Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va
undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi va uni bajarilishini ta’minlaydi.
Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash
natijasi to’g’ridan-to’g’ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi
qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko’rilishi mumkin. Odatda
kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq
qismlari) va Software (kompyuterning programmaviy ta’minoti - kompyuterning yumshoq
qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi. Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal
Computers, (PC)) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
-tizimli bloki;
-monitor;
-klaviatura;
-sichqoncha;
-tashqi qurilmalar.
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari atamasida
yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir.
Tizimli bloki. Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko’rinishida
ishlab chiqariladi.
3-rasm. Yassi va minora ko’rinishidagi tizimli bloklari
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo’lgan)
mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan
ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi
(HDD-Hard Disk Driver), faqat o’qish uchun mo’ljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-
Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizimli blokiga uning
parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Tashqi qurilmalar. Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner,
Do'stlaringiz bilan baham: |