4. Papka oynasini ekran bo‘yicha yoyish, boshlang‘ich holatiga qaytarish va
vaqtincha bir nuqtaga yig‘ish (masalalar paneliga tushirish).
Buning uchun oynaning sarlavha satrida joylashgan quyidagi tugmalarga, ya’ni: oynani
butun ekran bo‘yicha yoyish uchun
belgiga, oynani boshlang‘ich holatiga qaytarish uchun
belgiga, oynani bir nuqtaga yig‘ish uchun esa
belgiga sichqoncha chap tugmasi orqali
murojaat qilish zarur.
5. Oynani qayta ko‘rinishga keltirish va ekran bo‘ylab siljitish.
Vaqtincha masalalar paneliga tushirilgan oynani qayta ko‘rinishga keltirish uchun
masalalar panelidagi shu oynaga tegishli tugmani sichqoncha chap tugmasi bilan bir marta bosing.
Natijada nofaol holatdagi oyna faollashadi
Oynani ekran bo‘ylab harakatlantirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini oynaning sarlavha
satriga tegishli ko‘k hoshiyali qismining istalgan joyiga qo‘yib, sichqoncha chap tugmasi bosiladi
va qo‘yib yubormasdan kerakli tomonga yo‘naltiriladi.
6. Oynaning diagonal, vertikal va gorizontal o‘lchamlarini o‘zgartirish.
Oynaning diagonal o‘lchamini o‘zgartirish uchun uning istalgan burchagiga sichqoncha
ko‘rsatkichi qo‘yiladi va ko‘rsatkich
holatni olgach, sichqoncha chap tugmasi bosilib, kerakli
tomonga yo‘naltiriladi.
Oynaning vertikal o‘lchamini o‘zgartirish uchun uning yuqori yoki pastki tomoniga
sichqoncha ko‘rsatkichi qo‘yiladi va ko‘rsatkich holatni olgach sichqoncha chap tugmasi
bosilib, kerakli tomonga yo‘naltiriladi.
Oynaning gorizontal o‘lchamini o‘zgartirish uchun uning istalgan yon tomonidan biriga
sichqoncha ko‘rsatkichi qo‘yiladi va ko‘rsatkich
holatni olgach sichqoncha chap tugmasi
bosilib, kerakli tomonga yo‘naltiriladi.
7. Ekranda joriy oynaga parallel oyna hosil qilish.
Istalgan ikkita papkani ochib oynalarni hosil qilish va ularning mos o‘lchamlarini
kichraytirib, ekranda yonma
yon qo‘yish mumkin. Bu usul har ikkala oyna bilan o‘zaro aloqada
ishlashga qulay zamin yaratadi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |