  miqyosida  yuz  berayotgan  globallashuvning  ijobiy  va 

salbiy jihatlari juda ko‘p. Ushbu jarayonni o‘rganar ekanmiz, avvalo, globallashuv 

nima, degan savolga javob topishga harakat qilamiz. 

Global,  fransuzcha  –  global,  ya’ni,  umumiy,  lotincha  –  globus,  ya’ni,  shar 

degan  ma’nolarni  anglatadi.  Uni  keng  ma’noda,  birinchidan,  butun  yer  sharini 

qamrab oluvchi, ikkinchidan, har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal deb tushunish 

mumkin. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda  aytish  mumkinki,  globallashuv  –  kishilik 

jamiyatidagi  mahalliy  ahamiyatga  molik  axborot,  madaniy,  iqtisodiy,  geosiyosiy 

makonlarning  bir  tizimga  birlashuvi  jarayonidir.Yer  sharining  turg‘un  transport 

yo‘llari  bilan  birlashtirilishi,  axborot  texnologiyalari  rivojlanishi  natijasida 

axborotning  bir  zumda  butun  dunyoga  tarqalishi  globallashuvning  o‘ziga  xos 

ko‘rinishlari, deyish mumkin. 

Globallashuv  jarayonining  ijobiy  va  salbiy  jihatlari  anchagina.  Zero,  davlatlar  va 

xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu jarayon g‘oyat muhim 

o‘rin tutadi. Ayniqsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-

fan  yutuqlaridan  hammaning  birdek  bahramand  bo‘lishi,  yangiliklar  va  boshqa 

muhim axborotlar tezlik bilan tarqalishi ijobiy holdir. Turli muammolarni hal etish, 

aytaylik,  tabiiy  ofatlarni  bartaraf  qilish,  og‘ir  ahvolga  tushib  qolganida 

mamlakatlarning  bir-biriga  o‘zaro  yordam  ko‘rsatish  imkoniyatlari  globallashuv 

jarayonida yanada yuqori darajaga ko‘tarilishi tabiiy holga aylangan. 

Insoniyatning  shunday  mo’jizakor  yutuqlaridan  ham  ba’zi  buzg‘unchilar  salbiy 

maqsadlarda foydalanayotganlari taassufli holdir.  

“Ayni  paytda  hayot  haqiqati  shuni  ko’rsatadiki,  har  qanday  taraqqiyot 

mahsulidan  ikki  xil  maqsadda  ezgulik  va  yovuzlik  yo‘lida  foydalanish  mumkin. 

Agarki  bashariyat  tarixini,  uning  tafakkur  rivojini  tarkibiy  ravishda  ko‘zdan 



kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan 

ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash 

mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz”,– 

deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. 

Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, 

shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea  bizdan  juda olisda  yuz  beribdi, 

uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga 

berilgan  xalq  yoki  millat  taraqqiyotdan  yuz  yillar  orqada  qolib  ketishi  hech  gap 

emas”

.

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat  qurilishi 

akademiyasi professori Abdullajon Begmatov qayd etishicha, ayrim mutaxassislar 

globallashuvni  turli  mamlakatlar  iqtisodi,  madaniyati,  ma’naviyati,  odamlari 

o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deb ta’riflaydilar. U fransuz 

tadqiqotchisi  B.Bandining  globallashuv  jarayoni  haqidagi  quyidagi  fikrlarini 

keltiradi: 

Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; 

Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni

Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni. 

Bu ta’riflarda keltirilgan globallashuv jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar bilan 

bog‘liqdir. 

Shu  o‘rinda  muallif  globallashuvning  mamlakatlar  iqtisodiy  siyosati  va 

ma’naviyatiga  o‘tkazishi  mumkin  bo‘lgan  ijobiy  va  salbiy  ta’siri  haqida  so‘z 

yuritar  ekan,  Hindistonning  mashhur  davlat  arbobi  Mahatma  Gandining  quyidagi 

so‘zlarini  ta’kidlaydi:  “Men  uyimning  darvoza  va  eshiklarini  doim  mahkam 

berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak.  Shu bilan 

birga  ochilgan  eshik  va  derazalarimdan  kirayotgan  havo  dovul  bo‘lib  uyimni 

ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”. 

Globallashuv  tarafdorlari  globalistlar,  deb  ataladi.  Ular  orasida  davlat  arboblari, 

siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi.  

Globallashuv  muxoliflari  esa  aksilglobalistlar  nomini  olgan  bo‘lib,  ular  orasida 

ko‘proq  so‘l  kuchlar,  kasaba  uyushmalari  va  yoshlar  tashkilotining  vakillari  bor. 

MDH  hududida aksilglobalistlar  Rossiya  Federatsiyasi hududida  faol harakat olib 

bormoqdalar. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib 

turadilar. 

XX 


asr 

o‘rtalarida 

globallashuvning 

institutsionallashuvi, 

ya’ni 

tashkillashuvi  kuchaygandan  keyin  bu  jarayonning  o‘zi  ham  keskin  tezlashdi  va 



kuchaydi.  Institutsionallashuvning  kuchayganini  Butunjahon  savdo  tashkiloti, 

Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki 

ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin. 

Tahlil  shuni  ko‘rsatadiki,  globalizm  tarafdorlari  ham,  dushmanlari  ham  asosiy 

e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va 

ma’naviy  globallashuv  masalalari  sotsiologiya,  falsafa  kabi  fanlarda  o‘z  aksini 

topishi  zarur.  Binobarin,  qandaydir  yot  g‘oyalar,  oqimlar  va  mafkuralar 

ma’naviyatimizga  vayronkor  ta’sir  o‘tkazishiga  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Chetdan 

o‘tkaziladigan har qanday mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan 

avval  qanday  ta’sirlar  ijobiy  ma’no  kasb  etadi-yu,  qaysilari  ortiqcha  ekanligini 

aniqlab olish zarur. 

O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham Sharq va G‘arbni tutashtirgan 

karvon  yo‘llarida  joylashgani  sababli  ham  Sharq,  ham  G‘arb  madaniyatidan 

bahramand bo‘lgan. 

Muhimi  shundaki,  xalqimiz  G‘arb  va  Sharq  ma’naviyatidan  bahramand  bo‘lib 

ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi 

cho‘qqilarga  ko‘tarildi.  Bu  fikrning  tasdig‘ini  ma’naviyatning  tarkibiy  qismlari 

bo‘lgan  ilmiy  bilimlar,  diniy  e’tiqod,  san’at  durdonalari  misolida  ham  ko‘rish 

mumkin. 


Ayrim mutaxassislar globallashuvni aniq voqeliklarga tayangan holda izohlaydilar. 

Undan kelib chiqadigan xulosalarni izohlash mumkin: 

1.  G‘oyalar va madaniyat sohasidagi globallashuv. 

Yagona  axborot  makonida  ilg‘or  va  insonparvar  g‘oyalar  o‘zaro  yaqinlashib 

boraveradi.  Madaniyat  sohasida  ham  umumbashariy  g‘oyalar  globallashib 

borayotgani  kuzatilmoqda.  Bu  borada  O‘zbekiston  dunyo  taraqqiyotiga  xizmat 

qilayotgan  hamda  milliy  madaniyatimizga  mos  keladigan  madaniy  boyliklarga 

alohida  e’tibor  bilan  qaraydi.  Ya’ni,  turli  rivojlangan  davlatlar  bilan  madaniy 

aloqalarini muttasil rivojlantirib boraveradi. 

2.  Axborot va kommunikatsiya sohasidagi globallashuv. 

Dunyo  allaqachon  yagona  axborot  makoniga  aylangan.  Buning  qator  ijobiy 

jihatlari  borligini  inkor  etmagan  holda  ayrim  salbiy  jihatlaridan  ham  ko‘z  yumib 

bo‘lmaydi.  Ya’ni,  jamiyat  xavfsizligi  va  barqarorligiga  tahdid  soluvchi  misli 

ko‘rilmagan  yangi-yangi  xavflar  paydo  bo‘lmoqda.  Ko‘pincha  ayrim  axborot 

vositalari  uyushgan  jinoyatchilar,  terrorchilar  qo‘lida  juda  xavfli  qurolga  aylanib 

qolmoqda.  “Buning  tasdig‘ini  yon-atrofimizda,  dunyoning  turli  mintaqa  va 

hududlarida  yuz  berayotgan  voqealar,  ayrim  siyosiy  kuchlarning  soxta  g‘oya  va 

mafkuralarni  oldinga  surish  orqali  o‘zlari  ko‘z  tikkan  mamlakatlarni  ta’sir 

doirasiga olish va o‘ziga tobe qilish, xalqaro maydonda ikki xil standartlarni ishga 


solib,  kerak  bo‘lsa,  kuch  ishlatib,  uzoqni  ko‘zlagan  strategik  maqsadlarini 

zo‘ravonlik  bilan  amalga  oshirishga  qaratilgan  urinishlari  misolida  kuzatish 

mumkin,–  deb  yozadi  Prezident  Islom  Karimov.–  Takror-takror  aytishga  to‘g‘ri 

keladi  –  bunday  kuchlar  o‘z  maqsadlariga  yetish  uchun  shunday  makkor  usul  va 

zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  ishlatmoqdaki,  ularning  tazyiqlariga  dosh 

berish,  bunday  xurujlarning  niqobi  va  sir-asrorini  ochib  tashlash,  asl  niyatlarini 

anglash  –  bu  o‘ta  og‘ir  va  mushkul  vazifa  bo‘lib, uni  ado  etish  har  kimning  ham 

qo‘lidan kelmaydi”. 

 Axborot sohasidagi globallashuv jarayonida eng muhimi, ana shunday axborot 

xurujlariga  qarshi  avvalo  yoshlarda  yetarli  darajada  mafkuraviy  immunitetni 

oshirib borish faqat ijobiy samara berishi mumkin. 

3.  Iqtisodiy globallashuv. 

Texnologiyalarning  taraqqiy  etishi  jahon  iqtisodiy  tizimining  yagona  kompleks 

sifatida faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengayishi uchun shart-sharoit yaratdi. 

Bu  globallashuvning  ham  o‘ziga  yarasha  ijobiy  jihati  bilan  bir  qatorda  salbiy 

tomonlari  ham  yo‘q  emas.  2008  yilda  butun  dunyoni  tashvishga  solgan  jahon 

moliyaviy inqirozi deyarli biror mamlakatni chetlab o‘tmadi. 

4.  Geosiyosiy globallashuv. 

“Geosiyosiy”  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosini  –  geografik  siyosiy,  deb  talqin  etish 

mumkin. Ya’ni, biror mamlakatning o‘rni, chegaralari, iqlimi va boshqa geografik 

omillarining  davlat  tashqi  siyosatiga  (geografik-siyosiy  strategiyasi  va  h.k.ga) 

muayyan ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi. 

Geosiyosiyga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan 

uning ichki va tashqi siyosati o‘rtasidagi uyg‘unlik prinsipi asos qilib olinadi. 

Mutaxassislar  fikricha,  geosiyosiy  va  geoiqtisodiy  omillar  yig‘indisi 

globallashuvning  qat’iy,  ashaddiy  muxoliflarini  vujudga  keltirmoqda.  Ayrim 

rivojlangan  mamlakatlar  globallashuv  jarayonining  asosiy  harakatlantiruvchi 

kuchi, “menejeri” bo‘lishga intilmoqda. 

Globallashuv jarayonida dunyo miqyosida paydo bo‘lgan xavf-xatarlardan aslo 

ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu muammolar quyidagicha: 

1.  Xalqaro  terrorizm.  Mintaqada  xalqaro  terrorizmning  faollashuvi  ham  ichki, 

ham tashqi omillar bilan bog‘liq. 

2.  Diniy  ekstremizm.  Yurtimiz  osoyishtaligiga  rahna  soladigan  diniy 

ekstremizm  ildizlarini  aniqlash,  uni  moddiy  va  boshqa  jihatlardan  doimo  qo‘llab-

quvvatlaydigan manbalarini topish. 

3.  Xalqaro  narkobiznes.  Terrorizm  va  diniy  ekstremizm  bilan  muntazam 

hamkorlik  qilishdan  manfaatdor  bo‘lgan  narkobiznes  avvalo  ularni  mablag‘  bilan 


ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Shu o‘rinda narkoagressiya  –  giyohvandlik  moddalari 

va  narkobiznesga  qaram  bo‘lib  qolgan  jamiyatlarni  vujudga  keltirish  maqsadida 

izchil harakatlar tushunchasi shundan kelib chiqadi. 

Globallashuv  jarayonida  jamiyatimizga  bunday  illatlar  goh  oshkora,  goh 

pinhona  tarzda  kirib  kelishini  unutmaslik  lozim.  Ma’naviy  olam  o‘zaro  ta’sirlar 

jarayonida  rivojlanadi.  Buni  yurtimiz  istiqlolga  erishganidan  buyon  madaniy, 

ma’naviy  hayotimizda  yuz  bergan  o‘zgarishlar  misolida  ham  ko‘rish  mumkin. 

Globallashuv  jarayonida  milliy  ma’naviyatga  qarshi  turli  tahdidlardan  himoya 

qilish uchun eng samarali vosita – milliy istiqlol g‘oyasi, yoshlar ongi va qalbida 

mafkuraviy  immunitetni  tobora  oshirib  borishdir.  Hozirgi  paytda  jahonda  20  ga 

yaqin  davlatda  yadro  quroli  ishlab  chiqarish  harakatlari  davom  etayotgan  bo‘lsa, 

120 ga yaqin mamlakatda “axborot xuruji” uyushtirilayotgani tashvishli holdir. Bu 

axboriy  tajovuzlar  millat  ruhiga,  insoniyat  taraqqiyotiga  so‘zsiz  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatishi  turgan  gap.  Axborot  sohasidagi  globallashuvning  ijobiy  jihatlari  bilan 

bir  qatorda  mamlakat  milliy  xavfsizligiga,  milliy  qadriyatlarga,  millat  ruhiyatiga 

tahdid  solish  xavfi  ham  borligini  doimo  yodda  tutish  va  unga  qarshi  yoshlar 

qalbida mafkuraviy immunitetni oshirib borish hayotiy zaruratga aylangan. 

Globallashuv 

aslida 

yaxshilikka  xizmat 



qilsa-da, 

yuzaga  kelyotgan 

ko’ngilsizliklar    «axborot  xuruj»lari  unga  soya  solmoqda.  Natijada  globallashuv 

deganda  ko’ngillarda  g’ashlik  paydo  bo’lib,  u  go’yo  yengib  bo’lmas  tog’dek 

tuyuladi.  Yuzaga  kelayotgan  tartibsizliklarga  yuksak  ma’naviyat  bilan  qarshi 

chiqishimiz lozim.  



Download 107.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling